27
Yasashga asos qism va yasovchi vosita yasalmani tashkil qiladi. Buni
terim,terimchi, so’zlari misolida ko’ramiz:
ter-yasashga asos qism, -im
yasovchi vosita, terim yasalma.
Terim-
yasashga asos qism, -chi yasovchi vosita, terimchi yasalma.
1-topshiriq:Berilgan so’zlarni yasashga asos qism, yasovchi vosita va yasalmaga
ajrating.
Toshqinda________________________________________________________
Sanoqsiz_________________________________________________________
Bilimsizlik________________________________________________________
Daladagi__________________________________________________________
Yig’lamsiramoq____________________________________________________
Ko’kimtir_________________________________________________________
So’zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farqlanadi.
So’zning ma’noli qismlarga bo’linishi uning morfemik tuzilishidir. So’zda nechta
ma’noli qism bo’lsa, uning morfemik tuzilishi ham shuncha qismga ajraladi.
Masalan: ter-im-chi uchta ma’noli qismdan,
ter-im-chi-lar to’rtta ma’noli qism,
ter-im-chi-lar-ga beshta ma’noli qismdan iborat. Demak, so’zning morfemik
tuzilishi yasovchi qo’shimchalarni ham shakl yasovchi qo’shimchalarni ham o’z
ichiga oladi. So’zning yasalish tuzulishi esa faqat yasovchilarnigina o’z ichiga
oladi.Agar so’zda birdan ortiq yasovchi qo’shimchalar ishtirok etsa,
eng oxirgi
yasovchi vosita sanaladi:
bilimdonlarga so’zi ikki qismdan iborat, ya’ni
bilim-
yasashga asos qism,
don-yasovchi vosita.
2-topshiriq: Berilgan so’zlarni so’zning yasalish tuzilishi va morfemik tuzilishi
bo’yicha tahlil qiling.
Yasalish
tuzilish Morfemik
Birlashgan________________________________________________________
Suhbatingizdan____________________________/________________________
Qatlamani________________________________/________________________
Quymoqniki______________________________/_________________________
Tuzdondagi______________________________/________________________
Beshtacha_______________________________/_________________________
II.Sintaktik (kompozitsiya) usulida ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’noli so’zni
bir-biriga qo’shish bilan yasama so’z (qo’shma so’z) hosil qilinadi. M-n:
tillaqo’ng’iz, olibsotar, oshpichoq.
III.So’zlarni takrorlash yoki juftlash usuli: xola-xola (o’yin), manman, yo’l-
yo’l, katak-katak, gul-gul, jag’-jag’, uzoq-yaqindan (hamma yoqdan),yosh-qari
(hamma),erta-kech (hamisha), achchiq-chuchuk (salat), bugun-erta (yaqinda),
issiq-sovuq (ahvol).
So’zlarning tuzilishiga ko’ra turlari
So’zlar tuzilishiga ko’ra 4 xil bo’ladi:
1)sodda so’zlar; 2)qo’shma so’zlar; 3)juft so’zlar; 4)takroriy so’zlar.
I. Sodda so’zlar bir o’zakdan tashkil topadi. Ular 2 xil bo’ladi: tub, yasama
a) sodda tub so’zlar so’z yasovchi qo’shimchalari bo’lmagan so’zlardir. Ular
lug’aviy va sintaktik shakl yasovchi qoshimchalarni olishi mumkin. M-n:
28
ruchkalar, havodan, qizilroq, keldik.
b)sodda yasama so’zlar so’z yasovchi qoshimchalarni olgan so’zlardir: e’tiborsiz,
suvsa,
mahsuldor, qizar .
II. Qo’shma so’zlar 2 yoki undan ortiq o’zakdan tashkil topib, 1 ta so’roqqa javob
bo’ladi: xomtok, hozirjavob.
Qo’shma so’zlarning tarkibi bir xil so’z turkumiga ham, har xil so’z
turkumiga
ham oid bo’lishi mumkin: oshpichiq (ot+ot), sotib olmoq (fe’l+fe’l), qo’shtirnoq
(sifat+ot), erksevar (ot+fe’l)
Eslatma:1. Qo’shma so’zlarga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shib, yangi so’z
yasash mumkin: atirgulli daftar, oltiariqlik. 2.Qo’shma so’zlar so’z birikmasidan
hosil bo’ladi. Butunlay qo’shma so’zga aylangan so’z birikmalari qismlari qo’shib,
endi qo’shma so’zga aylanayotganlari ajratib yoziladi. Masalan:
so’zboshi, temir
Dostları ilə paylaş: