Bola shaxsi, vazifalari”



Yüklə 43,1 Kb.
səhifə9/10
tarix29.01.2023
ölçüsü43,1 Kb.
#81578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan “Bola shaxsi, vazifalari”

Ikkinchi farzand (yoki o‘rtancha) odatda kattalarga tobe, o’zgalar ko’magiga
muhtoj, adolatsizlik, xaqsizliklar va qattiqlikka chidamsiz, boshqalarning munosabatlarini injiqlik bilan qabul qiladigan bo’lib o’sadi. U akasi yoki opasiga qarab, uning soyasida
ayyorroq, epsizroq bo’lib ko’rinadi, chunki tug’ilganidan yonida undan kattalar borligiga u ko’nikib boradi. O’rtancha farzandlardan yaxshi san‟atkorlar, sportchilar, diplomatlar, odamlar bilan ishlashga ustasi farang rahbarlar yetishib chiqishi ham mumkin.
Kichik farzand umrining oxirigacha o’zini kichikman, deb his qilishga moyil bo’ladi, uni hech kim hafa qilishi mumkin emas. Hamisha g’amxo’rlik og’ushida bo’lgan kichkintoy, kelajakda ham hamma yerda o’zini muhofazada, xavfsizlikda his etishga moyil bo’ladi va buni o’zgalardan talab ham qiladi. Ularning kayfiyati ko’pincha yaxshi bo’lib, yon-atrofidagilar bilan yaxshi muomalaga kirisha oladi. Odatda kichik farzandda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi kuchli, raqobatbardoshlik talab etilgan sharoitda u chidamliroq bo’ladi. Afsuski, ularning nikoh borasida omadlari kamroq bo’lishi kuzatilgan, oilada kichik farzand bo’lganlar salga ajralishni o’ylaydi, chunki ulardan yaxshi vafodor, chidamli er yoki xotin chiqmaydi. Shu bois, turmush qurishga ham unchalik shoshmaydi, chunki o’ziga mas‟uliyatni olishni yoqtirmaydi.

UMUMIY XULOSALAR


Kurs ishi mavzusiga oid manbalar natijalariga ko’ra quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:

  1. Har bir yilning bir-biri bilan bog’liq holda nomlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Ushbu yillar orasida “Oila yili”, “Sog’lom avlod yili”, “Sihat salomatlik yili”, “Ijtimoiy himoya yili”, “Barkamol avlod yili”ning dasturlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirlarning bosh g’oyasi mazmunida xalqimiz, Vatanimizning ravnaqi, oilalarning baxtli hayoti mujassamdir. Bu ishlarning zamirida xalq farovonligi, oila totuvligi, oilaviy munosabatlarning ijobiy qaror topishi singari hayotiy ko’nikmalar yotadi.

  2. O’zbek oilasi qadimdan ezgulik va sadoqat, ahillik va poklik timsoli bo’lib shakllangan va bugungi kungacha xalqimiz bu an‟anani muqaddas saqlagan holda asrlar silsilasidan o’ta oladi. O’zbek oilasida an‟anaviy tarbiya hamisha bosh mezon bo’lib kelgan va undagi ma‟naviy muhit muhim o’rin tutadi. Shaxs ma‟naviyati, uning dunyoqarashi, tasavvur va e‟tiqodiga oid ko’nikmalar asosan oila sharoitida shakllanadi. Oila ibrat maktabi, tarbiya va ma‟naviyat o’chog’i, g’oyaviy tarbiyaning omilidir.

  3. Oilada ma‟naviy tarbiyani shakllantirishda ota-onaning vazifalari keyingi kichik mavzudan joy olgan bo’lib, jamiyat uchun zarur hisoblangan farzandlarni ruhan va jismonan sog’lom qilib voyaga yetkazish ota-onaning nafaqat shaxsiy ishi, balki ijtimoiy burchi ekanligi ta‟kidlanadi.

  4. Oilada sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, bilimli, aql-zakovatli, uddaburon, zukko, ruhan va ma‟naviy barkamol insonni voyaga yetkazish, shuningdek, oila an‟analarini, shajarasini davomiyligini ta‟minlash, farzandni bo’sh vaqtini unumli o’tkazish, giyohvandlik maishiy nopoklik, axloqsizlik kabi illatlarga yo’l qo’ymaslik borasidagi fikrlar mavzuning ikkinchi kichik bobida bayon qilingan.

  5. Oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish orqali yoshlarni milliy vatanparvarlik, isnosnlarparvarlik g’oyalariga, umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishi ta‟kidlangan.

  6. Oiladagi ma‟naviy muhitni shakllantirishdagi muhim omillardan yana biri mahallada tashkil etiladigan tadbirlarda, yaxshilik va og’ir kunlarda mahalladoshlar orasida bo’ladigan oqibatli ishlardan farzandlarni ogoh etish va ularning yoshlariga va jinslariga qarab tadbirlarda ishtirok etishlarini ta‟minlashdan iboratdir. Umuman olganda o’zbek oilasi hamisha ma‟naviy tarbiyaga alohida e’tibor berilgan holda odob doirasidagi ko’rinishlarda tarbiya mezoniga tayanadi. O’zbek oilasida ma‟naviy tarbiyani shaklantirish va unga alohida e‟tibor berish haisha bosh vazifa bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.

  7. Ota-onalik maqomiga aloqador munosabatlarni tashqarida boshqalarga ham qo’llashga ko’nikib boradi. Shuning uchun to’ng’ichlarda kirishimlilik, kichiklarga g’amxo’rlik, mustaqil qarorlar qabul qilishga, mas‟uliyatni bo’yniga olish va liderlikka moyillik rivojlanib boradi.

Yüklə 43,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin