64
1.Men, sen kabi kishilik olmoshlari vazifasini gap kesimi tarkibidagi shaxs-son
shakli anglatib turgani uchun so’zlashuvda (ta’kid ma’nosi bo’lmay) bu
olmoshlarni qo’llash unchalik o’rinli emas.
2.
Biz olmoshining o’z-o’zini ta’kidlamaslik,
manmanlik kabi uslubiy
xususiyatlarini anglab, to’g’ri qo’llash so’zlovchi madaniyatidan darak beradi.
Misol:Bu ishni men qildim.-Bu ishni biz qildik.Siz bizni kim deb o’ylayapsiz?
3.Siz olmoshini qo’llash, yozuvda gap orasida uni bosh harf bilan yozish ham
suhbatdoshga hurmat ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladi:Hazrat,
Sizga
ixlosim baland.
4.Kishining ismini aytmay, ba’zan ular,o’z(lar)i kabi olmoshlarni qo’llaymiz.
Misol:Ular (dadam)keldilarmi? O’zi(Alloh)biladi.
Badiiy uslubda, ayniqsa ,badiiy matnlarda kishilik olmoshlarining ortiqcha
qo’llanishi matn uslubiyatiga ta’sir qiladi,saviyasini tushuradi.
II.
Ko’rsatish olmoshlari. Oldingi gap, gapdagi biron bir so’z, so’z
birikmasi
o’rnida qo’llanib, unga ishora qiluvchi yoki biron so’zni aniqlab keluvchi
olmoshlarga ko’rsatish olmoshlari deyiladi: u, shu, bu, o’sha anavi, ana, mana,
ushbu, anavi
Eslatma: -
day, -dek, -cha, -aqa qo’shimchalari qo’shilganda hosil bo’ladigan
olmoshlar ham ko’rsatish olmoshlaridir. Bunda asos bilan qo’shimcha o’rtasida
bitta n orttiriladi. M:
shunday,
bundek, uncha, shunaqa.
So’z ma’nosini aniqlab kelayotgan olmoshlar o’zi aniqlayotgan so’zdan oldin
qo’llanadi. M:
Bu cholni butun yurt hurmat qiladi.
Ko’rsatish olmoshi kelishik qo’shimchalarini ham, egalik qo’shimchalaini ham
olishi mumkin.Bunda tovush orttirilishi kuzatiladi. M:
unga, shundan, buni,
shunisi, o’shanisi.
Faqat ko’rsatish olmoshi tuzilishiga ko’ra 4 xil bo’ladi:
1. Sodda:
u, bu, shu, o’sha, mana.
2. Qo’shma:
mana shu, ana u.
3. Juft
: u-bu,
ana-mana.
4. Takroriy:
shu-shu, o’sha-o’sha.
Ko’rsatish olmoshlari o’z ma’nolari bilan turli qo’shimcha
uslubiy vazifalar
(
ta’kidlash, izohlash, ajratish) bajaradi
: Namangan – bu gullar shahri.
Badiiy uslubda ko’rsatish olmoshi o’rnida
bir yoki
bir xil so’zlaridan
foydalaniladi:
Bir (shunday) o’lka bor, dunyoda biroq.Bir xil (shunday) onalar o’z
farzandini o’zi jinoyatga boshlaydi, afsus.
Eslatma:
Mana bu va
ana bu olmoshlari ba’zan og’zaki nutqda
manovi, anovi
tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
III. So’roq olmoshlari. Tilimizdagi barcha so’roq so’zlar so’roq olmoshlari
hisoblanadi. M: kim, nima, qani, qayerda, qachon, nechta… So’roq olmoshlarining
ba’zilari kelishik va egalik qo’shimchalarini olishi mumkin:
nimani, kiming,
qanchasi, qaysiga. Ba’zilari olmaydi:
nega, qani, nechun.
Eslatma:
Qalay, qani olmoshlari kirish so’z bo’lib kelishi mumkin:
Qalay, ziyofat
yoqdimi? Gap tarkibida so’roq olmoshlari boshqa so’zlarga nisbatan kuchliroq
ohang bilan aytiladi. So’roq olmoshlari qatnashgan gaplar ko’pincha so’roq gaplar
65
hisoblanadi. M:
Viloyat kutubxonasi qayerda joylashgan? Ammo
har doim ham
so’roq gap bo’lavermaydi. M:
Nima eksang, shuni o’rasan.
IV. O’zlik olmoshi. Kishilik olmoshlari o’rnida qo’llanib, ko’pincha shaxsni,
ba’zan predmetni ko’rsatuvchi o’z so’zi o’zlik olmoshi deyiladi. M:
O’zim hamma
Dostları ilə paylaş: