54
ta’sir etmaydi.Qisqartma so’zlar murakkab nomning qisqartirilgan ko’rinishidir.
So’z turkumlariga hech qanday yasovchi qo’shimcha qo’shilmasdan ham bir
turkumdan boshqa bir turkumga o’tib qolishi mumkin:
temir(ot) qoshiq,
kumush(ot) qish, cho’yan(ot) pechka.
SIFAT
Shaxs va narsa-buyumning belgi-xususiyatini bildirib qanday? qanaqa?
so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar sifat deyiladi:
moviy, shirin, ulkan.
Sifatlarning morfologik xususiyatlari:
1.Sifatlar otga bog’langanda ot egalik va kelishik qo’shimchalarini oladi.
Lekin
sifat o’zgarmaydi:
hayotiy tajribalaridan.
2.Sifatlarda daraja shakli mavjud:
ko’k-ko’kish-ko’kimtir.
3. Sifatlar yasalish xususiyatiga ega:
topqir, tortinchoq, uyli.
Sifatlarning sintaktik xususiyatlari.
1.Sifat, asosan, otga bog’lanib, gapda aniqlovchi vazifasida keladi:
jo’shqin qalb,
mohir usta.
2
.Ba’zan sifatlar fe’lga bog’lanib, gapda hol vazifasida ham keladi:
qattiq
ta’sirlandi, chiroyli kuldi.
3.Sifatlar kesim vazifasida
ham keladi:
Ishlarim yaxsh. Suv mo’l.
4. Sifatlar
otlashib ega, qaratqichli aniqlovchi va to’ldiruvchi vazifasida keladi.
M:
Musobaqani kattalar boshlab berdi. Xalq zolimning gapiga ishondi.
Mug’ombirlarni hech kim hurmat qilmaydi.
1-topshiriq:Sifatlar ishtirokida gaplar tuzing va ularning gapdagi vazifasini
aniqlang.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Sifatlarning ma’noviy guruhlari:
a) rang-tus sifatlari: qizil, sariq, yashil,moviy, ko’k;
b)maza-ta’m sifatlari; shirin, mazali, sho’r, taxir, nordon, achchiq;
d)xususiyat bildiruvchi sifatlar: sho’x, mug’ombir, quv, sodda;
e) holat bildiruvchi sifatlar: nam, ho’l, shalabbo, xafa, xursand;
f) shakl sifatlari: ozg’in, bo’ydor, novcha, oriq, semiz;
g) hid bildiruvchi sifatlar: muattar, xushbo’y, sassiq, qo’lansa;
h) hajm, vazn sifatlari: og’ir, yengil;
i) o’rin yoki vaqtga nisbat bildiruvchi (makon, zamon)sifatlari:
ichki, tashqi,
qadimiy, zamonaviy, yozgi, qishki
Asliy va nisbiy sifatlar
Asliy sifatlar belgini to’g’ridan to’g’ri ifodalaydi va uni darajalab ko’rsatish
55
imkoniyatiga ega bo’ladi. M-n:
aqlli, oq, katta,yuzaki.
Nisbiy sifatlar belgini to’g’ridan to’g’ri emas,
balki boshqa tushunchaga
nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lmagan
sifatlardir:
qishki, ko’chma, derazali, devoriy, ruscha, ko’rinmas, ko’ylakchan.
Eslatma: Ulug’ va buyuk ma’nodosh, lekin ulkan va gigant ma’nodosh emas.
Odam so’zi ulug’, buyuk, ulkan sifatlarini qabul qiladi. Gigant binolarga
xoslangan.
Dostları ilə paylaş: