To’xtasin, Ulbo’sin… Undov so’zlardan: Rahmat, Marhamat, Marhabo… Olmoshdan: Kimsan. Ravishdan: Muqaddam. Ba’zi atoqli otlar turdosh otga o’tishi mumkin: amper, nyuton, rentgen, volt, vat. Turdosh otlar. Bir turdagi shaxs, narsa, o’rin –joy, faoliyat-jarayon nomlarini
bildiruvchi otlar turdosh otlar sanaladi. Turdosh otlar quyidagilar:
Shaxs otlari. Shaxs otlari kim? so’roqlariga javob bo’lib, shaxslarni yoshiga,
joyiga, mansub unvoniga, kasb-koriga, ijtimoiy holatiga, qarindoshlik darajasiga,
nasl-nasabiga ko’ra nomlab keladi. Masalan: Shavkat eng oldin enasi bilan quchoqlashib, xayr-xo’shlashdi. Bir hovli bola dupir-dupir qilib to’rt tarafga yugurib ketdi. Narsa otlari. Nima? so’rog’iga javob bo’lib, jonli va jonsiz narsalarning nomlarini
bildirgan otlarga narsa otlar deyiladi.Masalan, arslon, sho’rva, ko’ylak, yulduz, ayiq, yalpiz, bo’ri, shim, tesha. O’rin-joy otlari. Qayer? so’rog’iga javob bo’lib, o’rin-joy ma’nosini bildiruvchi
otlar sanaladi. Bunda otlar o’rin-joy ma’nosi bilan birga narsalik ma’nosini ham
bildiradi. Shuning uchun qayer? so’rog’i bilan birga nima? so’rog’ini ham olishi
mumkin.M:Hamma maktab tomon shashardi.Tog’dagi sayr hammaga yoqdi. Faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlar. Shaxs va narsalarning faoliyat
jarayonini nomlovchi otlar faoliyat-jarayon otlari deyiladi. Faoliyat-jarayon otlari -
lik, -chilik, -garchilik, -(u)v, -(i)m, -(i)q qo’shimchalari yordamida yasaladi:
g’allachilik, serobgarchilik, chaquv, terim, unum va hokazo. 1.Terim boshlanganidan buyon Sayyora daladan beri kelmaydi. 2.Huriniso ipakchilik zvenosining boshlig’i bo’lgan ekan. 3.Yolqin akam traktor terimidan bo’shagandan keyin hovlining kamchiliklarini tuzatdi. 4.Kuni kecha xayrlashuv tantanasi bo’ldi. 5.Bilim kishining ko’nglini yoritadi, unga ro’shnolik beradi. 2-topshiriq:Berilgan gaplardan joy nomlari va shaxs otlarini aniqlang.
1.Jiydakapa do’ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan. 2.Maktab bog’ida o’qituvchilar va o’quvchilar birgalikda mehnat qilishdi. 3.ramazon kirdi… Dadam meni bozorshabga olib bordi. 4.Kampirning o’tovi Zolariqning chap qirg’og’ida edi. 5.Nurali bu tomonlarda juda mashhur edi. Joy nomlari_________________________________________________________
Shaxs otlari_________________________________________________________
3-topshiriq:Turdosh otlarni guruhlarga bo’lib chiqing.
Opasi savatda olma, behi, anor, nashvati olib kirib, dasturxon tuzashga tushdi. Ukasining so’rog’ini kutmay, oiladagi yangiliklardan gapira boshladi… “Hashtak-pashtakni” eshitib, O’rinboyning esiga onasi tushdi. Bog’larida bir tup subhoni o’rik bo’lardi. Shu o’riklar burunning qonidau qizarib pishganida onasi go’shtini danagidan bitta-bitta ajratardi-da, keyin danagini chaqib, yana
47
go’shti orasiga tiqib juftlagach, oftobga yoyib quritardi. Tayyor bo’lganida og’zingizga solsangiz, xuddi mag’izli holva yeganning savobini topardingiz… __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Aniq va mavhum otlar. Turdosh otlar ifodalanayotgan tushunchaning xarakteriga
ko’ra ikkiga bo’linadi:
1.Aniq otlar sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lgan narsalarni
bildirgan otlar. Masalan:kitob, ovoz, parda, qalam, gul. 2.Mavhum otlar – sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lmagan,
tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan narsalarni bildiradigan otlar. Masalan: