Murdaf qofiya. Bobur g'azallarining eng ko'p qismini tashkil etib, ridfli qofiya ham deb ataladi.Bunday qofiya turida raviydan oldin cho'ziq unlilardan biri – ridfi asliy ba'zan esa ridfi zoyid keladi. Boburning 119 g'azalidan 59 tasi shu turdagi qofiya hisoblanadi
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra bo'ldi ro'zgorim ul qaro qoshtin yana.
Bu baytda “bosh”, “qosh” so'zlari o'zaro qofiyadosh bo'lib kelgan. “sh” undoshi raviy “o” esa ridfi asliydir.
Mujarrad qofiya. Bobur g'azallarida yetakchiligi bilan ahamiyatli. Bunday qofiya turida raviy harfi cho'ziq unlidan iborat bo'lishi yoki undosh bilan yakunlanib undan oldin tavjih – qisqa unli kelishi asosiy talab hisoblanadi.
Ul parining tig'idan qo'rqutma meni,ey raqib
Ishqida boshimg'a mening har ne kelsa yo nasib.
Ushbu baytda “raqib”, “nasib” so'zlari qofiyani yuzaga keltirgan. Raviy “b” undoshi bilan yakunlanib undan oldin qisqa “I” unlisi kelgan.
Yoki:
Ko'ngulga bo'ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko'ngluma ermish qaro balo soching.
Bu baytda esa “o” cho'ziq unlisi raviy bo'lib kelgan.
Muqayyad qofiya. Ikkinchi nomi sifatida qaydli qofiyani ko'rsatishimiz mumkin. Muqayyad qofiya forsiy va turkiy tilda u qadar ko'p qo'llanilmagan. Bunga sabab qilib til imkoniyatlari va ohangdor,oynoqilikni yuzaga keltirmasligini ko‘rsatishimiz mumkin. O'zak tarkibiga ko'ra qisqa unlidan so'ng qator undosh keladi. Bobur g'azallarida ham eng kam qo'llangan qofiya turi bo'lib, 119 g'azalidan 1ta 110-g'azali shu turga mansub.
Qo'y,ey oqil, nasihat so'zlarinkim dilpisand ermas,
Mening devona ko'nglumga nasihat sudmand ermas.
Ushbu g'azal aruzning hazaji musammani solim vaznida yaratilgan bo'lib, raviy “d” undoshi hisoblanadi, “a” unlisidan so'ng qator undosh “n” va “d” tovushlari kelgan va mazkur tur aynan shu vaznni talab qilgan.
Dostları ilə paylaş: |