Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98
Mohira2702..

kiraverishidagi bo’lmasi), uyim-uyum, she’r-sher; Har xil so’z turkumi 
doirasida:yetti-yetdi, yuvindi-yuvundi, zirak-ziyrak.
Paronimlar quyidagicha hosil bo’ladi:
1. So’zlarni to’g’ri talaffuz qilmaslik natijasida.
2.So’zning to’g’ri yozilishini bilmaslik natijasida.
Tilimizda paronim iboralar ham mavjud: yuragi tars yorildi-yuragi qoq yorildi
6-torshiriq: Berilgan paronim juftliklarining ma’nolarini izohlang. 
Bank-banka, bob-bop, gaz-g’oz, davo-da’vo, daha-daho, faqir- paqir,soda-sodda, 
siqim-sig’im,uquv-o’quv, ham-xam, ota-ato, tort-to’rt, bosh-boj,aso-asov. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
Variantdosh so’zlar o’zbek tilida ba’zi so’zlar ikki xil shaklda yoziladi. Bular 
variantdosh so’zlar deyiladi:
shabada-shabboda
masjid-machit
podshoh-podsho
obro’-obro’y
hayqirmoq-ayqirmoq
nabira-nevara
poyafzal-poyabzal 
badtar-battar bekindi-
berkindi kabutar-
kaptar oyna-oynak
ma’tal-mahtal 
dumaloq-yumaloq
qabariq-qavariq gado-
gadoy adab-odob 
bedav-bedov darboza-
darvoza chivin-chibin 
algebra-aljabr yuqa-
yupqa ajdar-ajdarho-
ajdaho
Uyadosh so’zlar bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo’lgan so’zlar uyadosh 
so’zlar deyiladi. M-n: qo’y-qo’zichoq, qora ko’l terisi, sovliq, qo’chqor, 
qo’ychivon. Uyadosh so’zlarni sinonimlardan farqlash kerak. Sinonimlar bir 
tushunchaning turli qirralarini ifodalaydi. Uyadosh so’zlar esa bir-biriga yaqin 
tushunchalarni ifodalaydi. M-n: millat-o’zbek, qozoq, qirg’iz


39 
O’zbek tili lug’at boyligida o’z va o’zlashgan qatlam. Lug’at tarkibida so’zlar 
2xil bo’ladi: 1.O’z qatlam 2.O’zlashgan qatlam
O’z qatlamga asl turkiy va o’zbekcha so’zlar kiradi. O’z qatlamga oid so’zlarda 
quyidagi xususiyatlar bo’ladi:
1. Asosan bir bo’g’inli bo’ladi: men, kel, suv, bosh, kim.
2.So’z boshi va oxirida undoshlar qatorlashib kelmaydi.
3. Birinchi bo’g’indan keyingi bo’g’in unli tovush bilan boshlanmaydi.
4.Hech qachon (‘) ishlatilmaydi.
5.h, f, dj, ts harflari ishlatilmaydi.
6.So’z boshida l,v,r harflari kelmaydi.
O’zbekcha so’zlar: tosh, tog’, cho’ntak, quyosh, novvos, muqova, erta, yaxshi, 
to’n, so’ri, indin, uch, kishi, sakkiz, ko’k, qora.
O’zlashgan qatlamga ruscha, arabcha, fors-tojikcha va shu kabilar kiradi.
Tojikcha so’zlar: naho, gul, shirin, bahor, oftob, kamtar, osmon, dasturxon, 
obdasta, gugurt, sarkarda, choyshab, poyandoz, paypoq, panjara, g’isht, 
poydevor, narvon, doston, farzand, chorpoya, dehqon, chopon, kissa, dazmol, 
ro’za, buqa.
Arabcha so’zlar: kitob, maktab, majlis, sarf, harakat, mehnat, ovqat, g’alla, 
asal, hasharot, sinf, odam, inson, oila, sir, hujum, dars, ruxsat, shoir, qoida, 
huquq, sobiq, sehr.
Ruscha so’zlar: brigada, kino, temperature, telefon.
Xitoycha so’zlar: manti, lag’mon, shiypon.
Tarixiylik jihatdan o’zbek tili leksikasi 3 xil bo’ladi:
1. Zamonaviy . 2. Eskirgan. 3. Yangi.
Zamonaviy qatlam eskilik yoki yangilik bo’yog’iga ega bo’lmagan so’zlardan 
iborat: respublika.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin