2-topshiriq: So’zlardagi qo’shimchalarning turini aniqlang
Yurishganda, shoirning, qabristonga, yaqinlashganda, tushishi, mulozimlaridan,
norozi, xalqimizning, jigargo’shalari, uyquga, changitib, bilmasalaring,
kerakligini.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
3-topshiriq :Gapdagi yasama so’zlarni aniqlang.
1.Boboxon goh o’chirg’ichga, goh bug’doyzor tomon uchib ketayotgan chumchuq
bolasiga, goh Tal’atga qarab hang-mang bo’lib qolgan edi. 2.Bolalarning
beg’ubor qalbi to’lib-toshib oqayotgan daryoday jo’shqin. 3.Ipakday mayin, buloq
suviday tiniq xayollaringizga hech kim xalal bermaydi. 4.Shu-shu quyon
changalzorga yolg’iz bormaydigan bo’libdi.
4-topshiriq: Berilgan so’zlarni tub va yasamaga ajrating.
Ixtirochi, guldon, suhbatlashmoq, ixtirogacha, tinim, qisqich, oqimtir, to’g’ri,
gullar, ixtirochilik, tinmoq, qisilmoq, tindirmoq, noto’g’ri, yig’lamsira,
to’g’irlanmoq, tinimsiz, guldor, gulchilik, yo’ldagi.
23
Qo’shimchalarning ma’no-munosabatiga ko’ra turlari
Shakldosh qo’shimchalar. Shakldoshlik nafaqat leksemalarga, balki
qo’shimchalarga ham xos xususiyat sanaladi.Masalan: -in tiqin, yig’in, chaqin
(ot), to’lin, erkin, yashirin(sifat), ostin-ustin, birin-ketin, qishin-yozin (ravish),
ilin, ko’rin(fe’l).
Shakldosh qo’shimchalar quyidagi ko’rinishda uchraydi:
1. So’z yasovchi qo’shimchalar shakldoshligi:
Qalamdon(ot) qadrdon(sifat)
Toshqin(ot) jo’shqin(sifat)
Tepki(ot) kechki(sifat)
Qatlama(ot) bo’g’ma(sifat)
O’roq(ot) qo’rqoq(sifat)
Yoshlik(ot) qishlik(sifat)
Yuzsiz(sifat) so’zsiz(ravish)
Yugurik(sifat) ko’rik(ot)
Chorvador(ot) puldor(sifat)
Quvonch(ot) tinch(sifat)
Ishchi(ot) ayirmachi(sifat)
To’shak(ot) chirik(sifat) (bordik- sh.y)
2. So’z yasovchi qo’shimchalar so’z shakli yasovchilar bilan shakldosh
bo’ladi:
Kelinchak(ot: l,sh) erinchak(sifat: s,ya)
Gapirma(fe’l: l,sh) Burma(sifat: s, ya)
Yuzlab(son: l,sh) haftalab(ravish: s,ya)
Qizcha(ot: l, sh) erkakcha(ravish: s, ya)
Ko’kar(fe’l, yasovchi) kelar(fe’l:l,sh-y)
Mohiraxon(ot, hurmat shakli) kitobxon(ot,yasovchi)
Do’sti(ot, sin.sh.y) boyi(fe’l,s.y)
Kuchay(fe’l, s.y) boray(fe’l,lug’.sh.y)
3. Har qanday holatda so’z shakli yasovchi:
Oqish(sifat:l.sh.) kelish(fe’l:l.sh.)
Otam(ot: sin.sh.) ko’rdim(fe’l:sin.sh)
Ukang(ot:sin.sh) bording(fe’l: sin.sh.)
-a: sharshara (ot), to’la (sifat),sana (fe’l);
-ay: kamay(fe’l), boray(fe’l, lug’aviy shakl);
-ar: ko’kar (fe’l), borar(fe’l, sifatdosh), chiqar(fe’l, nisbat)
be-:befarosat(sifat), bevaqt(ravish);
-dir: sindir(fe’l, nisbat), kitobdir(ot,kesimlilik shakli), kelgandir(yuklama);
-don: qalamdon(ot), gapdon(sifat);
-dosh: sinfdosh (ot), o’zakdosh (sifat),
-gar: zargar (ot), jodugar (sifat);
- gi: supurgi (ot), bahorgi (sifat);
24
-gich: suzgich(ot), bilgich(sifat);
-i: jannati(sifat), tinchi(fe’l), uyi (ot)
-ik: egik(sifat), ko’rik(ot), birik(fe’l);
-ildoq: shaqildoq(ot), likildoq(sifat);
-im:kiyim(ot), uyim(ot,egalik), ayrim(sifat);
-ir:gapir(fe’l), pishir(fe’l, nisbat);
- in: yig’in(ot), erkin(sifat), qishin-yozin(ravish), ko’rin(fe’l);
- iq: to’liq(sifat), chopiq(ot), yo’liq(fe’l);
-ish: kelish(fe’l, harakat nomi), borishdi(fe’l, orttirma nisbat), oqish(sifat).
-k: kurak(ot), chirik(sifat), bordik(fe’l);
-ka: ko’ylakka(ot), iska(fe’l), surka(fe’l,lug’aviy shakl);
-kash: aravakash(ot), mehnatkash(sifat);
- ki:turtki(ot), qishki(sifat);
-kin: keskin(sifat), ekkin(fe’l);
-kor:paxtakor(ot), fidokor(sifat);
-la: ishla(fe’l),quvla(fe’l, lug’aviy shakl);
- lab: o’nlab(son), haftalab(ravish);
-lar: uylar(ot), o’qidilar(fe’l);
-lik: bolalik(ot), ko’rpalik(sifat), bormoqlik(fe’l);
-loq: qumloq(ot), bo’taloq(ot,lug’aviy shakl);
-m: ho’plam(ot), ruchkam(ot), bordim(fe’l);
–ma:tugma(ot), yasama(sifat), borma(fe’l);
-mand: hunarmand(ot), davlatmand(sifat).
-miz: onamiz (ot, egal.q.) o’qiymiz (fe’l,shaxs -son q.)
-moq: quymoq(ot), o’qimoq(fe’l);
-ot: yo’qot(fe’l), hajviyot(ot);
- oq: yotoq(ot), qoloq(sifat);
-q: taroq(ot), sayroq(sifat);
-qi: chopqi (ot), vaysaqi (sifat);
-qin:toshqin(ot), jo’shqin(sifat), chiqqin(fe’l);
-qich:ochqich (ot), qaqshatqich (sifat);
-qoq: tirishqoq(sifat), botqoq(ot);
-r: eskir(fe’l), o’qir(fe’l, sifatdosh);
- sa: suvsa(fe’l), o’qisa(fe’l, shart mayli);
-si: ukasi(ot), mensi(fe’l);
- siz: gulsiz(sifat), so’zsiz(ravish), sizsiz(shaxs-son qo’shimchasi);
-t: to’lat (fe’l), ishlat (fe’l, nis.qo’sh);
-y: qoray(fe’l), boshlay(fe’l,mayl shakli), so’zlay-so’zlay(fe’l, ravishdosh);
-ch: tinch(sifat), sevinch(ot);
-cha: qushcha(ot), o’zbekcha(sifat), yigitcha(ravish);
-chak: belanchak (ot), kuyunchak(sifat), kelinchak(ot, lug’aviy shakl);
-chi: ishchi(ot), vahimachi(sifat);
-chiq: qizg’anchiq(sifat), yopinchiq(ot);
-choq: o’yinchoq (ot), maqtanchoq(sifat) toychoq (ot,erkal.q)
25
-g’in: ozg’in(sifat), qirg’in(ot);
- ng: ukang(ot),kelmang(fe’l);
Dostları ilə paylaş: |