Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98
Mohira2702..

6.Kalishlarini kiyib olaman. – Sag’al katta-ku! – deyman sevinganimdan entikib. 7. 
Zamonamga sadoqatli, dili sof, toza imonman. 8.To’rda o’tirgan oppoq soqolli, 
kulcha yuzi qip-qizil, o’tkir ko’zli bir chol tomog’ini qirib gap boshladi. 
Oddiy daraja________________________________________________________ 
Qiyosiy daraja______________________________________________________ 
Orttirma daraja _____________________________________________________ 
Ozaytirma daraja____________________________________________________ 
Sifatlarning otlashishi. Ba’zan gapda sifat bog’langan ot tushib qolishi mumkin. 
Bunda sifat otlashib, otning ma’nosi ham sifatga yuklanadi: Baxil (kishi)ning 
bog’i ko’karmas. Sifat otlashganda otning so’roqlariga javob bo’ladi. Egalik, 
kelishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi. Gapda ega, to’ldiruvchi, qaratqich 
aniqlovchi, undalma bo’lib keladi. M-n: Qozonga yaqin yursang, qora (kuya)si 
yuqadi. Yomon (odam)dan dog’ qoladi. 
4-topshiriq:Berilgan gaplardagi sifatlarni otlashtiring. 
1.Sinfimizda a’lochi o’quvchilar soni tobora ortib bormoqda. 2.Keksa kishilar 
katta hayotiy tajribaga ega bo’ladilar. 3.Oramizda bilimdon yoshlar ko’p. 
4.Dangasa odamning bahonasi tayyor. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
_________________________________________________________________ 
Sifatlarning yasalishi.Sifatlar 2 xil yo’l bilan yasaladi:
1. Morfologik (affiksatsiya) usulda asosga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shilib 
sifatlar yasaladi: bilimsiz, topqir, bearmon, boobro’, ommabop, gapdon.
Eslatma: -li, -dor,ba-, -ser, -mand qo’shimchalari asosda ifodalangan belgiga 
egalikni bildiradi. - no, be-, -siz qo’shimchalari asosda ifodalangan belgiga ega 
emaslikni bildiradi. Bu qo’shimchalar (-mand qo’shimchasidan tashqari) bir biri 
bilan zid ma’nolidir.–gi, -ki, -qi qo’shimchalari payt bildiruvchi otarga qo’shilib, 
paytga xos belgini, -simon o’xshashlik belgisini, -iy, -viy xoslik belgisini 
bildiradi.


57 
2. Sintaktik (kompozitsiya) usulida qo’shma sifatlar yasaladi.M-n: qimmatbaho 
(sifat+ot), xomsemiz(sifat+sifat), osmono’par (ot+fe’l), tezuchar (ravish+fe’l), 
kamqon (ravish+ot)
Eslatma: Sifatlar o’rnida boshqa so’zlar qo’llanilishi mumkin: kelishgan 
(sifatdosh) qiz, oqilona (ravish) maslahat, kumush(ot) qish. Ba’zan sifat 
takrorlanib, ravishga o’tishi mumkin: to’g’ridan to’g’ri, yangidan yangi. Ba’zi 
sifatlar otga ko’chgan: chol, kampir, o’g’il, qiz, kasal. M: Tohir kelib kasalning 
oyog’iga o’tirdi.
Sifatlarning tuzilishiga ko’ra turlari. Sifatlar tuzilishiga ko’ra 4 xil bo’ladi:
1. Sodda sifatlar: a)sodda tub: yaxshi, semiz, muattar; b)sodda yasama: aqlli, 
sertashvish, erkin.
2. Qo’shma sifatlar 2 yoki undan ortiq so’zning qo’shilishidan hosil bo’ladi.M-n: 
sofdil, xomkalla, mushtumzo’r, qorasoch, yolg’izoyoq.
3. Juft sifatlar: yaxshi-yomon, katta-kichik, shirin-shakar.
4. Takroriy sifatlar: baland-baland, katta-katta, yirik-yirik. Takroriy sifatar belgini 
ta’kidlab, kuchaytirib ifodalaydi.   
Son 
Predmetning sanog’ini, tartibini, sonning nomini bildirib, nechta? qancha? 
nechanchi? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi so’zlar son deyiladi.Sonlar, asosan, 
otga bog’lanadi: 5ta olma, minglab bolalar.
Sonning morfologik xususiyatlari:
1. Sonlarda uning ma’no turlarini hosil qiluvchi grammatik shakllar mavjud: yetti 
(-ta, -tadan);
2. Sonlar hisob so’zlar (numerativ) bilan ishlatiladi: qisim,tilik, sm, tonna, guruh;
3. Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar sonlarning hamma turlariga otlardagidek 
qo’shilavermaydi. Taqsim sonlar kelishik qo’shimchalarini umuman olmaydi.
4. Sonlar yasalmaydi, lekin yasalish uchun asos bo’ladi. M-n: birlik, uchlik (ot), 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin