Бойсун туман ҳокимлиги томонидан


Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari



Yüklə 365 Kb.
səhifə11/16
tarix02.02.2022
ölçüsü365 Kb.
#51976
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Устав ва Пед кенгаш36

6.6. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari:

6.6.1. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari maktab direktorining tavsiyasiga ko’ra Boysun tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limining mudiri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo’shatiladi.

6 .6.2. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari maktab direktori bilan hamkorlikda maktabdagi o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o’quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlaydi, o’quv ishi bo’yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta’lim bo’yicha ishni tashkillashtiradi.

6.6.3. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysunadi.

6.6.4. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosariga bevosita: (1) o’qituvchilar, (2) o’quvchilar, (3) laboratoriya xodimlari bo’ysunadi.

6.6.5. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:

Pedagoglar jamoasining faoliyati kundalik va istiqbol rejalashtirilishini tashkil etadi.

O’qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o’quv rejalarini va dasturlarini bajarish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.

Zaruriy o’quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.

Ta’lim jarayonining sifatini va o’quvchilarning ta’limiy tayyorgarlik natijalari ob’ektiv ravishda baholanishini, to’garakalar va fakultativlar ishini muntazam nazorat qiladi; maktab pedagog xodimlari tomonidan o’tkazilayotgan darslar va o’quv mashg’ulotlarining boshqa turlariga tashrif buyuradi (o’quv yili davomida kamida 180 soat), ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalarini pedagoglarga ma’lum qiladi.

Imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish ishlarini tashkil etadi.

Ota-onalar uchun ma’rifat ishlarini tashkil etadi, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalarni (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi.

Pedagog xodimlarga yangi (innovastion) dasturlar va pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi;

O’quv mashg’ulotlari va ta’lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo’q bo’lgan o’qituvchilarning darslari sifatli va o’z vaqtida almashtirilishini ta’minlaydi, qoldirilgan va boshqa o’qituvchi o’rniga o’tilgan darslarni qayd qilish jurnalini yuritadi.

Belgilangan hisobot hujjatlari o’z vaqtida tuzilishini ta’minlaydi, pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa hujjatlar to’g’ri va o’z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi.

Pedagog kadrlarni saralash va joy-joyiga qo’yishda ishtirok etadi, ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etadi; uslubiy birlashmalar ishiga rahbarlik qiladi, o’z malakasini oshiradi.

Maktab pedagog va boshqa xodimlarini attestastiyadan o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishda ishtirok etadi; pedagoglar va o’quv-tarbiya xodimlar tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va maktab direktoriga topshiradi.

Direktorning ma’muriy-xo’jalik ishlar bo’yicha o’rinbosari ishtirokida o’quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni pasportlashtirish o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishini tashkil etadi.

Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’riqnomalar hamda amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarda xavfsizlik texnikasi bo’yicha bo’limlar ishlab chiqilishini va vaqti-vaqti bilan kamida 5 yilda 1 marta qayta ko’rib chiqilishini tashkil etadi.

Direktorning tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari bilan hamkorlikda yo’l harakati, suvda va ko’cha-ko’yda o’zini tutish, yong’in xavfsizligi qoidalarini o’rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi, o’quvchilar bilimlarini tekshiruvdan o’tkazishni amalga oshiradi.

Kasaba qo’mitasi bilan hamkorlikda o’quv asboblari va jihozlari, kimyoviy reaktivlar, ko’rgazmali qurollar, maktab mebelidan foydalanish va saqlash xavfsizligining ma’muriy-jamoa nazoratini amalga oshiradi.

Namunaviy ro’yxatlarda nazarda tutilmagan, shu jumladan tegishli ruxsatnoma-dalolatnomasiz ustaxonalarda, o’quv xonalari va boshqa xonalarda o’rnatilgan yasama kimyoviy reaktivlar, o’quv jihozlari va asboblarlarni olib qo’yish choralarini o’z vaqtida ko’radi, ta’lim muassasasi xonalarida xodimlar va o’quvchilarning sog’lig’i uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta’lim jarayonini to’xtatib turadi.

Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamiyatdagi o’rniga munosib bo’lgan ahloqiy me’yorlarga amal qiladi.


Yüklə 365 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin