Bog`liqlikni


G’oyalarni jamoa generatsiyalash usuli



Yüklə 59,28 Kb.
səhifə4/4
tarix19.06.2023
ölçüsü59,28 Kb.
#132527
1   2   3   4
SoatovMustafo

G’oyalarni jamoa generatsiyalash usuli


Bu usul «g’oyalar jangi» deb nom olgan. Ekspertlar ma’lum sohadagi muammoni hal qilishida jamoa bo’lib harakat qiladilar. CHunki bitta ekspertning g’oyasi bilan ekspertiza jarayonini amalga oshirsh, o’nglab bo’lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasida etishtiriladigan paxta tolasining bahosi Liverpul (Angliya) paxta birjasida (Liverpool Cotton Exchange) belgilanadi. Ushbu birjada 1 tonna paxta bahosini belgilash uchun maxsus ekspertlar tolaning barcha xarakteristikalari bo’yicha ekspertizadan o’tkazadilar hamda Shunga mos keluvchi narxni belgilaydi. Yana Shuni aytish lozimki, respublikamizda yetishtirilayotgan tolaning bahosiga 40 ga yaqin omillar ta’sir ko’rsatadi. Masalan, Shunday omillardan eng ahamiyatlisi, Xitoy Xalq Respublikasida paxta etishtirish va uning zahiralari miqdori. Ushbu omillarni ekspertlar yaxShi o’rganib chiqib paxtaning haqiqiy bahosini belgilashlari mumkin bo’ladi.
G`oyalarni jamoa generatsiyalash usuli yuzma-yuz so’rov usuli bo’lib XX asrning 50-chi yillarida kashf etilgan. Dastlab 10-15 kishidan iborat guruh tuziladi. TayYorgarlik jarayonida ekspertlarga eslatma tayYorlanadi va unda muammoli holatlar, markaziy masalalar, muhokama savollari va oldindan g’oyalarni o’ylab qo’yish so’raladi.
Yig’ilishni o’tkazish uchun rais saylanadi. U yig’ilishni ochadi. Ekspertlarga o’z fikrlarini bayon etishlari uchun 2-3 minut ajratiladi va u bir necha gal takrorlanadi. Bu usulda tanqidiy fikrlar ijobiy muhokama qilinadi.
Muhokama jarayoni stenogramma qilinadi. Muhokamaga 20-45 minut ajratiladi.
Keyingi bosqichda seans natijalari boshqa mutaxassislar guruhi tomonidan
qayta ishlanadi. Bu bosqichda jami g’oyalar tanqid etiladi va g’oyalar, takliflarning so’nggi ro’yxati tuziladi. Bu ro’yxatga samarali va amaliy g’oyalar kiritiladi.

Tizimlarni bashoratlashda korrelyatsion va regression tahlil usullarini qo’llash


Umumlashgan katta sonni tahlil qilish va konkret kuzatishda u yoki bu qonuniyatlarni aniqlash zaruriyatligi ko’pgina iqtisodiy tadqiqotlarning xarakterli xususiyati hisoblanadi. Real borliqda hech bir iqtisodiy zaruriyat bevosita sof holda namoyon bo’lmaydi.
Bir qiymatni o’zgartirish boshqasining o’rtacha qiymatining o’zgarishiga olib keladigan hollarda bog’lanishni o’rganish katta qiziqish uyg’otadi. Mana Shunday bog’lanishga korrelyatsion bog’lanish deyiladi. Korrelyatsiyani tahlil qilishdan maqsad, hodisalar o’rtasidagi bog’lanishning zichligini o’rganishdir. Bog’lanishlar o’z mohiyatiga ko’ra sodda va murakkab bo’lishi mumkin. Ijtimoiy hodisalar, Shu jumladan, iqtisodiy hodisalar odatda murakkab bog’lanishga ega bo’ladi.
Korrelyatsion tahlil hodisalar o’rtasidagi bog’lanishni aniqlaydigan usullardan biri hisoblanadi. Lekin faqat korrelyatsion tahlil bog’lanishning zichligi haqida oddiy baho bera oladi. Bu holat iqtisodiy tadqiqotlarda korrelyatsion tahlilni keng qo’llash imkoniyatini beradi. Korrelyatsion tahlil haqida gapirganda regression tahlilni unutmaslik kerak. Regression tahlil hodisalar o’rtasidagi bog’lanishning statistik tahlil usuli bo’lib, bog’lanish Shakllarini tahlil qiladi. Regression tahlil natijalari regressiya tenglamalari va koeffitsientlarida sifat ifodasiga ega bo’ladi.
Korrelyatsion va regression tahlilning samaradorligi ko’pgina iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Korrelyatsion va regression tahlil qilishdan oldin o’rganilayotgan hodisalar o’rtasida bog’lanish har tomonlama sinchiklab tahlil qilinishi lozim. Haqiqatan ham bog’lanish mavjud bo’lsa, korrelyatsion va regression tahlil usulidan foydalanish hamda real ahamiyatga ega bo’lgan natijalarni olish mumkin bo’ladi.
Korrelyatsion bog’lanishlar tasnifi quyidagi rasmda keltirilgan.

Korrelyatsion bog’lanishlar tasnifi


Korrelyatsion tahlilning birinchi vazifasi, korrelyatsion bog’lanish Shakllarini, ya’ni regressiya funktsiyasi ko’rinishlarini (chiziqli, darajali, logarifmik va boshqalar) aniqlashdan iborat. Bog’lanish Shakllarini tanlash regression tahlil va tanlanayotgan funktsiya haqidagi ma’lum gipotezalarni ishlab chiqish hamda tahlil qilishdan boshlanadi. Regressiyalarni tenglashtirish korrelyatsion modellarning tarkibiy qismi bo’lib, uni to’g’ri tanlay bilish, modellashtirishning eng mas’uliyatli bosqichi hisoblanadi. Tahlil vaqtida garchi ba’zi bir tanlangan Shakllarning to’g’riligini baholashning ba’zi bir usullari ishlab chiqilgan bo’lsa ham, bog’lanish Shaklini tanlay olish juda muhim hisoblanadi. Iqtisodiy hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarning murakkabligi ko’pincha mavjud hodisalar butun kompleksini tahlili bilan qamrab olish mumkin bo’lmagan holatni keltirib chiqaradi. Regressiyalarni konkret tenglashtirish har doim ma’lum darajada abstraktlash asosida quriladi. Regressiya tenglamalarini qurish hodisalar o’rtasidagi bog’lanish konkret Shaklini aniqlashda gipotetik eksperiment hisoblanadi.
P







Yüklə 59,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin