daqiqaning qadriga yetish kerak.
115
Atov gaplar. Atov (nominativ) gaplar bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so’z
bilan ifodalanib, predmet yoki hodisalarning mavjudligini tasdiqlovchi gapdir. Ular
so’zlovchining ko’z o’nggida biror voqea-hodisani yoki davrni jonli
gavdalantirishga, uning xotirasida yoki xayolida ular bilan aloqador bo’lgan voqea-
hodisalarni tiklashga xizmat qiluvchi muhim tasviriy vositadir.Atov gaplar, asosan,
aniqlik maylining hozirgi-kelasi, ba’zan esa o’tgan zamon shakllarida keladi:
Hamon esimdadir: gul chog’i erdi.
Atov gaplar yig’iq yoki yoyiq bo’lishi mumkin. Agar atov gaplar bitta so’zdan
iborat bo’lsa, yig’iq atov gap deyiladi: Bahor. Kunlar iliqlashgan.Agar atov gaplar
aniqlovchilar bilan kengayib kelsa, yoyiq atov gap deyiladi: Yam-yashil
o’tloq.Oilam bu yerga kelsa, qanchalik quvonadi.
Yoyiq atov gaplar kengaygan harakat nomi birikmalari bilan ifodalanishi mumkin:
So’nggi uchrashuv. Uning ko’zlarida yosh ko’rindi.
Atov gaplar o’ziga xos ohang bilan aytiladi.Yozuvda, odatda, nuqta qo’yiladi. His-
hayajon bila aytilsa, undov belgisi qo’yiladi: Tog’lar! Baland tog’lar! Alpinistlar
cho’qqiga ko’tarilmoqdalar.
Eslatma: Atov gaplar hech qachon yolg’iz o’zi qo’llanmaydi. Undan keyin atov
gapning mazmunini ochuvchi boshqa bir gap keladi: Oltinlangan barglar.
Manzara ko’zni naqadar quvontiradi.
1-topshiriq: Atov gaplarni aniqlang.
1.Xazonrezlik payti. Hirot bog’lariga suv beradigan Hirirud daryosi va Injil
anhorining qirg’oqlariga za’faron yaproqlar to’kilgan. 2.To’qqizinchi asr.
Muhammad al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi. 3. Erta bahor edi. Dam olish
kuni edi. Kech turdim. 4.Bola edim… Kuz edi… so’rida dars qilib yotibman. 5.Ilk
muhabbat bahor osmonidagi bulutga o’xshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof.
So’z-gaplar. Bir s’zdan iborat bo’lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so’zlar bilan
kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo’lmagan gaplar so’z-gaplar deyiladi.
Ular oldingi gap mazmuniga so’zlovchining munosabatiniifodalaydi. So’z-gaplar
modal va his-hayajon munosabatlarni ifoda etgani uchun ham ko’proq diologik va
ba’zan monologik nutqqa xosdir. So’z-gaplar tasdiq, inkor, so’roq, taajjb, his-
hayajon kabilarni ifoda etib, matn bilan bog’liq bo’ladi:
- Endi so’zingizdan aynimang.
- Mayli, - dedi Fazliddin.
So’z gaplar quyidagi turlarga bo’linadi.
1.Modal so’z-gaplar ishonch, taxmin, gumon ma’nolarini ifodalaydi: Shubhasiz,
ehtimol, albatta, shaksiz to’g’ri.
- Boramizmi?
- Albatta.
2. Undov so’z-gaplar his-tuyg’u, haydash-chaqirish ma’nolarini ifodalaydigan
so’z-gaplar: Oh, uh,ofarin, balli, hormang, yashang.
3.Tasdiq so’z –gaplar: Ha, mayli, xo’p.
4. Inkor so’z-gaplar: Yo’q,mutlaqo, also, sira, aksincha.
5. Taklif so’z-gaplar tinglovchiga qaratilgan bo’lib, uni biror ishni bajarishga
undaydi: Marhamat, ma, mang.
116
Kishilar o’rtasida oddiy muomalada tez-tez ishlatilib turadigan bir so’z yoki
iboralar so’z-gaplar vazifasida qo’llanadigan bo’lib qolgan: Assalomu alaykum,
yoqimli ishtaha,marhamat, salomat bo’ling, qulluq, osh bo’lsin, yaxshi boring,
xush ko’rdik, labbay, jonim bilan, bajonidil kabi.
So’z-gaplarining kengayishi juda qiyin va o’ta chegaralangan. Ba’zan so’z-gaplar
takrorlanib qo’llaniladi.
– Biror gap eshitdingizmi?
- Yo’q-yo’q.
Eslatma. So’z-gaplardan, ya’ni ha, yo’q, xo’p kabi so’zlaridan keyin shu
so’zlarning ma’nolarini takrorlab kuchaytiradigan ayrim gaplar qo’llanilib, bular
so’z-gap hisoblanmaydi, balki gap mazmunini kuchaytiruvchi kirish so’z
hisoblanadi.
- Hujjat topshirdingmi?
Dostları ilə paylaş: |