107
1)
daftarning varag’i 2)daftar varag’i 3) bizning daftar 4)daftar varaq
Birinchi bog’lanish bilan ikkinchi bog’lanish o’rtasida aniqlik-noaniqlik (xususiy-
umumiy) ma’osi bor yoki yo’qligiga ko’ra farqlanish mavjud. Uchinchi bog’lanish
ko’proq qaratqich I shaxs ko’plikdagi olmoshlar bilan ifodalanganda ishlatiladi.
To’rtinchi bog’lanish esa birinchi va ikkinchidan ko’proq so’zlashuv uslubiga
xosligi bilan farqlanadi.
Qaratqich aniqlovchilar quyidagicha ifodalanadi:
a) ot bilan:
Tog’ning lolasi juda chiroyli-da.
b) olmosh bilan:
Sizning hotirjamligingiz hammasidan muhim.
c) harakat nomi bilan:
Tomoshaga borishning iloji yo’q.
d) ibora bilan: O
g’zi bo’shning ichida gap yotmas.
Otlashganda:
a)son bilan:
O’nning yarmi – besh.
b)sifatdosh bilan:
Maqtanganning uyini ko’r.
d)ravish bilan:
Ko’pning oshi shirin bo’ladi.
e)taqlid so’z bilan:
Musichalar g’uv-g’uvining ovozi shu yergacha yetib kelardi.
f)sifat bilan:
Yaxshining yaxshiligi har joyda tegadi.
j)undov so’z:
Salomning aligi bor.
Ba’zan qaratqich qo’llanmay, qaralmishning o’zi ishlatiladi. Bunda qaralmishdan
qaratqich bilinib turadi. M-n: Maktabimiz katta.
Qaratqich aniqlovchilarda doimo qaratqich kelishigi tushib qolavermaydi.
Qaratqich va qaralmish o’rtasida so’z ishtirok etganida,
u belgili shaklda
qo’llaniladi:
insonning yuksak orzusi. Shuningdek, qaratqich kelishigi atoqli otlar,
olmoshlar va sifatdoshlarga qo’shilganda tushib qolmaydi.M-n:
Bahoraning kitobi,
hammaning fikri. Qaratqich kelishiga she’riyatda
qisqargan shaklda kelishi
mumkin:
O’zbekiston Vatanim manim. Yer kurrasin bshin bog’ladik.
Izohlovchi aniqlovchi. Izohlovchi aniqlovchining bir turi bo’lib, u shaxs yoki
narsani boshqacha nom bilan aniqlaydi, ya’ni izohlovchi
ot boshqa bir otni
izohlaydi: Rahim ustoz. Izohlovchi izohlagan ot izohlanmish deyiladi. Izohlanmish
shaxsning millati, kasb-kori,
nasl-nasabi, unvoni, laqabi, yoshi, qarindoshligi, jinsi
va boshqa qo’shimcha belgilarini tavsiflovchi bo’lak izohlovchi deyiladi.M:
Dostları ilə paylaş: