Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Mohira2702..

1-topshiriq: Juftliklardagi urg’u ta’sirida sodir bo’ladigan ma’no o’zgarishini 
aniqlang. 


12 
1.Hech shu shaharcha odatlaring qolmadi - qolmadi-da, Orziqulov. Quriladigan 
bu shaharcha harbiylarning oilalariga munosib sovg’a bo’ladi. 2.Ma, yuvib ye, 
yangi uzilgan. Kasallikka qarshi yangi usulni qo’llash talab etilmoqda. 3. Osma 
ko’prikdan o’tib, buloq bo’yiga tushib bordim. Behuda safsatalar bilan yelkangga 
gunoh xaltasini osma.
Gap urg’usi gapdagi ma’lum bir so’zning boshqalariga nisbatan ta’kidlab, ajratib 
aytilshini ta’minlaydi. Gap urg’usi asosan gapda kesim oldidagi so’zga tushadi. 
Masalan: Kecha dugonalarim bilan soy bo’yiga bordik.
Gap urg’usi quydagi holatlarda kesim oldidagi so’zga tushmasligi mumkin:
1.Gapda so’roq olmoshi ishtirok etgan bo’lsa, gap urg’usi so’roq olmoshiga 
tushadi. M: Nega Oygulning ko’zlari jiqqa yosh?
2.Gapda ajratilgan bo’lak ishtirok etgan bo’lsa, gap urg’usi ajratilgan bo’lakka 
tushadi. M: Men bor joyda senga, chaqimchi bir odamga, hech narsa yo’q.
 1-topshiriq: Mantiqiy urg’u kesim oldidagi so’zga tushmasligiga gaplar tuzing. 
__________________________________________________________________ 
__________________________________________________________________ 
__________________________________________________________________
Eslatma: Samarqandda afsonaviy obidalar ko’p.Bu gapda urg’u Samarqandda 
so’ziga tushgan. 
 Eslatma: Biz O’zbekistonning keajagimiz.(Aynan biz) 
Biz O’zbekistonning keajagimiz.(Boshqa yurtning emas) 
Biz O’zbekistonning keajagimiz.( Buguni emas, kelajagi) 
Eslatma: Agar gap urg’usi kesimga tushsa, kesim gap boshida keladi. Masalan: 
Bordik biz kecha muzeyga.
Unutmang! Juft so’zlarda: ota-ona, tarkibli sonda: o’n ikki, ko’makchi fe’lli so’z 
qo’shilmasida: berib yubordi, takror so’zda: asta-asta, qo’shma so’zlarda: ( faqat 
qo’shma so’z qo’shib yozilganda)bodomqovoq,(Agar qo’shma so’z ajratib yozilsa, 
ularning har birida alohida so’z urg’usi bo’ladi.) sotib oldi, xarid qildi urg’u shu 
holatda bo’ladi.
Urg’usi bilan farqlanuvchi so’zlar:
Atlas(ot,ipak mato) - atlas(ot, kartalr to’plami); banda (ot, xudoning bandasi) – 
banda (ot, qurollangan o’g’rilar); botin (ot, ichki) – botin (fe’l); botir (sifat) – botir 
(fe’l); etik(ot) – etik (sifat, etika faniga oid); fizik(ot, o’qituvchi) – fizik(sifat, 
fizikaga oid); matematik(ot, mutaxassis) – matematik(sifat, matematikaga oid); 
mexanik(ot, mutaxassis) – mexanik(sifat, mexanikaga oid); moda(sifat, mokiyon) 
– moda(ot); organ(ot, organizmning qismi) – organ(ot, musiqa asbobi);soya(ot) – 
soya(ot, o’simlik); toza(sifat) - toza(ravish); chora(ot, katta yog’och idish) – 
chora(ot) 
Urg’u oxirgi bo’g’inga tushmaydigan so’zlar:
Astranomiya, auditoriya, allakim, aslo, atom, direktor, doim, gazeta, garchi, 
hamisha, hamma, hatto, konstitutsiya, leksiya, matematika, obraz, oshiq, poyezd, 
radio, respublika, ruchka, tonna, traktor, zero. 
Ohang.Og’zaki nutq oqimi bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan tovushlar 


13 
ketma-ketligidan iborat. Bunday bo’linuvchanlik xususiytiga ega bo’lgan tovushlar 
qatori segment birliklar qatori hisoblanadi. Segment birliklardan tashqari 
ustsegment birliklar ham mavjud bo’lib ular nutqimiz tasirchanligini ta’minlaydi.
Ustsegment birliklar urg’u, to’xtam (pauza), nutqning emotsional bo’yog’i(darak, 
so’roq ,buyruq, his-hayajon) kabilarni o’z ichiga oladi. Yuqorida ko’rsatilgan 
ustsegment birliklarning jami nutq ohangini tashkil etadi.
O’g’zaki nutqda tovush o’zgarishi. Assimilatsiya-qator kelgan nutq 
tovushlarining bir-biriga ta’sir qilib o’ziga moslashtirishidir.Masalan: ket+di=ketti 
, tuz+siz=tussiz
Dissimilatsiya ikki o’xshash tovushning noo’xshash bo’lib qolishidir. Masalan: 
birorta- bironta, zarur-zaril, karidor- kolidor, maqtanchoq- maxtanchoq.
Metateza yonma-yon kelgan undoshlarning o’rin almashishi. Masalan: tuproq- 
turpoq, daryo-dayro, ahvol-avhol. 
Orfoepiya va grafika 
Orfoepiyada adabiy talaffuz me’yorlari , og’zaki nutq qonun- qoidalari 
o’rganiladi.Orfoepik me’yorlar tilning faqat og’zaki shakli uchun xosdir.
Grafika grekcha so’zdan olingan bo’lib yozuv degan ma’noni anglatadi.Grafikada 
harf va alifbo , yozuv o’rganiladi. Tovushlarning yozuvdagi shartli belgisi harf 
deyiladi. Harflarning ma’lum bir tartibda joylashuviga alifbo deyiladi. 
Tilshunoslikda yozuvning piktografik (rasm orqali), ideografik (ramziy shakl), 
fonografik kabi turlari bor. 
O’zbek yozuvi tarixi. O’zbek xalqi O’rta Osiyoning boshqa xalqlari singari 
avesto, urxun -enasoy(runik, dulbarchin), sug’d, xorazm , uyg’ur kabi 
yozuvlardan foydalangan. Qadimgi davrlardan VII-VIII asrgacha avesto, urxun-
enasoy, sug’d, xorazm yozuvlaridan foydalangan. Yozilgan asarlarTunyuquq, 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin