104
Ega va kesimning shaxs-sonda mosligi. Ega kesim bilan grammatik va mazmun
tomondan bog’langanligi uchun doimo kesimning shakliga mos shaklda turadi.
Eganing kesim shakliga mos (shaxs-son) shaklda kelishiga
moslashish deyiladi.
Shaxsda moslik. Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda har doim mos bo’ladi.
M:
Vatanni mardlar(III shaxs)
qo’riqlaydi (III shaxs).
Eslatma: Nutqimizda “
Hayron qolasan kishi” tarzidagi gaplar ham uchraydi.Bu
gapda ega va kesim shaxsda moslashmagan. Ega III shaxsda, kesim II shaxsda.
Sonda moslik:
1. Fe’l kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo’ladi. M:
Men(I
shaxs birlik) kutubxonadan kitoblarni olib keldim (I shaxs birlik).
2. Fe’l kesim III shaxsda ega bilan hamma vaqt ham sonda mos bo’lmaydi:
a) Kimsani bildirgan III shaxsdagi ega bilan fe’l kesim sonda mos bo’ladi. M:
O’ktam Toshkentdan keldi.
b) Ko’p hollarda, ko’plikdagi ega predmetni bildirsa, fe’l kesim ega bilan sonda
moslashmaydi. M:
Kuz kelishi bilan barglar to’kildi. Agar ko’plikdagi ega
jonivorlarni anglatsa, fe’l kesim ega bilan sonda mos kelishi ham mumkin.
M:
Kunlar isishi bilan qushlar uchib kela boshladilar.
d) Ot kesim ko’plikdagi ega bilan ko’pincha moslashmaydi.M:
O’quvchilar
tirishqoq ekan.
e) Ba’zan hurmat, kesatish va boshqa ma’nolarni anglatish uchun ega birlikda
bo’lsa ham, kesim ko’plikda qo’llaniladi.
M: Dadam keldilar.
f) Gapda eganing aniqlovchisi miqdor son bilan ifodalansa, ega ham kesim ham
birlik shaklda bo’ladi. M:
Sakkizta xonanda davraga kirib keldi.
Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi. Ba’zan ot kesimning shakllari
maxsus ifodalanmay, ohang yordamida shakllanadi. Shunday o’rinlarda
tugallangan ohangni ifdalash uchun ega va kesim orasiga yozuvda tire qo’yiladi:
1.Gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, bog’lama yoki kesimlilik
qo’shimchasi bo’lmasa, egadan keyin tire qo’yiladi.M-n:
Tinchlik - farvon hayot
manbai.
Eslatma: Ayrim hollarda gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib,
kesimlik qo’shimchasi bo’lsa ham, tire qo’yiladi. Bunda ta’kidlash ma’nosi
kuchaytiriladi. M-n:
Til – millatning bebaho boyligidir. Adabiyot – hayotning
in’ikosidir.
2.Gapning egasi yo kesimi yohud ularning har ikkalasi harakat nomi bilan
ifodalansa, bog’lama va kesimlik shakli bo’lmasa, egadan keyin tire qo’yiladi. M-
n:
Har narsaga qiziqish – biz uchun eski odat. O’qish – ulg’ayish.
3.Gapning egasi yoki kesimi birikmalar bilan ifodalanib, tenglik, o’xshatish kabi
ma’nolarni bildirsa, egadan keyin tire qo’yiladi. M-n:
Salomatlik – tuman
Dostları ilə paylaş: