Bunga albatta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim malakalarni singdirish mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi. Odam shaxsini shakllantirish bu tevarak-atrofdagi dunyoga, tabiatga, mehnatga, boshqa odamlarga va uziga munosabat sistemasini izchil o’zgartirish va murakkablashtirishdir. Bu uning butun hayoti davomida ro’y beradi. Bunda bolalik va o’smirlik yoshi ayniqsa muhimdir. Odamning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniy va ma’naviy kuchlari birligida har tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi. Dunyoqarash, e’tiqod, ma’naviy sifatlar, his-tuyg’ular (burch, vijdon, mas’uliyat, muhabbat) madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta’sir, etadi. Psixologiya va pedagogika odan shaxsi faoliyati va muomalada shakllanadi hamda rivojlanadi, deb ta’kidlaydi. Shaxsning yetakchi xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta’sir natijasida rivojlanadi. Shaxsning ma’naviy mazmuni — bu shaxsning o’z ichki ishining yakuni bo’lib, bu jarayonda tashqi ta’sirlar qayta ishlanadi va o’zlashtiriladi. Odamning rivojlanishi — bu miqdor va sifat o’zgarishi, eskining yuk bo’lishi va yangining vujudga kelishi jarayoni bo’lib, uning manbai va harakatlantiruvchi kuchlari shaxsning ham tabiiy, ham ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o’zaro aloqasida yashiringandir. http://fayllar.org