Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Mohira2702..

1-topshiriq:Berilgan gaplardan fonemalarni aniqlang. 
1. “Qanday go’zal va serma’no bayt, - dedi-da, gapini davom ettirdi, - Mana 
shunday misralardan ayt menga”. 
2. Yigit o’tirgan joyida nima qilishni bilmay toshni boshiga urdi. 
2-topshiriq:Misollardan fonema va tovushlar sonini aniqlang. 
Sol kel yosh 
Bol ko’l yon 
Qol kal yot 
Yol yoq 
Tol yol 
3-topshiriq:Misol tuzing va undagi fonema va tovushlar sonini aniqlang. 
_____________________________________________________________ 
______________________________________________________________
_____________________________________________________________
Nutq tovushlarining uch tomoni
Tabiatda 2 xil tovush bor:1)tabbiy; 2) nutq tovushlari.
Nutq tovushlarining uch tomoni mavjud:1)akustik, 2)fiziologik, 3) vaziyfaviy.
1. Tovushlarning akustik tomoni tovushlarning jarangli yoki jarangsizligidir. 
Masalan: d, g, r- jarangli, p, k, s- jarangsiz. Tovushlarning akustik tomoni fizika 
fani bilan bog’liq.
2.Tovushlarning talaffuz (fiziologik) tomoni tovushlarning portlovchi- sirg’aluvchi 
va hosil bo’lish o’rnini tushuntiradi. Masalan: g’ sirg’luvchi , chuqur til orqa 
undoshi. 
3.Tovushlarning vaziyfaviy (lingvistik ) tomoni deyilganda so’zlar aynan undosh 
yoki unli bilan farqlanishi tushuniladi. Masalan: tosh va bosh t va b undoshlari 
bilan farqlanyapti, sot va sut o va u unlilari bilan farqlangan.
Eslatma: Tilshunoslik fani uchun vazifaviy tomoni muhim sanaladi. 
Tovushlarning fiziologik tomoni tabiiy va inson tovushlariga xos belgi bo’lsa, 
akustik va vazifaviy tomoni faqat inson tovushlariga xosdir. 
1-topshiriq: t, v, g’ tovushlarining akustik tomonini aniqlang. 
2-topshiriq: l, s, q, d tovushlarining fiziologik tomonini aniqlang. 
3-topshiriq: Bitta so’z olib, unda ishtirok etgan undosh tovushlarning akustik va 
fiziologik tomonlarini aniqlang.
Tovushlarning birlashtiruvchi va farqlovchi belgilari. Fonetika uchun 
tovushlarning barcha tomoni muhim. Fonologiya uchun esa faqat tovushlarning 
farqlovchi tomoni muhimdir. Masalan: g va k tovushlarining farqlovchi tomonini 
ko’ramiz: g- jarangli , k- jarangsiz. Tovushlar bir – biridan bir qancha belgilari 
bilan farqlanishi yoki aynan bir guruhga kirishi bilan birlashishi mumkin. Masalan: 
z va s tovushlarini tasniflaymiz.



z- jarangli, sirg’aluvchi, til oldi undoshi. s- jarangsiz, sirg’aluvchi, til oldi 
undoshi. Demak, z va s tovushlarining farqlovchi tomoni jarangli – jarangsizligi, 
birlashtiruvchi tomoni sirg’aluvchi va til oldi undoshi ekanligidir. 
1-topshiriq: shart va mart so’zlaridagi fonemalarning farqlovchi va birlashtiruvchi 
belgilarini aniqlang. 
__________________________________________________________________ 
2-topshiriq: Akustik tomoniga ko’ra birlashtiruvchi belgiga ega fonemalar ishtirok 
etgan misol toping. 
__________________________________________________________________ 
3-topshiriq: Hosil bo’lish usuliga ko’ra birlashtiruvchi, hosil bo’lish o’rniga ko’ra 
farqlovchi belgiga ega bo’lgan fonema ishtirok etgan misol tuzing.
_________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
Fonemalar tasnifi 
Fonemalar ikki katta guruhga bo’linadi:
1. UNLILAR 2. UNDOSHLAR
Unli fonemalar talaffuz qilinayotganda ,o’pkadan chiqayotgan havo oqimi hech 
qanday to’siqqa uchramaydi, faqat un (ovoz)dan iborat bo’ladi, bo’g’in hosil 
qiladi. Tilimizda 6 ta unli fonema mavjud:i,u,e,o,o’ ,a.
Unlilar tasnifi.Unlilar lablarning ishtirokiga va og’izning ochilish darajasiga ko’ra 
farqlanadi. i u 
I. Lablarning ishtirokiga ko’ra :
1.Lablangan :u,o’ e o’
2.Lablanmagan:i,e,a. o unlisi oraliqdagi holatda qoladi.
a o
II.Og’izning ochilish darajasiga(tilning gorizantal holatiga) ko’ra:
1.Tor unlilar: i,u 2. O’rta tor yoki o’rta keng : e,o’ 3. Keng unlilar: a ,o.
III.Tilning vertikal holatiga ko’ra:
1)old qator: i,e,a; 2)orqa qator: u,o’,o
Eslatma:O’ unlisi ko’l, o’s, cho’l, jo’ra mo’tabar so’zlarida torroq, bo’ri , qo’ri, 
xo’roz , ro’mol so’zlarida kengroq aytiladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin