1-topshiriq: Berilgan so’zlardan qaysilari qo’shib, qaysilari ajratib yoziladi?
Sarf// qil, Kavkaz//oidi, hamma//vaqt, Mirza//cho’l, to’q//qizil, dev//qomat,
Ur//to’qmoq, O’rta//Osiyo, erk//talab, Boltiq//bo’yi, bir//pas, Ochil//dasturxon,
daryo//orti, liq//to’la, erta//pishar, tog’//oldi, yarim//tayyor, jigar//rang,
yashil//rang, Uzoq//Sharq, otash//qalb, tele//tanlov, umum//jahon, Kumush//kon.
Chiziqcha bilan yozish.
1. Juft yoki takror so’larning o’rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, orzu-umid,
tog’-tog’, sekin-sekin.
2. Juft so’zlar orasida –u,-yu yuklamalari ishlatilsa, ular birinchi so’zdan
chiziqcha bilan ajratib yoziladi: erta-yu kech, oy-u quyosh.
3. Qop-qora, yam-yashil, to’ppa-to’g’ri kabi kuchaytirma sifatlar chiziqcha bilan
yoziladi.
4. Uyma-uy, dam-badam, oyma-oy singari orasida –ma, -ba qo’shimchalari
kelgan so’zlar chiziqcha bilan yoziladi.
5. Ba’zi affiks yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi:sen-chi, men-a, keldi-da,
ukasi-ku.
Eslatma: -mi, -gina(-kina, -qina),- oq, -yoq yuklamalari so’zlarga qo’shib
yoziladi: kitobmi, opamgina, keliboq.
6. Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilsa , chiziqcha ishlatiladi: 26-uy, 2016-
yil,27-fevral. Rim raqamlaridan so’ng chiziqcha ishlatilmaydi: XXI asr, X
bob.
7. Unter-ofitser, kilovatt-soat, metr-sekund, shtab-kvartira kabilar ham chiziqcha
bilan yoziladi.
Bosh harflar imlosi.
1. Atoqli shaxs va joy nomlari bosh harf bilan yoziladi: Mohira , Jizzax.
2. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san’at asarlari , sanoat va
oziq- ovqat mahsulotlari, transport vositalarining nomlari bosh harf bilan
yoziladi. “Malika” firmasi,”Sharq”nashriyot-matbaa konserni, “Damas”
17
avtomobili, Ko’kdumaloq kompressor stansiyasi, Xorazm chanqovbosti
ichimliklar zavodi,”Amudaryo” jurnali.
3. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi:
Mustaqillik kuni,Xotira kuni, Navro’z bayrami.
4. Oliy darajadagi davlat tashkilotlari, xalqaro birlashmalar nomi bosh harf
bilan yoziladi: O’zbekiston Respublikasi, O’zbekiston Respyblikasi Vazirlar
Mahkamasi, Yevropa Ittifoqi Kengashi.
5. Tashkilotlar nomining birinchi so’zi bosh harf bilan yoziladi: Mudofaa
vazirligi, Davlat test markazi, “Umid” jamg’armasi, Xususiy tadbirkorlik va
kichik biznesni qo’llab- quvvatlash.
6. Oliy darajadagi unvonlar va mukofotlar nomi tarkibidagi so’zlarning har biri
bosh harf bilan yoziladi: “O’zbekiston Qahramoni” unvoni, “Oltin Yulduz”
medali. Boshqa mukofotlar , faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi
so’zgina bosh harf bilan yoziladi: “Sog’lom avlod uchun”, “Matbaa
a’lochisi”.
7. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi.
8. Kishi nomlari tarkibidagi arabcha ibn (o’g’li), binni (qizi), o’zbekcha o’g’li,
qizi so’zlari kichik harf bilan yoziladi: Murod ibn Sayfiddin
9. Suv havzalarining birinchi so’zi bosh harf bilan yoziladi. Agar nom
tarkibida atoqli ot bo’lsa, bu ot ham bosh harf bilan yoziladi: Sangzor
daryosi, Katta Farg’ona kanali.
10. Joy nomlari har doim bosh harf bilan yoziladi. Agar joy nomlariga –lik sifat
yasovchi qo’shimcha qo’shilsa, kichik harf bilan yoziladi: Sirdaryo-
sirdaryolik.
11. Shaxs nomlariga –lar ko’plik qo’shimchasi qo’shilsa, shaxs nomi kichkina
harf bilan yoziladi: Kecha rahimlar tog’ga ketishdi.
Eslatma: Kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, binolar va tashkilotlarga atab
qo’yiladigan nomlar qo’shtirnoq ichiga olinadi. Ammo shahar, kinoteatr, jamoa
xo’jaligi kishilar nomiga qo’yilgan bo’lsa, qo’shtirnoq ishlatilmaydi: “O’zbekiston
ovozi” gazetasi, “Neksiya” spektakli, “Lazzat” oshxonasi, Bobur bog’i, Cho’lpon
nomidagi kinoteatr.
Ko’cha nomlari ham qo’shtirnoqsiz yoziladi: Navoiy ko’chasi, Sayilgoh ko’chasi.
Ko’chirish qoidalari.
1. So’z boshida yoki oxirida kelgan yolg’iz unli hech vaqt bir o’zi ajratilmaydi:
u-ka emas uka, mudofa-a emas mudo-faa.
2. So’z tarkibida ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda
ko’chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya.
3. Sh, ch, ng harf birikmalari doim birgalikda yoziladi: ko-shona, pu-chuq, de-
ngiz.
Eslatma: Ng harfi ikki unli o’rtasida kelsa, keying unli bilan bo’g’in hosil
qiladi: ko’-ngil, si-ngil.
4. Qisqartma so’zlar, yil , oy , raqam bilan yozilgan sonlar keyingi qatorga
ko’chirilmaydi: O’zMU, 2016, XX.
18
5. 10-“a” sinf, 26-uy, 100gr,25sm kabi ko’rinishdagi birikmalar ham bir-
biridan ajratilmaydi.
Morfemika
So’zlarning eng kichik ma’noli qismlarini o’rgatuvchi tilshunoslik bo’limiga
morfemika deyiladi. So’z tarkibi morfemalardan iborat. Morfamalar esa 2 turga
bo’linadi:
1. Asos. 2. Qo’shimcha. So’zning tub ma’noli qismiga asos (yetakchi morfema)
deyiladi. So’zning asos qismi atash ma’no bildiradi. Ba’zan modal so’z, undov
so’z, taqlid so’z, olmosh kabi so’z turkumlari so’zning o’zagi bo’lib kelganda,
atash ma’no bildirmaydi. M-n: varr-ak, oh-la, sen-siz, yo’q-la. Asosda
qo’shimchalar qo’shish natijasida turli xil ma’nolar yuzaga chiqariladi.Masalan:
tin-ch, tin-ish, tin-ch-lik, tin-im-siz.
Ayrim so’zlar tarixiy taraqqiyot natijasida o’zining tub - asos qismini o’zgartirishi
boshqacha shaklga kirishi mumkin. Yomg’r(yom-g’ir), ko’mir(ko’m-mir), olg’a(
ol(d)-ga)kabi so’zlarni asos va qo’shimcha qismga ajratib bo’lmaydi.
Bir asosdan yasalgan so’zlar asosdosh sanaladi.: fikrdosh, fikriy, hamfikr, fikran.
O’zbek tilida qo’shimchalar asosan asosdan keyin qo’shiladi. Masalan, toy-choq,
gul-li. Lekin ba’zi hollarda asosdan oldin ham kelishi mumkin. Bunday
qo’shimchalar old qo’shimchalar(prefikslar) sanaladi. Ular fors-tojik tilidan
o’zlashgan bo’lib, quyidagilar kiradi:
1. ba- badavlat, baquvvat.
2. be- bexovotir, beg’ubor, befarosat, behayo.
3. no- noumid, noqulay, norozi.
4. ser- serzavq, sergap, serhosil.
Eslatma: Badfe’l, badjahl badnafs, xushxabar, xushro’y, xushvaqt,
hamfikr, hamshahar, hamsuhbat kabi kam qo’llanuvchi so’zlar ham mavjud.
Ular ham fors-tojik tilidan o’zlashgan.
Bunday qo’shimchalar biror narsaga egalikni(badavlat, baquvvat, serfarzand,
serqatnov) yoki ega emaslikni (beibo, noo’rin, nomard) bildiradi.
Eslatma: Old qo’shimchalar asosan sifat so’z turkumida uchraydi.
Mustaqil qo’llana olmaydiga, asosga qo’shilib, unga yangi yoki qo’shimcha
ma’no yuklaydigan, so’zlarni bog’lashga xizmat qiladigan qismga
qo’shimcha(ko’makchi morfema) deyiladi. Qo’shimchalar ma’nosiga va vazifasiga
ko’ra 2 xil bo’ladi:
- so’z yasovchi morfemalar;
- shakl yasovchi morfemalar.
Asosga qo’shilib, yangi ma’no hosil qiluvchi qo’shimchalar so’z yasovchi
qo’shimchalar deyiladi. Masalan: do’ppi-do’z, foyda-li, taqsim-la. Hosil bo’lgan
yangi so’z har doim o’zakning ma’nosi bilan bog’liq bo’ladi: suv-siz, gap-ir.
So’z yasovchi qo’shimchalar 4 turga bo’linadi:
1. Ot yasovchi qo’shimchalar.
19
2. Sifat yasovchi qo’shimchalar.
3. Ravish yasovchi qo’shimchalar.
4. Fe’l yasovchi qo’shimchalar.
Eslatma: Olmosh va son so’z turkumlari yasalmaydi, lekin yasalish uchun asos
bo’ladi. M-n: senla, ikkichi, ikkilan.
1.Ot yasovchi qo’shimchalar. Bunday qo’shimchalar 5 turga bo’linadi:
I. Shaxs oti yasovchi qo’shimchalar:
-chi : gulchi ,
-dosh: sinfdosh,
-kor: paxtakor,
-gar: zargar,
-kash: aravakash,
-paz: oshpaz,
-boz: masxaraboz,
-soz: soatsoz,
-lik: buxorolik,
-xo’r: nafaqaxo’r,
-bon: bog’bon,
- furush: pistafurush,
-shunos: dorishunos, -
vachcha: xolavachcha,
ham-: hamyurt,
-xon : kitobxon,
-do’z: zardo’z,-
(u)vchi: o’quvchi,
-dor:hukmdor
-parast: molparast,
-go’y, nasihatgo’y
-tarosh: haykaltarosh,
-navis: qissanavis,
-gir: fazogir
II. Narsa-buyum oti yasovchi qo’shimchalar:
-gich: osgich
qich:ochqich
-g’ich: chizg’ich
-kich: keskich, -gi:
supurgi -qi: sanchqi
-ki: tepki,
-g’u : cholg’u,
-k: kurak, -ak: varrak,
-q : taroq, -oq: o’roq,
-ma: qurilma,
-m: to’plam,
-im: kiyim,
-don: tuzdon,
-noma: taklifnoma ,
-un: tugun,
-choq: o’yinchoq,
-chak: belanchak,
-chiq: yopinchiq,
-ildoq: shiqildoq,
-moq: quymoq, ilmoq,
-lik: darslik
III. O’rin-joy oti yasovchi qo’shimchalar:
-zor: bedazor, -loq: toshloq,
-goh: oromgoh, -xona: mehmonxona,
-iston: O’zbekiston,
-obod: Yangiobod, -a:xaroba,
vayrona.
IV. Faoliyat-jarayon oti yasovchi qo’shimchalar:
-chilik: dehqonchilik,
-garchilik:
yog’ingarchilik,
-v: so’rov,
-q(-iq): chopiq,
-lik: ezmalik,
-im: um: terim, unum,
-ik, -uq:ko’rik, yutuq,
-in: yig’in,
- g’in: yong’in
–qin: toshqin,
-qun: uchqun,
-ki: tepki, turtki,
-m: chidam,
-indi: yig’indi,
-a: sharshara, qahqaha
V. Mavhum oti yasovchi qo’shimchalar:
-lik: bolalik, liq: borliq, -ch: quvonch,
-inch: qo’rqinch, -k: tilak, im: bilim,
-at: madaniyat, -ot: kamolot, -gi:
-g’u: sevgi, tuyg’u, -chi: suyunchi.
2. Sifat yasovchi qo’shimchalar. Bu qo’shimchalar 2 turga bo’linadi:
I. Otdan sifat yasovchi qo’shimchalar.
-li: gulli, –siz: yuzsiz,
-iy: ilmiy,
-viy:dunyoviy,
-yi: havoyi,
-chil: dardchil,
-chi : vahimachi,
-lik: ko’ylaklik,
-gi: kuzgi,
-ki: qishki,
-chan: mehnatchan,
-kor: jafokor,
-don: bilimdon,
20
-vor: devonovor,
-i: qishloqi,
-in: erkin,
-dor: guldor,
-kash: zahmatkash,
-simon: sharsimon,
-bop: ommabop,
-mand: havasmand,
-parast: amalparast,
-parvar: erkparvar,
ba-badavlat,
be-bexosiyat,
bar-barvaqt,
ser-sertashvish,
no-noumid,
xush-xushxabar,
shumul-olamshumil,
-namo:hazilnamo,
-aki: yuzaki,
-gar: firibgar,
-cha: o’zbekcha,
-qa: loyqa,
-boz: va’daboz,
-baxsh: hayotbaxsh,
-omuz: istehzoomuz,
bo-: boxabar,
bad-: badjahl
ll. Fe’ldan sifat yasovchilar:
-chak: kuyunchak,
-choq: erinchoq,
-chiq: suyanchiq,
-ma: qaynatma,
-ik: teshik(kulcha)
–q: iliq,- iq: bo’g’iq,
-uq: buzuq, -oq: qoloq,
-qi: o’ynoqi,
-qoq: urishqoq,
-ag’on: bilag’on,
-mon: bilarmon,
-arli: qiziqarli,
-ch: tinch,
g’ich: yulg’ich,
-ovuch: iskovuch,
-(i)ndi: asrandi,
sig’indi,
-g’oq: toyg’oq,
-kir, -qir: o’tkir,
chopqir,
-gir: sezgir,
-g’ir: olg’ir,
-mon: yeyarmon,
-k: chirik,
-qin, -kin: keskin,
jo’shqin,
-g’in: ozg’in,
-mas: o’tmas,
-a: ko’tara (savdo),
to’la,
-msiq: achimsiq,
-imli: yoqimli,to’yimli,
-chi: tilanchi,
-inch: tiqilinch
III. Boshqa so’z turkumlaridan sifat yasalishi:
1. Sifatlardan: no-: noma’lum, -lom: sog’lom, -chi: a’lochi, -vor: ulug’vor;
2. Olmoshdan: -bop: menbop, bizbop;
3. Ravishdan: -gi: kechagi, hozirgi;
4. Taqlid so’zdan: -ildoq: bijildoq, so’lqildoq, -aki: jirtaki, jizzaki
5. Modal so’zdan: -iy: zaruriy, -li: kerakli
3. Ravish yasovchi qo’shimchalar.
-cha: qisqacha,
-larcha: mardlarcha,
-chasiga:ochiqchasiga
-chang: mahsichang,
-in(-un):ostin-ustun,
-ona: mardona,
-lab: haftalab,
-an: xayolan,
-lay: butunlay,
-layin: tiriklayin,
-siz: to’xtovsiz,
-iga: ko’ndalangiga,
-siga: tikkasiga,
-ligicha:xomligicha,
-incha: yashirincha,
-namo: oliftanamo,
be-: bemalol
4. Fe’l yasovchi qo’shimchalar.
-la: boshla,
-lan: faxrlan,
-lash: suhbatlash,
-illa: chirqilla
-ira: yarqira,
-a: sana, -y: qoray,
-ay: kuchay,
-r: qisqar,
-ar: ko’kar
-sira: suvsira,
-sa: suvsa,
-ik: kechik(moq),
-iq: yo’liq(moq)
–i: tinchi,
-ot: yo’qot,-it: berkit
-ir: gapir,-ur : tupur,
-sit: kamsit,
-ol: yo’qol, -t: to’lat,
-ka: iska, -si: mensi,
-ra: ingra
21
Eslatma: Taqlid so’zlardan fe’l yasovchi –illa qo’shimchasi so’z tarkibida v yoki
u tovushi bo’lganda –ulla aytiladi va yoziladi: shovulla, guvulla.
Agar yasalgan so’z bilan yasashga asos qism o’rtasida bog’lanish bo’lmasa, bu
so’z yasama so’z hisoblanmaydi. Masalan : tulki, eski; tul –beva ayol, es-aql,
Dostları ilə paylaş: |