26
ma’nodoshlik nutqning muayyan davrdagi me’yorlari asosida
yuzaga keladigan til
hodisasi sanaladi.
Zid ma’noli qo’shimchalar. Nutqni ta’sirchan, ravon bo’lib chiqishida zid
ma’noli qo’shimchalardan foydalanishning ahamiyati katta. Masalan:
aqlli-aqlsiz,
iboli-beibo, o’rinli-noo’rin; ser-: sero’t-o’tsiz, serbaraka-bebaraka; boxabar-
xabarsiz, boobro’-beobro’; guldor-gulsiz, aybdor-beayb.
Eslatma: Zid ma’noli qo’shimchalar,asosan, sifat so’z turkumida ishlatiladi. Zid
ma’noli qo’shimchalarni 2 guruhga bo’lish mumkin:
biror belgi xususiyatga ,shakl-
shamoyilga yoki rang-tusga egalikni bildiruvchi qo’shimchalar(-li, bo-, ser-, ba-, -
dor); shunday belgiga ega emaslikni bildiruvchi qo’shimchalar(-siz, be-, no-
).Masalan: badavlat- davlatsiz, shirador-beshira, shirasiz, sero’t-o’tsiz, baobro’-
beobro’, obro’siz, ko’ngilli- ko’ngilsiz.
So’z tarkibida tartib. So’zning ma’noli qismlari ma’lum tartibga ega.
Ularning
joylashuvi quyidagicha bo’ladi: asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl
yasovchi+sintaktik shakl yasovchi.Masalan: kitob-xon-lar-ning.
Eslatma: Ba’zan bu tartib buzilishi mumkin,ya’ni lug’viy shakl yasovchi so’z
yasovchidan oldin kelishi mumkin: isi-t-ma.
Dostları ilə paylaş: