Eskirgan qatlam tilimizning ma’lum davrida qo’llanilib, hozirgi kunda
qo’llanilmaydigan so’zlardan iborat. Ular 2 xil yo’l bilan amalga oshiriladi:
a)istorizm (tarixiy so’zlar); b)arxaizm (arxaik so’zlar).
Istorizmlar so’z o’zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi: qul, cho’ri,
bakavul, yasavulboshi,hojib(eshik og’asi),degrez (cho’yandan qozon qiluvchi),
yorg’ichoq (donni maydalash va un qilish uchun ishlatiladigan tosh asbob).
Arxaizmlarda so’z eskiradi, tushuncha saqlanadi va u boshqa so’z bilan
nomlanadi: aso-hassa, lang-cho’loq, muhoraba-urush, firqa-partiya,payg’om-
xabar, bog’ot-bog’lar, gisu-soch.
Eslatma: Qadimda qo’shimchalar quyidagicha bo’lgan: tushum kelishigi:-(i)g, -
(i)g’; jo’nalish kelishigi: -ra, -ru, (-garu, -karu, -qaru), vosita kelishigi: -(i)n.
Yangi qatlam: planshet, internet.
So’zlarning qo’llanish doirasiga ko’ra 2 xil turi bor:
a) umumiy (chegaralanmagan)so’zlar;
b)chegaralangan so’zlar.
Umumiy so’zlar hamma uchun tushunarli bo’lgan nutqimizdagi barcha so’zlardir.
M-n: ona,non Chegaralangan so’zlarga quyidagilar kiradi:
1.Shevaga xos so’zlar
40
2.Atamalar (terminlar). Ma’lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni
ifodalash uchun qo’llaniladigan so’zlardir. Atamalar qo’llanilishiga ko’ra 2 xil
bo’ladi: 1)ilmiy atamalar: hujayra, fonema, kasr, fe’l.
2)kasb-hunar atamalari: andava, shpatel, oboy, tyaga.
Ilmiy terminlar ikki xil yo’l bilan hosil qilinadi:
a)umumxalq tilidagi so’zlardan ma’noni maxsuslashtirish orqali:qo’shish, ayrish,
ildiz,tekislik;
b)boshqa tillardagi terminlarni o’zlashtirish orqali: fonetika, biznes, virus.
3.Noadabiy qatlam jonli nutqda uchraydigan, lekin keng iste’molda qo’llanilmay,
uslubiy ma’noda ayrim shaxslarning xulq-atvorini, tabiatini ko’rsatadigan
so’zlardir: innaykeyin, xo’p bo’ladi, shu desangiz, endi, xo’sh, deylik.
4. Jargonlar yuqori tabaqa vakillari uchun tushunarli bo’lgan so’z va
iboralardir:Zoti oliylari, volidayi muhtarama, padari buzrukvorimiz.
5.Argolar qiziqishlari, mashg’ulotlari, ba’zan yoshlari bir xil, juda tor doiraga
mansub kishilar qo’llaydigan, ma’nosi shu kishilargagina tushunarli bo’lgan so’z
va iboralardir: qaychi-taftishchi, kolxoz-chiptasiz yo’lovchi (temiryo’lchilar
argosi).
6.Evfemizmlar qo’pol, beodob, noqulay so’z va so’z birikmalarini so’zlashuv
tiliga xos qulay so’zlarga almashtirishdir: xotin oldi-uylandi, o’ldi-vafot etdi.
Madaniy nutq sohibi o’z fikrini chiroyli va kishi ko’ngliga og’ir botmaydigan qilib
ifoda etadi. Fikrni og’ir botmaydigan, tinglovchiga malol kelmaydigan qilib
ifodalash vositalari evfemizm (grek tilida bu so’z “yumshoq gapirmoq” ma’nosida
qo’llangan) deyiladi. Masalan, yomon bo’libdi degandan ko’ra yaxshi bo’lmabdi
deyish, kasal ifodasidan ko’ra mazasi yo’q deyilsa, kishi ko’ngliga qattiq
botmaydi. Evfemizmni o’rinli qo’llash kishining madaniyatli ekanligini bildiradi.
Turmush o’rtog’ingiz ismini aytmaslik (masalan: dadasi, dadajonisi, oyisi deyish
yoki katta farzandining ismi bilan chaqirish), sizlash kabilarni ham evfemizmga
misol qilish mumkin.
Evfemizmning aksi disfemizm (grek tilida bu so’z “qo’pol gapirmoq” ma’nosida
qo’llangan) deyiladi. Masalan, yomon bo’libdi tushunchasi uchun qo’llangan rasvo
bo’libdi, kasal tushunchasi uchun qo’llangan dard uribdi ifodalari disfemizmga
misol.Nutqda disfemizmni ko’p qo’llash kishining madaniyatsiz ekanini ko’rsatadi.
Demak, disfemizm va evfemizm ikki chekkada, betaraf ifoda esa ular o’rtasida
turadi: joni chiqdi – o’ldi – uzildi.
7.Tabu man etilgan, aynan aytilmaydigan so’zlardir: qizamiq-gul, chayon-eshak
yoki gajak, ilon-arqon, hurmat asosidagi sen o’rniga siz ishlatilishi ham tabuga
kiradi
Tasviriy ifoda (parafraza) Predmetni o’z nomi bilan atamay tasvirlab ifodalanishi
yoki biron narsa va hodisani boshqa bir narsa va o’xshatish orqali tasvirlab
ifodalash tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar narsa va hadisalarning ikkinchi
nomidir. Tasviriy ifoda – narsalar nomining bo’yoqdor muqobili bo’lgan birikma.
U uslubiy chegaralangan, ko’proq publitsistikaga xos. Tasviriy ifoda tushunchani
bildirishi bilan so’zga teng, lekin bo’yoqdorligi biln farqlanadi.
|