Bogcha yoshidagi bolalarning kattalar mehnatiga munosabati


BOLALARDA DIQQATNING RIVOJLANISHI



Yüklə 96,5 Kb.
səhifə3/14
tarix22.12.2023
ölçüsü96,5 Kb.
#189263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bogcha yoshidagi bolalarning kattalar mehnatiga munosabati (1)

BOLALARDA DIQQATNING RIVOJLANISHI
Diqqat inson faoliyatini barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularning samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo‘ladi.
Psixologiya fanida diqqatga har hil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga aktiv (faol) qaratilishiga aytiladi.
P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo‘la oladi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta’sir etadi.
Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi. Bir-ikki haftalik chaqaloqlarda diqqatning xech qanday alomati ko‘pinmasa ham, oradan sal o‘tmay, ya’ni bolaning bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari yaqqol ko‘pina boshlaydi. Demak, bolaning bir oylik davrida uning diqqatini hap turli kuchli qo‘zg‘atuvchilar (qattiq tovush, ortiqcha yorug‘lik kabi) beixtiyor ravishda o‘ziga jalb qila boshlaydi. Ikki - uch oylik bolalar esa, shaqir-shuqurga quloq soladigan (shaqildoklarning tovushiga ovunadigan) bo‘la boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqatlarini yorqin (yaltiroq) rangli narsalar ham beixtiyor jalb qila boshlaydi. Bolaning ko‘z o‘ngidagi narsa qanchalik rang-barang bo‘lsa, bola unga shunchalik ko‘p e’tibor beradi.
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqati nihoyatda beqaror bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Masalan, bolaga yangi o‘yinchoq bersangiz u o‘yinchoqni juda qizikib ko‘pa boshlaydi, Lekin ayni shu paytda yana bir boshqa o‘yinchoqni ko‘rsatsangiz, birinchi o‘yinchoqni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Yasli yoshidagi bolalar diqqatining beqarorligi fiziologiya nuqtai nazaridan ularda hali tormozlanish protsesslarining kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jarayonining keng yoyilib ketishini to‘xtata olmaydi. Ana shuning uchun kichik bolalarning diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga osongina chalg‘ib ketaveradi.
Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‘oyat beqaror bo‘lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog‘liqdir. Bolalarga hamma narsa yangilik bo‘lib tuyulaverganidan ularning diqqatlari bir yoshdagi bolalarda diqqatning ayrim xususiyatlari, ya’ni diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topib, yuksala boshlaydi. Buni biz bolalarning (xususan o‘pta va katta guruh bolalarining) bir ish ustida uzoq vaqt davomida) o‘tira olishlaridan, ba’zi o‘yinlarni zerikmay soatlab o‘ynay olishlaridan, ta’limiy mashg‘ulotlarda chidam bilan o‘tira olishlaridan ko‘rishimiz mumkin, bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg‘ib ketaveradi. Ana shy nuqtai nazardan bola ko‘z o‘ngidagi narsaning o‘zi bolaga juda qiziq tuyulgani uchun ham diqqati chalg‘ib ketadi. Masalan, N.M.Menchinskayaning hikoya qilishicha, Sasha (1 yosh 8 oylik) echki va uning bolalari haqidagi ertakni zo‘p qiziqish bilan tinglaydi. Bo‘pi kelib eshikni taqqillatgani hikoya qilganda, Sasha bo‘pining qanday taqqillatganini ko‘rmokchi bo‘lib, devorga tap-tap etib uradi, lekin ba’zan taqillatishga shy qadap maxliyo bo‘lib ketganidan ertakni tamomila unutib qo‘yadi. Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanligi juda zaif, ko‘lami esa tor bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini faqat ko‘zlariga yaqqol ko‘pinib turgan bir narsaga qapata oladilar, ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chiqib nutqni egallay boshlashi, katta kishilar bilan muomalada bo‘lishdan tashqari, ularning ko‘rsatmalarini bajarish imkoniyatini ham beradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalarga qarashishni imkoniyatlari boricha ularning mehnatlariga aralashishni juda yoqtiradilar. Kattalarning iltimos va topshiriqlarini bajonu-dil ado etadilar. O‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatishga oid oddiy yumushlarni qiziqib bajaradilar, ota-onalarining uy-xo‘jalik ishlarida qarashishga harakat qiladi. Mana shylarning hammasi diqqatni ma’lum darajada to‘plash va muayyan bir maqsadga qaratishni talab etadi. Bu esa bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga asos yaratadi. Bog‘cha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Biroq kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida kun sayin paydo bo‘ladigan yangi-yangi qiziqishlar, o‘yin faoliyatlarining xilma-xil bo‘la borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi.


Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin