Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98
Mohira2702..

1-topshiriq:  Bog’, sakkiz, aytmoq, jigarrang, mana, sekin, hamda, faqat, kabi,voy. 
Berilgan so’zlarning leksik va grammatik ma’nolrini aniqlang. 


31 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 

Grammatik ma’nosiz, faqat atash ma’no bildiruvchi so’zning qismi uchun 
leksema atamasi qo’llanadi. Bunda so’z morfologiya birligi sifatida, leksema esa 
leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi. Gap tarkibidan so’zlarni 
ajratamiz. So’zlar esa leksema va grammatik qo’shimchalarga bo’linadi. So’zning 
grammatik ma’no bildiruvchi qo’shimchalarsiz qismi leksema sanaladi. 
Lug’atlarda bosh so’z sifatida leksemalar beriladi. Leksemalar: ona, keng, sariq, 
ko’p. Agar bu so’zlar gap tarkibiga kirsa so’z hisoblanadi: Onam keng o’tloqlardan 
sariq gullarni terdi.
2-topshiriq: Berilgan misollarni leksema va so’zga ajrating. 
O’ynoqi, sarkarda, faxrlandi, masxara, chopiqda, maktabday, bola, onajon. 
Leksema;______________________________________________________ 
So’z:__________________________________________________________ 
Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar . So’zlar bir ma’noli va ko’p ma’noli 
bo’lishi mumkin. Faqat bitta aniq ma’noni ifodalash uchun qo’llanilgan so’zlar bir 
ma’noli (monosemantik) so’zlar deyiladi. Bir ma’noli so’zlar tilimizda kam sonni 
tashkil qiladi. Atamalar deyarli har doim bitta ma’noni bildiradi:o’n, Toshkent, 
morfemika, teorema.
Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo’llanuvchi so’zlarga ko’p ma’noli 
so’zlar (polisemantik) deyiladi.Tilimizdagi so’zlarning juda katta qismi ko’p 
ma’nolidir, chunki kishilar o’zining kundalik hayotida yangi paydo bo’lgan 
tushunchalarning har biri uchun alohida-alohida so’zlar qo’llayveradigan bo’lsa, 
so’zlarning soni o’ta ko’payib ketib, ularni xotirada saqlashning iloji bo’lmay 
qoladi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashib, u sekin-sekin yaroqsiz holga 
kelib qolgan bo’lardi. Shuning uchun ham har qaysi tilda sanoqli til birliklarining 
turli xil kombinatsiyalaridan cheksiz tushuncha va farqlarni ifodalashga harakat 
qilinadi. Shu harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo’lgan so’zlarga yangi-yangi 
ma’nolar yuklanadi. Natijada ko’p ma’noli so’zlar hosil bo’ladi. Ko’p ma’noli 
so’zlarda ma’no qanchalik ko’p bo’lsa ham, lekin u bir so’z hisoblanaveradi. 
Shuning uchun ham ko’p ma’noli so’zlarda ma’nolardan biri to’g’ri ma’no (yoki 
o’z ma’no), qolganlari esa ko’chma ma’no bo’ladi. O’z va ko’chma ma’no birikib 
ko’p ma’noli so’zni hosil qiladi.Ko’p ma’noli so’zlar har doim bir xil so’z 
turkumiga oid bo’ladi: yutmoq- gapini yutdi, urush farzandlarni yutdi. 
3-topshiriq:  Quyidagi so’zlarni bir va ko’p ma’noli so’zlarga ajrating. 
Daftar, quloq, ot, silamoq, esmoq, kasr, eshik, etak, Parij, sinonim, bobo, Go’zal. 
Bir ma’noli:______________________________________________________ 
Ko’p ma’noli:_____________________________________________________
So’zning o’z va ko’chma ma’nosi 
So’zlarning leksik ma’nosi 2 xil bo’ladi:


32 
a)o’z (bosh asl ma’no); 
b) ko’chma ma’no . 
So’zlarning nutq jarayonida bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi o’z ma’no 
(denotativ) bo’ladi: ko’z, bosh, quloq (odamniki).
Ko’chma (konnotativ) ma’no bosh ma’no asosida yuzaga keladi, ya’ni so’zning 
o’z ma’nosidan o’sib chiqqan ma’nodir. So’zning nutq tarkibidagi boshqa so’zlar 
yordamida anglashiladigan ma’nosi ham ko’chma ma’nodir: temir intizom, toza 
qalb, qozonning qulog’i, qattiq uyqu, majburiyatni olmoq. 
Ko’chma ma’no va ularning turlari. Ma’no ko’chishining nima asosda 
ro’yobga chiqishiga ko’ra quyidagi turlari bor:
1. Metafora 2.Metonimiya
3.Sinekdoxa 4.Vazifadoshlik
5.Kinoya 6.Tag ma’no.
Metafora (yunoncha-,,ko’chirma’’) biror narsa, belgi yoki harakatning nomini 
o’zaro tashqi o’xshashligi bo’lgan boshqa biror narsa, belgi yo harakatga 
ko’chirish usulidir: achchiq gap, sovuq xabar.
Metafora quyidagi asosda bo’lishi mumkin:
a)ko’rinishdagi o’xshashlik:qozonning qulog’i, oltin kuz.
b) joylashish o’rnidagi o’xshashlik: daryoning boshi, tog’ning etagi, samolyotning 
dumi.
d) ma’nodagi o’xshashlik. Bu narsa asosan belgi va harakat bildiruvchi so’zlarda 
uchraydi: jonli suhbat, chuqur o’ylanmoq, qora niyat, soatning yurishi.
Eslatma. Ba’zi turdosh otlar atoqli otga ko’chadi: Yo’lbars, Lochinboy, Asalxon, 
Ozoda, Boltaboy va h.k. Turdosh otlarning atoqli otga ko’chishi ham metafora 
yo’li bilan hosil bo’ladi. Metaforalarga juda yaqin bir vosita – o’xshatishlar bo’lib, 
ular yordamida shaxs-predmetlar bir-biriga o’xshatiladi, qiyos qilinadi. Unda –dek, 
-day, go’yo, yanglig’ singari, xuddi kabi qo’shimcha va so’zlardan foydalaniladi: 
Bahor kelinchakdek yasanib keldi.
Misollar:Ipni uzmoq(bosh ma’no)-qarzni uzmoq(ko’chma ma’no), odamning 
qulog’i-qozonning qulog’i, odamning og’zi-g’orning og’zi, to’g’ri tayoq-to’g’ri 
gap, yengil eshik-yengil kuy, sovuq suv-sovuq xabar,tomdan tushmoq-mansabdan 
tushmoq, ari chaqib oldi-gap bilan chaqib oldi.
Metofaraga misollar: 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin