112
4.Taqlid so’z bilan:
Hayotxon piq-piq yig’lar edi.
5.Ot+bilan ko’makchisi orqali:
Bu asarni zavq bilan o’qirdim.
6.Sifat bilan:
Qush ko’m-ko’k daraxtlar orasida yoqimli sayramoqda.
7.Ibora bilan:
Hamma yoqni yog’ tushsa yalaguday tozaladilar.
Eslatma. Gapda ravishdosh o’ziga tobe bo’laklar bilan birga so’z
birikmasini hosil
qiladi va ular yoyiq (murakkab) ravish holi deyiladi:Eshikni sekin ochib,
Behruz
kirib keldi.
2.O’rin holi ish-harakatning bajarilish o‘rnini bildirib, qayerga? qayerdan?
qayerda?qayoqqa? qayergacha? so’roqlariga javob bo’ladi.O’rin holi o’zi
ergashgan so’zga boshqaruv yo’li bilan bog’lanadi va quyidagicha ifodalanadi:
1.O’rin ravishi bilan:
Shu yerdan boshlanur daryo va quyosh.
2.Ot bilan:
Poyezd bizni Toshkentda qoldirib, Moskvaga yo’l oldi.
3.Ot+ko’makchi orqali:
Bu qo’shiq dunyo bo’ylab taraldi.
4.-gacha, -ga qadar, -ga dovur kabilar orqali:
Dugonamni uyigacha kuzatib
qo’ydim.
3.Payt holi ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon? qachongacha?
qachondan beri? qachondan buyon? qay vaqt? so’roqlariga javob bo’ladi.Ular
quyidagicha ifodalanadi:
1.Payt ravishi bilan:
Bugun poytaxt mardlar sha’niga salom yo’lladi.
2.Payt ravishdoshi bilan:
Qo’llarini yuvgach supaga o’tirdi.
3.-gandan so’ng, -gandan keyin kabi birliklarni olgan so’zlar orqali:
O’qishni
bitirgandan so’ng ishlayman.
4.Payt bildiruvchi so’z+gacha, -ga dovur, -ga qadar qo’shimchali so’zlar orqali:
Ertalabgacha ko’ziga uyqu kelmadi.
5.Payt bildiruvchi so’z+dan beri, -dan buyon kabilarni olgan so’zlar orqali:
O’n
kundan beri uni ko’rganim yo’q.
6.Ot bilan:
Yoshlikda o’qishning izidan qolmadi.
Payt holi ko’pincha ot
yoki payt ravishi bilan, shuningdek,
son birikmalari bilan
ifodalansa, murakkab payt holi hisoblanadi:
Bundan besh yil ilgari, o’sha kundan
beri, shu yildan boshlab.
4.Sabab holi ish-harakatning bajarilish sababini bildiradi, nimaga? nega? nima
uchun? nima sababdan? nima sababli? so’roqlariga javob bo’ladi
va quyidagicha
ifodalanadi:
1.Sabab ravishi bilan:
Noilojlikdan hamma gapni aytib berdi.
2. –lik, -sizlik, -ganlik qo’shimchali so’z+chiqish kelishigidagi ot bilan:
U
uxlamaganligidan darsda mudrab o’tirardi.
3.Sfatdosh + dan qo’shimchasi orqali:
U muhim topshiriqni bajarganidan xursand
edi.
4. –gani, -ganligi qo’shimchali so’z+ sababli, tufayli, uchun so’zlari orqali:
Yer
sirpanchiq bo’lganligi uchun yurish qiyin edi.
5.Maqsad holi. Ish-harakatning bajarilish maqsadini bildirib, nima uchun?, nima
qilgani?, nima maqsadda?, nega? so’roqlariga javob bo’ladi.
Ular quydagicha
ifodalanadi:
1.Maqsad ravishi bilan:
Qizaloq ataylab antiqa kuyindi.
113
2.Jonalish kelishigidagi harakat nomi bilan:
Kutubxonaga tayyorlanishga ketdi.
3.Harakat nomi + uchun:
Ozgina uxlash uchun ko’zini yumdi.
4.Maqsad ravishdoshi bilan:
Men sizni olib ketgani keldim.
5.Fe’l + uchun, deb so’zlari orqali:
Bu kitobni o’qiyman deb olib kelgan edim.
6.Harakat nomi + maqsadida, maqsadi bilan:
Qoravoy do’stining dom-daragini
surishtirish maqsadida shaharga ketdi.
6.Daraja-miqdor holi ish-harakatning darajasi va
miqdorini bildirib, qancha?,
nechta?, necha marta?, qay darajada?, qanchalab?, nechalik?, qanchalik?, kabi
so’roqlarga javob bo’ladi va quydagicha ifodalanadi:
1.Miqdor ravishi bilan:
Do’stim bu haqida ko’p gapirgandi..
2.Son bilan:
O’quvchi she’rni yetti marta o’qidi.
Dostları ilə paylaş: