M: kattalarning bolalar bilan bo’ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki xarakat va tasavvurlar, tasurotlar shakllana boshlaydi. Xarakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog’liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo’ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan xarakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar. Mana shu yo’l bilan bola buyumlar bilan bo’ladigan faoliyatning o’ziga xos tomonlarini egallab boradi. 2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo’ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko’rsatkichlarga erishadilar va ularning o’yin hamda tasviriy faoliyatga o’tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o’z-o’zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi. Mashg’ulotlardagi o’quv faoliyati orqali bolalar tevarak atrofidagi tabiat to’g’risidagi, ijtimoiy hayot, kishilar to’g’risidagi bilimlarni o’zlashtirib oladilar. Shuningdek ularning aqliy va amaliy bilimlari kengayib boradi. Agar ta’lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar tug’risidagi konkret faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta’lim berishda asosiy e’tibor muhim bog’liqliklar va munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o’qish asosiy faoliyat bo’lib qoladi va bu faoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb anglay boshlaydilar. Bola o’zini maktab o’quvchisi deb tushuna boshlaydi. Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat yetakchi rol’ o’ynaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya muassasalarida va oilada bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug’ullana oladigan qilib tashkil etish kerak.