103
desa bo’lar edi. Hilmni insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga
tenglashtirish shart.
Mustaqil va nomustaqil kesim. Nomustaqil kesim shakli shart mayli qo’shimchasi
–sa yordamida hosil qilinadi. M:
Osmon bulut bo’lsa, yomg’ir yog’adi.
Eslatma: Istak gaplar nomustaqil kesim bo’la olmaydi. M:
Yomg’ir yog’sa edi.
Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar hamda bog’lamali, bog’lamasiz ot
kesimlar mustaqil kesimlardir.M:
Oltin olma, duo ol. Fayzli uyda baraka bor.
Ega
Gap kesimining qo’shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini
aniqlashtiruvchi, belgining sohibini bildirgan bo’lak ega deyiladi. Egalar
kim?,
nima?, qayer? so’roqlariga javob bo’ladi. M-n:
Biz tez kunda sayohatga boramiz.
Ega doimo bosh kelishik shaklida bo’ladi, egalik va ko’plik shakllarini olishi
mumkn. Eganing tagiga yozuvda bir chiziq chiziladi (_______).
Ega quyidagicha ifodalanadi:
1. Ot bilan:
Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so’ng o’chdi.
2. Olmosh bilan
:Sen o’zingni maqtama, seni birov maqtasin.
3. Harakat nomi bilan:
O’qish jafoli, keti vafoli.
4.Modal so’z bilan:
Bor so’zlaydi, yo’q o’ylaydi.
5. Ibora bilan:
Onani boshga ko’tarish bizning ham burchimiz.
6. Ajralmas birikma bilan:
G’allaorol tumani viloyatdagi eng ilg’or tumandir.
7. Juft fe’l bilan:
Qo’shnilar bilan bordi-keldisi yaxshi emas.
Otlashganda:
8. Son bilan:
Ikkalasi ham chiqib ketishdi.
9. Sifatdosh bilan:
O’qigan o’qdan o’zar.
10. Sifat bilan:
Yaxshilar ko’paysin, yomon qolmasin.
11.Ravish bilan:
Ko’p so’zning ozi yaxshi, oz so’zning o’zi yaxshi.
12. Taqlid so’z bilan:
Qushlarning chug’ur-chug’uri dilni yayratadi.
13.Undov so’z bilan:
Odamlarning dod-voyi kuchayib borardi.
Dostları ilə paylaş: