93
tushunchani ifodalaydi. M:
qizil qalam, daftarning varag’i.
Eslatma: Tobe bog’lanish ikki xil sintaktik birlikni vujudga keltiradi: 1) so’z
birikmasi; 2) gap.
Agar bog’lanish ega + kesim shaklida bo’lsa bu sintaktik birlik gap bo’ladi.M:
Men keldim. Ukam o’quvchi. Suv mo’l. Olma qizil.
Agar aniqlovchi+kisim, aniqlovchi+ega, aniqlovchi+to’ldiruvchi,
to’ldiruvchi+kesim, hol+kesim kabi bog’lanish bo’lsa, bu sintaktik birlik so’z
birikmasi hisoblanadi. M:
ko’p o’quvchi edi, chiroyli qiz, katta binoni,
kitobni o’qidi, tez yugurdi.
So’z birikmasi sintaksisi. Ikki va undan ortiq mustaqil so’z grammatik ma’no
jihatdan birikib, so’z birikmasini hosil qiladi. So’z birikmasi hokim so’z va tobe
so’zdan tuziladi. Tobe bo’lakning hokim bo’lakka kelishik, egalik qo’shimchalari,
ko’makchilar va tobelantiruvchi ohang yordamida bog’lanishi so’z birikmasi
deyiladi.Tobe so’z hokim so’zni aniqlab, izohlab, to’ldirib keladi. So’roq har doim
hokim so’zga beriladi. So’roqqa javob bo’lgan so’z esa tobe so’z hisoblanadi. M:
yashil ko’ylak - qanday ko’ylak? So’z birikmasida tobe so’z oldin, hokim so’z
keyin joylashadi. Ba’zan joylashish tartibi o’zgarishi mumkin. M:
kitobim mening,
o’qidim kitobni.
Ularning shartli belgilari quyidagicha: hokim soz: ; tobe soz:
So’z birikmasini so’z, gap, ibora va qo’shma so’zlardan farqlash lozim.
So’z birikmasi va so’z. So’z predmet, belgi, ish-harakatni umuman ifodalash
uchun xizmat qiladi. M: maktab so’zi bir narsaning umumlashgan oti bo’lib,
yolg’iz tushunchani ifodalaydi.
So’z birikmasi ham so’zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi.
Lekin so’z
leksik hodisa, so’z birikmasi
grammatik hodisadir. So’z birikmasida
ma’no, tushuncha ancha aniq, ravshan bo’ladi. M:
nor-erkak tuya, g’o’nan-uch
yashar ot, ezma-sergap odam, olqor-yovvoyi tog’ echkisi, ayg’ir-erkak ot.
Eslatma: Lug’atlarda so’zning ma’nosini ochib berish uchun so’z birikmalaridan
foydalaniladi.
So’z birikmasi va gap. So’z birikmalari gap tarkibida kelib, uning ma’nosini
kengaytirishga xizmat qiladi va tushunchani ifodalaydi. Gap esa tugallangan
ohang bilan aytiladi va fikrni ifodalaydi.M:
kitob o’qimoq (so’z birikmasi),
Qoshnimiz anchadan beri qiziqarli sarguzasht kitob o’qimoqda.
2-topshiriq: Berilgan juftliklarni ikki ustunga (so’z birikmasi va gap) ajratib
chiqing.
1.Chiroyli gul. Gul chiroyli. 2.Muhandis akam. Akam muhandis. 3.Qovun shirin.
Shirin qovun. 4.G’azalni yodlash. G’azalni yodlaymiz. 5.Ko’chat o’tqazing.
Ko’chat o’tqazish.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Dostları ilə paylaş: