105
5.Eganing ma’nosi ta’kidlab ko’rsatilganda, egadan keyin tire qo’yiladi. M-n:
Men
– mana shu minglarning biriman. Urush - quon vi emas. Sen – bizni ozd
etuvchisan.
6.Ega
yoki kesim u, bu, mana bu kabi olmoshlar bilan ajratilgan holatlarda tire
shu so’zlardan oldin qo’yiladi.M-n
:Namangan – bu gullar shahri. Gullar shahri –
bu Namangan.
Quyidagi holatlarda ega va kesim orasiga tire qo’yilmaydi:
1.Ega kishilik olmoshi bilan ifodalanib, bog’lama bo’lmasa
ham tire
qo’yilmaydi:
Men o’quvchiman.
2.Kesim kelishik qo’shimchasini olgan bo’lsa:
Butun umidim sendan.
3.Kesim tarkibida bo’l-, qil-, hisoblan-, sana- kabi yordamchilar ishtirok etsa:
21-
mart Navro’z bayrami hisoblanadi.
4.Ega bilan ot-kesim o’rtasida
ham yordamchisi bo’lsa:
Bular ham a’lochi.
Mening opam ham talaba.
5. Ot kesim sifat, ravish va son (sanoq sondan tashqari) bilan ifodalansa, tire
qo’yilmaydi:
Vatanimiz go’zal. Qizilqum sahrosi bepayon. Ishim ko’p. Bizning
sinfimiz sakkizinchi.
3
-topshiriq:Berilgan gaplarning qaysilarida ega va ot kesim orasiga tire qo’yilishi
kerak?
1.Kiyinishda oliftalikdan qochi, yoqimtoy bo’lishga harakat qiling: odob
ko’rkamlik, isrofgarchilik esa oliftalik belgisi. 2.Madaniyat bilan tashqi jilo
butunlay boshqa-boshqa narsa. 3.Saxovat go’zallikdan ko’ra afzalroq.
4.Maftunkorlik yashnab turgan go’zallik. 5.Go’zallik bu bu erkin qalb va
mustahkam sog’liq samarasi. 6.Ma’no yo’q joyda go’zallik bo’lishi mumkin emas.
7.Samimiylik ham xddi husn kabi ehson. 8.Ko’p so’zlash donolik belgisi emas.
9.Go’zallik butun olamni qalbga olib kiradigan kuch va iste’dodga ega.
4-topshiriq: Kerakli o’rinlarga tire qo’ying.
1.Olimlar, fozillar, adiblar davlatning tanasidagi kuch. Ularga iltifot va
ikromda bo’l… Shunday yo’l tutkinki, hukumatingda orif arboblar, fazilatli
insonlar va olimlar ko’paysin. 2.Naf’ing agar xalqqa beshakdirur, bilki, bu naf’
o’zingga ko’prakdirur. 3.Faqat o’z shaxsiy manfaati haqida qayg’urib, burchni
unutmoqlik Otaketgan pastkashlik. 4.Birovni qoralashdan oldin doimo uni oqlash
imkoni bor-yo’qliga haqida o’ylash kerak. 5.Inson zotiga mansub odamlar bir-
biriga o’xshamaydilar. Ularning o’xshash tomoni bitta.U ham bo’lsa, barchaning
pirovard maqsadi mukammallik.
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari.Gapning kesimi yo egasiga tobelanib, ularga
ergashib keladigan bo’laklar ikkinchi darajali bo’laklar hisoblanadi. Ular gapni,
uning ayrim bo’laklarini
kengaytirishga, aniqlashga xizmat qiladi. Ikkinchi darajali
bo’laklar uchta: 1) aniqlovchi; 2) to’ldiruvchi; 3) hol.
Aniqlovchi.
Gapdagi biror bo’lakning belgisini yoki bir predmtning boshqsiga
qarashli ekanligini bildirgan bo’lak aniqlovchi deyiladi.
Aniqlovchi aniqlagan
bo’lak aniqlanmish hisoblanadi:
aqlli (aniqlovchi)
bola (aniqlanmish)
Aniqlovchilar ega, ot kesim, to’ldiruvchi va holga bog’lanadi:
Bayramda quvnoq
qo’shiqlar kuylandi (egaga). Men tirishqoq talabaman (ot kesimga). Qiz qalin
106
sochlarini taradi (to’ldiruvchiga). Mehnat faxriylari bilan katta bog’da
uchrashdik (holga).
Aniqlovchilarning bir xil narsa-buyumning belgisi (rangi, miqdori, mazasi,
hajmi)ni bildirsa, boshqa xili narsa-buyumning kimga yoki nimaga qarashliligini
bildiradi yoxud boshqa tomondan nomlaydi. Shunga ko’ra
aniqlovchilar uchga
bo’linadi:
1)
sifatlovchi aniqlovchi;
2)
qaratqich aniqlovchi;
3)
izohlovchi aniqlovchi.
Sifatlovchi aniqlovchi. Gapda shaxs yoki narsa-buyumning belgi-xususiyati,
hajmi, maza-ta’mi, shakli,
rang-tusi, miqdori, tartibi kabi ma’nolarni anglatadigan
aniqlovchilar sifatlvchi aniqlovchilar deyiladi. Ular qanday?, qanaqa?,qaysi?,
qancha?, nechta?, qayerdagi?, qachongi? so’roqlaridan biriga javob bo’ladi:
Oppoq
Dostları ilə paylaş: