6.7. Maktab direktorining ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari:
6.7.1 Maktab direktorining ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari direktorining taqdimotiga ko’ra Boysun tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limining mudiri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan olinadi.
6.7.2. Maktab direktorining ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari o’quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishni tashkil qiladi, tarbiyaviy jarayon yuzasidan umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, aniq bir tadbirlar o’tkazilganida o’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi me’yorlariga va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, mahalla qo’mitasi va boshqa maktabdan tashqari tashkilotlar bilan hamkorlikda rahbarlik qiladi.
6.7.3. Maktab direktorining ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysunadi.
6.7.4. Maktab direktorining ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosariga bevosita: (1) sinf rahbarlari, (2) o’quvchilar, (3) sardorlar, (4) qo’shimcha ta’lim pedagoglari bo’ysunadi.
6.7.5. Maktab direktorining ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
O’quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ish bo’yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o’tkazilishini tashkil etadi.
Maktabdan tashqari tashkilotlar: mahalla qo’mitasi va shu kabi boshqa tashkilotlar bilan olib boriladigan ishlar rejasi tuzilishini tashkil etadi.
Tarbiyachilar, sinf rahbarlari, katta sardor va bevosita ushbu direktor o’rinbosariga bo’ysunuvchi boshqa xodimlarning ishini muvofiqlashtiradi.
Muntazam ravishda tarbiyaviy jarayon sifatini, to’garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlar o’tkazilishini nazorat qiladi; sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tadbirlarga, to’garaklar mashg’ulotlariga (o’quv yili davomida kamida 180 soat) qatnaydi, ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalaridan pedagoglarni xabardor qiladi.
Tarbiyaviy jarayonni tashkil etish masalalari bo’yicha ota-onalarni (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi.
M aktab direktorining o’quv-tarbiyaviy ish bo’yicha o’rinbosari bilan hamkorlikda tarbiyaviy va madaniy-bo’sh vaqt faoliyati bo’yicha mashg’ulotlar javdallarini tuzadi; vaqtinchalik yo’q bo’lgan xodimlarning o’rniga darslar o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishini ta’minlaydi.
Maktab bo’yicha belgilangan hisobot hujjatlari, shuningdek bevosita o’ziga bo’ysunadigan xodimlar tomonidan tegishli hujjatlar tuzilishini ta’minlaydi.
O’quvchilar jamoalariga madaniy-oqartuv va sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazishda yordam beradi, to’garaklarda va h.k.larda o’quvchilar kontingentini saqlash choralarini ko’radi, maktabni o’quvchilar bilan to’ldirishda ishtirok etadi.
Maktab pedagog va boshqa xodimlarini tayyorlashda va ularni attestastiyadan o’tkazishda ishtirok etadi.
Sinf rahbarlari va bevosita ushbu direktor o’rinbosariga bo’ysunadigan xodimlar tomonidan ularning zimmasiga yuklangan tarbiyaviy ishni tashkil etish bo’yicha vazifalar bajarilishini, o’quvchilarning ixtiyoriy jamoatchilik uchun foydali mehnatini mehnatni muhofaza qilish me’yorlari va qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ta’minlaydi.
Sinf rahbarlari, guruhlar, to’garaklar va sport sekstiyalari rahbarlariga safarlar, ekskursiyalar, ishlab chiqarish va jamoatchilik uchun foydali mehnatni va h.k.larni tashkil etishda, shu jumladan o’quvchilar mehnati muhofaza qilinishini ta’minlash, jarohatlanishni va boshqa baxtsiz hodisalarni oldini olish masalalarida uslubiy yordam beradi,
Tarbiyaviy tadbirlar va ta’lim muassasasidan tashqari o’quvchilar bilan ish olib borishda sanitariya-gigiena me’yorlari va talablari, mehnatni muhofaza qilish va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi va ular bajarilishi uchun tegishli choralar ko’radi.
O’quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar bilan) ko’chada, suvda va h.k.larda sodir bo’ladigan jarohatlanishni, YTH, baxtsiz hodisalarni oldini olish bo’yicha tadbirlarni tashkil etadi; ota-onalarni o’quvchilar bilan tarbiyaviy ish olib borishga jalb etishni tashkil etadi, majmuaviy tarbiyalash tizimi yaratilishiga ko’maklashadi.
Maktabdan tashqari tarbiya bo’yicha hamkorlikda faoliyat yuritish uchun maktab bilan bolalar qo’shimcha ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni bog’laydi va qo’llab-quvvatlaydi.
Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamoatdagi o’rniga munosib ahloq me’yorlariga amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: |