Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98
Mohira2702..

Mo’yqalam sohiblari-rassomlar, salomatlik posbonlari-shifokorlar, baxtimiz 
qomusi-konstitutsiya, o’rmon malikasi –archa, dala malikasi-makkajo’xori,
charm qo’lqop ustasi-bokschi, oq oltin-paxta, kumush tola-ipak, oltin boshoq-
bug’doy, po’lat ot-traktor, fasllar kelinchagi-bahor, yurt oqsoqoli-prezident,
dunyo tomi-Pomir, ko’zimning nuri-farzand, qalbim quyoshi-ona, zangori kema-
kombayn, baraka urug’i-chigit, po’lat etak-bunker, suyuq oltin-zaytun moyi. 
Tasviriy ifodalar deyarli ot so’z turkumi doirasida bo’ladi. Ularda ham omonimlik 
va sinonimlik hodisalari kuzatiladi. Aql gimnastikasi-matematika, shaxmat, 
krassvord(omonim), zangori ekran-oinai jahon-televizor(sinonim) 
1-topshiriq:Berilgan tasviriy ifodalarning muqobilini toping. 
Ikki dunyosi________________________________________________________ 
Yomonliklar kaliti___________________________________________________ 
Oq ajal____________________________________________________________ 
Balog’at ostonasidan o’tmagan________________________________________ 
Taraqqiyot kushandasi_______________________________________________ 
 Jamiyatga tushgan qurtlar____________________________________________ 
Hayot ko’zgusi______________________________________________________ 
Adolat qo’rg’oni_____________________________________________________ 
Barqaror birikmalarga (paremiologiya)quyidagilar kiradi:
I.Iboralar.So’zlar uslubiy bo’yoqli yoki bo’yoqsiz bo’ladi. Iboralar esa har doim 
bo’yoqdor. Ibora o’zi ifodalagan tushuncha bilan so’zga teng, lekin bo’yoqdorligi 
sababli bu tenglik buziladi. Shuning uchun iborani so’z bilan har doim ham 
almashtirib bo’laydi.
Ibora boshqa tilde aynan muqobilga ega emas. O’zlashma ibora bo’lmaydi. 
Iboralarni ko’p qo’llash til bilimi va nutqiy salohiyat yuqoriligidan dalolat beradi.
Frazeologiya ma’nosi bir so’zga teng keladigan, ko’chma ma’noda qo’llaniluvchi 
so’z birikmasi yoki gap ibora deyiladi.Iboralardan nutqda tayyor holda ishlatamiz. 
Frazeologizmlar turg’un (barqaror) birikmalar hisoblanadi. Chunki ularni ajratib 
bo’lmaydi.Gapda iboralar bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta bo’lak vazifasida 
keladi.M-n: Tolib aka bu yigitning arpasini xom o’rganini bilib qoldi(nimani?, 
to’ldiruvchi). iboralarga misollar: pixini yorgan, qulog’i ding bo’lmoq, ko’nglida 
kiri yo’q, tuyog’ini shiqillatmoq, qildan qiyiq topmoq, qovog’i osilmoq, o’pkasini 
cho’pga ilgan, almisoqdan qolgan, tulki qiziga to’y berdi.
Iboralar ikki xil shaklda bo’ladi:
1. So’z birikmasi shaklida:ko’ngli to’q, ichi qora, ishtahasi karnay.
2. Gap shaklida: yer bilan yakson qilmoq, taqdirga tan bermoq, aqli kirdi, dimog’i 
chog’ bo’ldi.
Eslatma: Gaplardagi birikmalarning erkin birikma yoki ibora ekanligini gapning 
mazmunidan bilib olamiz. M-n: Shodiyor akaning bozordan avaylab olib 
kelayotgan tarvuzi qo’ltig’idan tushdi(erkin birikma). Bu xabarni eshitib
Rayimqulning tarvuzi qo’ltig’idan tushdi (ibora).
2-topshiriq:Quyidagi iboralarning ma’nolarini toping va ular ishtirokida gaplar 
tuzing.Iboralar gapda qaysi gap bo’lagi bo’lib kelganligini aniqlang. 


42 
Ko’z ko’rib, quloq eshitmagan; nomi ulug’, surpasi quruq; katta boshini kichik 
qilmoq; dami ichida qolmoq; suvdan quruq chiqmoq. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
II. Maqol va matallar. Maqol – xalq og’zaki ijodi janri, shu bilan birga, til birligi 
ham. U – ixcham, mazmuniy va ta’sirchanlik ko’lami baland ifoda. Maqollar biror 
nutq vaziyatiga xos bo’ladi, shuning uchun, ko’pincha,bir-birini inkor etadi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin