Ombor zararkunandalari, odatda
turli xil oziqlar bilan
oziqlansada, ammo ularda oziq tanlash xususiyati yo’q emas.
Ombor va sholi uzunburun qo’ng’izlari ombordagi bug’doy, arpa,
makkajo’xori zapas (g’aram) lari ichidan birinchi navbatda yirik
va pishgan donlarni tanlab yeydi. Ombor va sholi uzunburun
qo’ng’izidan kam zarar etkazmaydigan
boshqa zararkunandalar
— un kichik mitasi va sariq unxo’r qo’ng’izcha, aksincha,
ko’pincha yorilgan bir chekkasi
uchgan va yarimta donlarni
yeydi. Bu zararkunandalarning, xususan
yosh lichinkalarining
jag’lari zaif bo’lgani sababli ular quruq qalin po’stlining
hammasini yeydi. Natijada chigit pusti mag’iz o’rniga tirik
kanalar, ularning o’limtiklari, lichinkalarining po’stlari va
tezaklari bilan to’lgan bo’ladi.
Un kichik mitasi, ularning
lichinkalari va sariq unxo’r mitalar
ham chigitni shunday
zararlaydi. Buntdagi zararlangan chigitlarni sog’lom chigitlardan
farq qilish oson: zararlangan chigitlar sog’lom: chigitlarga
nisbatan engil bo’ladi, ularning momig’ida unsimon sariqdog’lar
(g’ubor)
ko’rinib
turadi.