Bola shaxsi, vazifalari”


Oila mustahkaligiga to‘siq bo‘luvchi inqirozlar va ularning oqibatlari



Yüklə 43,1 Kb.
səhifə5/10
tarix29.01.2023
ölçüsü43,1 Kb.
#81578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan “Bola shaxsi, vazifalari”

Oila mustahkaligiga to‘siq bo‘luvchi inqirozlar va ularning oqibatlari


Afsuski, barcha oila ham ota-ona va ular dunyoga keltirgan farzandlar bilan to’liq bo’lavermaydi. Taqdir taqozosi bilan ayrim oilalarda nizolar kelib chiqadi va uning oqibati sifatida nikoh barbod bo’ladi. Olimlar nikohning barbod bo’lishini o’rganib, uning sabablari turlicha bo’lishi mumkinligi to’g’risida o’z nazariy qarashlarini bayon etganlar.
Masalan, ayrim psixologlar ajrimlarni “turtki” konsepsiyasi orqali tushuntirishga urinadilar. Ya‟ni, yaxshi tinch-totuv yashayotgan oilada birdan shunday holat yuz beradiki, masalan, xiyonat, o’lim, xastalik, rashk va shunga o’xshash voqealar turki
bo’ldiyu, oila ustuni qulaydi. Aslida hayotda qo’qqisdan shunday bir silkinish yoki turtki bilan oila birdan buzilib ketishi kam uchraydi.
Yana bir holat olimlar fikricha, “orqaga ketish” deb nomlanadi. Bu shunday holatki, unga ko’ra, er va xotinni yaxshi, iliq munosabatlar bog’lab turgan, lekin aynan muhabbat birdan sovib, er-xotin bir-birini ko’rsa g’ashi keladigan, gaplari yoqmaydigan, nizokash bo’lib qoladi. Bunday voqealar hayotda tez-tez uchraydi.
Sababi – birdan yongan olov, ya‟ni, muhabbat, ma‟lum vaqt o’tgach o’chishi, so’nib qolishi mumkin.
Shu kabi holatlar va undan boshqa sabablar tufayli oila ajrimlarining sodir bo’lishi barcha zamonlar va davrlarda ham kuzatilgan. Faqat nikohning barbod bo’lishi shakllari va sabablarida har bir davrda o’ziga xos asoslar bo’lgan deyish mumkin.
Masalan, Sharq mamlakatlarida qadimdan nikohning barbod bo’lishi eng kam uchraydi, deb hisoblab kelingan. Chunki oila institutining poydevori mustahkam bo’lishiga ajdodlarimiz qayg’urganlar. Yetti pushtini surishtirish, sovchilik instituti orqali bir-biriga mos keladigan yoshlarning taqdirini bog’lash, hattoki, uzoq qarindoshlar o’rtasidagi nikohlar, ya‟ni, oldindan bir-birlarini bilgan odamlarning o’zaro kelishuvi, mehr va muhabbat rishtalari orqali oila qurish o’zbekchilikka xos odatlar sifatida qadrlangan va ta‟kidlab o’tilgan nikoh motivlarining barchasida oqilona fikr yuritish, yoshlar va ular ota-onalarining “etti o’lchab bir kesishi” oilaning mustahkam bo’lishi uchun zamin hisoblangan.
Nikoh ajrimlariga kelsak, bunday holat Sharq xalqlarida ham, bizda ham sodir bo’lgan. Eski manbalarda nikoh ajrimiga sabab bo’lgan omillar sifatida avvalo, er yoki xotinda to’ydan keyin aniqlangan nasliy xastaliklar, ko’p holatlarda erkak kishining, ayrim holatlarda ayolning boshqa inson bilan “til” topishib ketishi, boobro’ va mansabdor shaxsning kelinchakni yoqtirib qolishi va zo’rlik bilan eski oilani buzishga majbur qilishlar, farzandsizlik, ayolning bepushtligi sabab erkakning xotinni taloq qilishi, iqtisodiy nochor yosh oilaning o’z ro’zg’orini yurita olmaganligidan ayolning boshqa odamga turmushga chiqishga majbur bo’lib qolishi kabi sabablar qayd etilgan.
Muhimi shunki, nikohning barbod bo’lishidagi tashabbus asosan erkak kishining qo’lida bo’lgan. Agar u xohlasagina nikoh barbod bo’lgan. Agar mabodo ayol tashabbus
ko’rsatsa, u qattiq jazolangan, jamoatchilik uni qoralagan, hattoki, tosh bo’ron qilinganligi to’g’risida qadimgi tarixdan, eski kinofilmlardan ma‟lum.
Boshqa xalqlarda ham o’ziga xos an‟analar mavjud bo’lgan. Masalan, qadimgi Xitoyda nikoh ajrimiga olib keladigan sabablarga erning ota-onasi ra‟yiga qaramaslik, ularga kelinning gap qaytarishi, betga choparlik, bepushtlik, mahmadonalik, bedavo xastalik, rashk kabilar kirgan. Lekin yuqoridagi holatlar bo’lsa-yu, ayol erining ota- onasiga aza tutayotgan bo’lsa yoki u chin yetim bo’lsa, eri uni baribir uydan xaydab yubora olmagan.
Qadimgi Gretsiyada esa nikoh ajrimini sodir etish ancha yengil bo’lgan. Er guvohlar oldida xotiniga u bilan ortiq yashay olmasligini, nikohi buzilganligini aytgan, ayol barcha sep-suriqlarini yig’ishtirib, o’z ota-onasining oilasiga qaytib ketavergan. Sarpo suriqlar, ayolga tegishli barcha narsalarning unga berilishi majbur hisoblangan, hattoki, ajrimning sababi ayolning xiyonati bo’lgan taqdirda ham mol-mulk, ziynatlar ayolga berilavergan. Lekin ayol eri bilan yashashni xohlamay qolgan holatlarda uning ajrim olishi mushkulroq bo’lgan, bunday paytlarda xotin shahar xokimiga yozma ravishda rasmiy murojaat qilishi, va ular qaror qabul qilishi lozim bo’lgan. Bunday hollarda kim aybdor deb topilishidan qat‟iy nazar, bolalar otasi bilan qoldirilgan.
Rimliklarda ham ajrimlar ilgaridan odatiy holday qaralgan. Tarixdan ma‟lumki, shoir Ovidiy va tarixchi Pliniy uch marta uylanganlar, Yuliy Sezar va Antoniy esa to’rttadan xotinga ega bo’lganlar. Bu kabi tarixiy hodisalar manbalarda, tarixiy filmlarda yaxshi aks ettirilgan.
Qadimgi Hindistonda esa nikoh oddiygina fuqarolar ittifoqi emas, ilohiy ittifoq sifatida qaralib, nikoh rishtalarining buzilishi nihoyatda g’ayritabiiy holat deb baholangan. Nikohning buzilishi faqat er tashabbusi va ayolning katta gunohi tufayli ro’y berishi mumkin bo’lgan.
Eramizgacha bo’lgan ikki mingliklardan qolgan manbalarda ko’rsatilishicha, “sakkiz yil mobaynida bola tug’magan ayol boshqasiga almashtirilishi mumkin, o’lik bola tuqqan – o’ninchi yili, faqat qiz bolalarni tug’adigani – o’n birinchi yili, urushqoq, beadabi esa o’sha zahoti er tomonidan qo’yib yuborilishi mumkin” bo’lgan.
Keyinchalik hindlar ham ajrimlar siyosatini qayta ko’rib chiqib, endi nikoh quyidagi holatlarda ham barbod bo’lishi qayd etilgan: agar ayol erining barcha boyliklarini isrof qilish, noo’rin ishlatgan bo’lsa, abort yo’li bilan farzandini yo’qotgan bo’lsa va erining hayotiga suiqasd qilgan bo’lsa. Ayol esa faqat ikki holatda eridan ajrim talab qilish huquqiga ega bo’lgan: eri bepusht bo’lib, o’z erlik vazifasini bajara olmay qolgan bo’lsa va sodir etgan gunohi uchun uni qavmdan chiqarib yuborilgan bo’lsa.
Shunga o’xshash nikoning barbod bo’lishi shakllari ham, uning motivlari ham turfa xil. Ko’pgina xalqlarda ajrimlarning motivi sifatida er-xotin xiyonati qayd etiladi. Shunisi xarakterliki, erkaklarning xiyonatidan ko’ra ayolning xiyonati barcha madaniyatlarda ham qattiqroq qoralanadi, chunki buning asosiy sababi – xiyonatkor ayol boshqa erkak bilan uchrashib yurib, undan homilador bo’lib qolishi va nikohsiz begona bolaning tug’ilishiga sababchi bo’lib qolishi mumkin. Ya‟ni, bunda nafaqat oilaning balki yangi tug’ilgan bolaning manfaati jiddiy zarar ko’radi, chunki bu bolada kimning haqi borligi, kimning mol-mulkiga u voris bo’la olishi masalasi o’ylantiradi.
Lekin er-xotinning xiyonatiga befarq qaraydigan xalqlar ham Yer yuzida topiladi. Masalan, Afrikadagi dinka qabilasida er agar xotini uning nazarida nodonroq bo’lsa ham, bemazaroq ovqat pishirsa ham u bilan ajrashib ketaveradi. Erkakning begona ayol bilan “don olishib yurishi” hech kimni qiziqtirmaydi, hattoki, qonuniy xotini ham bunga unchalik ahamiyat bermaydi. Shu kabi Assama orolida yashaydigan qabila ham ajrashishda bir-birining quyi yoki yuqori tabaqadan ekanligiga qarab qaror chiqaradi. Masalan, agar ayol yuqori tabaqa oila vakilasi bo’lsa, u nikohni bekor qilish va boshqa erkak bilan yashab ketaverish huquqiga ega bo’ladi.
Albatta, musulmon xalqlarida oila qanchalik qadrlansa, taloq yoki ajralish holatlari shunchalik tahqirlangan. Shu nuqtai nazardan musulmon olamida o’ziga xos shariyat qonunlari ishlab chiqilgan bo’lib, ular asrlar osha oila-nikoh munosabatlarini tartibga solishda muhim omil bo’lgan.
Qur‟oni-Karimning qator suralarida, jumladan, uning “Baqara” surasida er va xotinning o’zaro insoniy va mulkiy munosabatlari, farzandni dunyoga keltirish va uni voyaga yetkazishda ota-onalik mas‟uliyati va burchlari bayon etilgan. Unda “taloq”ning
Alloh tomonidan buyurilgan, lekin uning o’ziga eng noma‟qul bo’lgan amaldan ekanligi ta‟kidlangan.
Demak, musulmonchilikda oilaning buzilishi “qush inining buzilishi” kabi yomon, noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi omil sifatida qaraladi. Musulmon qoidalariga ko’ra ayolning nikoh ajrimining tashabbuskori bo’lishlik qoralanadi, lekin vaziyat talab qilganda ayol o’z haq-huquqlarini talab chilmagan holad erining uyidan ketishi mumkin.
Erkak esa agar bilmay “Taloq” so’zini ishlatib qo’ygan bo’lsa, o’z ayoliga qayta uchinichi martagacha uylanishi mumkin, lekin uch martadan keyin uning yana uylanishi qat‟iyat man etiladi. Tabiiy, hozirgi sharoitda huquqiy davlat qurish sharoitida bunday shar‟iy qoidalarga emas, amaldagi qonunlarga ko’ra ajrim holatlarini muvofiqlashtiriladi. Uning qoidalari O’zbekiston Respublikasining “Oila Kodeksi”ning “Nikohning tugatilishi” deb nomlangan 7 bobning 37-48 moddalri hamda “Nikohdan ajralishni qayd etish” deb nomlangan 26 bobning 218222 moddalari bilan tartibga solingan.
Rossiyada o’tkazilgan oxirgi tadqiqotlarda nikoh ajrimlarining asosiy sabalari sifatida quyidagilar qayd etilmoqda(turli yoshli so’raluvchilarning jami soniga nisbatan foiz hisobida):
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin