.
Intelekt — turmushdagi dalillar urtasidagi o`zaro bog`liqlikni tushunish qobiliyati. Bu qobiliyat belgilan-gan maqsadga erishishga olib boruvchi xarakatlarni ishlab chiqish uchun kerak bo`ladi.
Yuqorida aniqlangan «intelekt» tushunchasidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ya’ni intelekt faqat insonlarga tegishli va odam aqliy qobiliyatining uziga xos ulchovidir. Psixologlar shunday maxsus usullar yaratdilarki, bu usullar yordamida tajriba orali odamning intelektual (aqliy) darajasini aniqlash mumkin bo`ldi. Natijada shu narsa aniqlandiki, intelektning individual darajasi urtasidan surilishi (ORTISHI) odamning fizik imkoniyatlari darajasi kabidir.
Agar urtacha aqliy qobiliyat 100 ball deb qabul qilinsa, u xolda uta qobiliyatli insonlarda bu kursatkich 150, 180, xattoki 200 ballga etish mumkin. Amerikalik shaxmatchi, jaxon eks-chempioni Robert Fisherning bu kursatkichi 187 ball bulgan, XIX asr yarmida yashagan angliyalik mantiqchi Djon Styuart Mill uch yoshidayoq qadimgi yunon tilida gapira olgan va uning kursatkichi 190 ballgacha borgan. Shuni qayd qilish lozimki, evolyutsiya davrida intelekt birmuncha bir tekis, inqilobiy ri- vojlanish davridan toki zamonaviy inson intelekti paydo bulgunga qadar bo`lgan davrni bosib o`tgan.
Intelektning evolyutsion rivojlanishi berilgan bosqichdan birmuncha yuqori printsipial, a’lo darajadagi tashkil toptan bosqichga o`tish bilan davom etadi. Shuning uchun jamiyatning turli rivojlanish bosqichlarida yashagan insonlarning intelektini
bir-biriga solishtirib bo`lmaydi.
Intelektual tizimlarining yaratilishi va ulardan foydalanish.
Intelektual tizimlaridan foydalaniladigan asosiy atamalarni ko’rib chiqamiz: Algoritm - bu rasmiy tadbir bo’lib, u muvofiq qaror olishini kafolatlaydi. Bilimlar bazasi - bu Intelektualtizimining predmetli bilimlarga ega qismi. Dispetcher - bu chiqarish mexanizmining bir qismi, u predmetli bilimlardan qoidalarni qachon va qanday tartibda qo’llashini hal qiladi.
Bilim - bu dasturda foydalaniladigan intellektual axbort.
Interpertator - bu chiqarish mexanizmining bir qismi, u predmetli bilimlarni qanday tartibda qo’llashni hal qiladi.
CHiqarish mexanizmi - bu Intelektualtizimining o’zida vazifani echish jarayonini boshqarish sxemasi haqidagi umumiy ma’lumotlarga ega qismi.
Ishonishlik koeffitsienti - bu ehtimollik yoki ishonchlilik darajasini bildiruvchi son, u bilan ushbu dalilllar va qoidalarni ishonchli deb hisoblash mumkin.
Qoida - bu bilimlar vazifasining AGAR , UNIM ko’rinishidagi rasmiy usuli.
Intelektualtizimi - bu bilimlarga asoslangan usul, unda predmetli bilimlar yaqqol ko’rinishda ko’rib chiqilgan va boshqa bilimlardan ajratilgan.
Evristik - bu predmetli sohada echimlarni qidirishni soddalashtiradigan yoki chegaralaydigan qoidalar.
Freym - bu bilimlarni katak ko’rinishida taqdim etish usuli, unda ob’ektlar kollar, ularning xossalari yoylar bo’ladi.
Slot - bu ob’ekt xususiyatini bayon qilish atributi.
Robastlik - echuvchining ma’lumotlarning, berilgan ishonchliligi chegaralariga yaqinlashgani sari ish sifatini asta-sekin pasaytirish qobiliyati.