Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   98
Mohira2702..

- Uch botmon yarmi kuyuk go’ja, - debdi bemor. 
Tabib unga: 
- Sen yanglishibsan, mol tabibning oldiga borgin, men odamlarning tabibiman, - 
debdi. 
2-topshiriq:Gaplardagi qaysi gap bo’lagining tushirib qoldirilganligini aniqlang. 
Bir olimdan so’rabdilar: 
- Ukangni ko’proq yaxshi ko’rasanmi, do’stingnimi? 
- Ukamni, - deb javob beribdi u. – Agar do’st bo’lsa!.. 
Uyushiq bo’lakli gaplar.Bir gap tarkibida bir turdagi bo’laklar birdan ortiq holda 
kelishi mumkin. Bir umumiy bo’lakka tobe bog’lanuvchi, bir xil sintaktik vazifa 
bajaradigan, o’zaro teng bog’lanuvchilar va sanash ohangi yordamida bog’langan, 


118 
ko’pincha bir xil so’roqqa javob bo’luvchi 2 yoki undan ortiq bo’laklarga uyishiq 
(uyishgan) bo’laklar deyiladi.Uyushiq bo’laklar bir-biridan pauza bilan ajralib, 
sanash ohangi bilan aytiladiP:Eshilib, to’lg’onib ingrandi kuy.
Har bir uyushiq bo’lakning o’z ayrim urg’usi bo’ladi: Ular toshlardan, har xil 
giyohlardan namunalar olishdi.
Uyushiq bo’laklar ko’pincha bir xil so’z turkumiga oid so’zlar bilan ifodalanadi: 
Yo’lda oq, pushti,sariq va qizil gullar uchradi. (sifat so’z turkumi)
Ba’zan uyushgan bo’laklar har xil so’z turkumi bilan ifodalanishi ham mumkin: 
Hamma issiqdan bo’shashib, jim, yalqovgina ishlaydi. (fe’l, ravish, sifat so’z 
turkumi)
Uyushiq bo’laklar yoyiq holda bo’lishi mumkin: Ma’ruzachiga qiziq, kishini 
hayratda qoldiradigan savollar berishdi.
Uyushiq bo’laklar juft-juft bo’lib ham qo’llanadi: U qo’rqmas va kamtar, kamgap 
va qaysar bola edi.
Gapda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalari uyushiq kesim bo’lib kelganda, ba’zan 
ko’makchi fe’l yetakchi fe’llarni eng so’nggisi bilan birga kelishi mumkin, bunda 
ko’makchi fe’l yetakchi fe’llarning hammasiga tegishli bo’ladi: O’n yoshidan beri 
o’qitib, yedirib, kiydirib kelaman.
Eslatma. Ba’zan ayrim gap bo’laklari takrorlanib qo’llanadi. Bunday bo’laklar 
uyushiq bo’lak hisoblanmaydi. Ular ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi: 
Bunda hamma, hamma narsa bor.
Gap bo’laklari ham bo’lakning bo’laklari ham uyushib kelishi mumkin: Rangi 
o’chgan, umri kechgan kuz guli egil gapida rangi o’chgan, umri kechgan 
bo’laklarining har ikkisi qanday? so’rog’iga javob bo’lib, kuz guli bo’lagiga tobe 
bog’langan. Bu bo’laklar o’zaro sanash ohangi yordamida teng bog’langan eganing 
aniqlovchilari sifatida bo’lakning uyushgan bo’laklari sanaladi. 
Uyushiq kesim. Gap tarkibida ikki va undan ortiq atov birliklari (so’z, ibora, so’z 
birikmalari) bilan ifodalangan kesim bo’lib, kesimni shakllantiruvchi vositalar 
faqat keyingi kesim tarkibida ifodalanib barchasiga aloqador bo’lsa, bunday ko’p 
kesimli gap uyushiq kesimli gap sanaladi. Uyushiq kesimlar bitta bajaruvchiga – 
egaga aloqador bo’lishi shart: Siz a’lochi va jamoatchisiz
Unutmang!Uyshiq kesimli gap va qo’shma gapni farqlash kerak.
Uyushiq kesimli gap 
Qo’shma gap 
Biz harbiy uchuvchi va Vatan 
posbonlari bo’lamiz. 
Biz harbiy uchuvchi bo’lamiz va Vatan 
posbonlari bo’lamiz. 
Do’kondorlar mlini maqtab va 
xaridorlarni chorlab turishardi. 
Do’kondorlar mlini maqtab turishardi 
va xaridorlarni chorlab turishardi. 
Yo’l tekis va keng edi. 
Yo’l tekis edi va keng edi. 
Uyushiq ega. Bir sodda gap tarkibida birdan ortiq ega qator kelishi mumkin. 
Sodda gap kesimiga bir xil munosabatda bo’lib, sanash ohangi bilan aytiluvchi 
birdan ortiq eganing ketma-ket kelishi uyushiq ega deyiladi: Bu yerning ob-havosi, 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin