Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


samaradorligini va rivojlanishi taraqqiyotining baholanishini o„tkazish muddatlari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə66/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

samaradorligini va rivojlanishi taraqqiyotining baholanishini o„tkazish muddatlari
Bola rivojlanishi xaritasini to‘ldirish uchun o‘z ichiga uchta siklni - dastlabki (o‘quv yili boshidagi), oraliq va yakuniy kuzatishlarni oluvchi kuzatish amalga oshiriladi.
Dastlabki kuzatish o‘quv yili boshida - taxminan sentyabr oyi davomida o‘tkaziladi. Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, shu vaqtga kelib uning yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi o‘z diqqatini ta’lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud muammolarga qaratadi, bolaning qaysi sifatlarini qo‘llab-quvvatlash kerakligini, har bir bola uchun qaysi vazifalar dolzarb ekanligini aniqlaydi. Bundan so‘ng berilgan vaqt davomida bolaning yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanishi xaritasini to‘ldiradi.

  1. “Ilm yo‘li” Variativ dasturiga 13-ilova, «Bolaning maktabga tayyorlik xaritasi».

Oraliq kuzatish yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar oylari) ohkaziladi. Bu kuzatishning maqsadi bo‘lib bolaga nisbatan tanlab olingan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilash sanaladi. Mazkur kuzatish natijalari bo‘yicha tarbiyachi boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda zarur vaziyatlarda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O„quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatishni o‘tkazadi. Yakuniy kuzatish asosida belgilangan vazifalar qanchalik bajarilganiligi baholanadi, mazkur bolaning rivojlanishida kutilayotgan natijalarni hisobga olish bilan pedagogik jarayonning kelgusi maqsadlari belgilanadi/to‘liq kunlik qatnash guruhida ishtirok etishni hisobga oilsh bilan yozgi davr uchun individual ishni olib borish belgilanadi.
Kuzatishni o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga rioya qilish tavsiya qilinadi:

  • kuzatish bola uchun odatiy vaziyatlarda amalga oshiriladi va bolaga yordam ko‘rstishga yo‘naltiriladi;

  • kuzatish bolaning rivojlanishi haqida yanada ob’ektiv tasavvur yuzaga kelishi uchun ikki haftadan kam bo‘lmagan (yoki bir oy davomida) tarzda o‘tkaziladi;

  • tarbiyachi bola haqidagi axborotlarni ota-onalar va tashkilotining boshqa xodimlari bilan bo‘lgan suhbatlardan ham olishi mumkin;

- tarbiyachi bolaning moyilliklariga, qiziqishlariga, uning muloqotdagi va bilishdagi o‘ziga xosliklariga o‘z diqqatini qaratishi lozim.
O‘quv yili yakunida tarbiyachi bolalar tomonidan o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasi haqida yakuniy pedagogik kengashga hisobot yozdai va bolalar bilan kerakli natijaga erishilmagan ko‘rsatkichlarda to‘xtalib o‘tadi, buning bajarilmasligi sabablarini (ayrim metodikalarni egallamaganlik, adabiyotlar va tarqatma materiallarning kamligi, guruh texnik vositalar bilan kerakli darajada ta’minlanmagan, bolaning kasalligi va kelmasligi bo‘yicha, ota-onalarning faol emasliklari va h.k.) ko‘rsatadi.

  1. bob. Hamkorlik

  1. Oilalar bilan hamkorlik

Bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida oilaning tutgan o‘rni beqiyosdir. Bolalar oilada tarbiyalanadi va unda yuz beradigan voqealar ularga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Kichkina bolalar oilaga juda bog‘lanib qolgan bo‘ladi, chunki oila:

  • ularning jismoniy jihatdan barkamol bo‘lishini, ovqat, kiyim- kechak, uy-joy bilan ta’minlaydi, sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qiladi;

  • ularning hissiy bardamligini, jumladan, mehr ko‘rsatadi, qo‘llab- quvvatlaydi, nimaning yaxshiligi, nimaning yomonligini doimo eslatib turadi

  • ularning rivojlanishi shart-sharoitlarini ta’minlaydi.

Pedagoglar bolaning dastlabki tabiyachisi sifatida oilaning etakchi rolini tan olishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhga kelgunga qadar oila bolaga madaniyatni, muhim va eng zarur ko‘nikmalarni singdirishga ulguradi. Bolani maktabga tayyorlash bola va oila o‘rtasida shakllangan ana shu dastlabki munosabatlarga tayangan holda ota-onalarga boshlang‘ich majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlar faoliyatining barcha jabhalarida ishtirok etishga imkon beradi.
Oilalarni jalb etish maktabga tayyorlash bo‘yicha majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarda bolalarning bilim olish faoliyatini boyitishda, bola qiziqishlari va uydagi ta’lim-tarbiya natijalaridan foydalanishda muhim o‘rin egallaydi. Bolalarning muvaffaqiyatli rivojlanishi va bilim olishida ikki ta’lim muhiti - uy va majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarning bir-biri bilan bahamjihatligi g‘oyat muhimdir.
Oilalarda bolalarni maktabga tayyorlash ishlari turlicha olib boriladi. Ba’zi oilalarda bolalar bilan ko‘p shug‘ullanilsa ham, bu asosan o‘quv mashg‘ulotlaridir - husnixat yozuvi, alifbe o‘rgatish, turli adabiyotlar o‘qib berish bo‘lib, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ayniqsa muhim bo‘lgan syujetli o‘yinlar, harakat faolligi, tasviriy faoliyatga oid ishlar bilan shug‘ullanmaydilar. Boshqa oilalarda bolani o‘yinchoqlar va televizor bilan yakkama-yakka qoldirib, bu unga yoqadi va rivojlanishi uchun etarli bilim beradi deb hisoblashadi.
Natijada ayrim hollarda majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarga rivojlanishida muayyan muammolari, mustaqil faoliyatni etarli darajada amalga oshira olmaydigan, maqsadga erishish uchun irodasi bo‘sh, o‘zaro hurmat, umumqabul qilingan me’yor va qoidalar asosida boshqalar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil eta olmaydigan bolalar qabul qilinadi. Bundan tashqari, ayrim bolalarda sensor ko‘nikmalari, tasavvurlarining rivojlanmagani, hissiyot olamining qashshoqligi kuzatiladi. Uydagi ta’lim-tarbiyaning turli-tuman sharoitlari ta’sirida bolalar rivojlanishining alohida sohalari bo‘yicha erishilgan natijalarning har-xilligini qayd etish muhim. Boshlang‘ich majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarga kelayotgan bolalarga xos ana shu xususiyatlarni ta’lim jarayonida albatta e’tiborga olish, ularni ota-onalar xohishiga binoan aqliy rivolashtirishga emas, balki umumrivojlantiruvchi vazifalarni hal etishga, bola shaxsining har tomonlama rivojlanishiga yo‘naltirgan ma’qul.
Ijtimoiy-psixologik muhofaza, bola yutuqlarining muvaffaqiyati unga kim va qanday ta’sir etayotganiga bog‘liq. Vaqtining katta qismini bola MTT va uyda o‘tkazadi, shuning uchun pedagoglar va ota- onalarning ta’siri bir-biriga zid bo‘lmasligi, aksincha, bola tomonidan ijobiy va faol qabul qilinishi kerak. Bunga pedagoglar va ota-onalar hamkor va hamfikr bo‘lib, tarbiyaviy muammolarni bahamjihatlik bilan hal etish orqaligina erishish mumkin.
Pedagoglar ta’lim jarayonini tashkil etishda va bevosita pedagogik jarayonning o‘ziga ota-onalarni jalb etishni, ularga bolalar bilan rivojlantiruvchi o‘zaro aloqalar shakllarni o‘rgatish, bolalarning ta’lim- tarbiyasiga doir metodik yordam berishni nazarda tutadigan oilalar bilan ijtimoiy-pedagogik ishlarning ahamiyatga katta e’tibor berishlari lozim.
Samarali faoliyat yuritish va oilani MTT ishiga jalb etish uchun pedagoglar o‘zlari tarbiyalayotgan bolalarning birlamchi vazifalarini bilishlari, ularning oilasi va yaqin qarindoshlari haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Boshlang‘ich majburiy bir yillik
maktabga tayyorlov guruhlarga qatnayotgan bolalarning ota-onalari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilish uchun MTT xodimlariga quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini tavsiya etish mumkin:

  1. Ota-onalarda MTT xodimlari bilan hamkorlik qilishga intilishni shakllantirish.

  2. Bolalaning imkoniyatlari, talab-ehtiyojlari va qiziqishlarni baholashda, uning MTT kirishiga ko‘maklashish.

Ota-onalarning pedagogik kompetentligini oshirish ota-onalarga uyda bola bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan metodik usullarni oTgatish; ota-onalarga bola shaxsini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan maxsus tarbiya usullarini oTgatish

  1. Bolalarni boshlang„ich ta’limga to„lovsiz majburiy bir yillik
    tayyorlash bo„yicha guruhlar ishiga oilalarni jalb qilishning
    foydaliligi


Ota-onalarning MTT faoliyatiga jalb etilishi bolalarga ham, ota- onalarga ham, MTT ham foyda keltiradi. Muloqot, o‘zaro hurmat, turfaxillikni, bola manfaatlarining muhimligini e’tirof etish samarali hamkorlikka asos bo‘lib xizmat qiladi. Samarali hamkorlik shakllantirilishi uchun pedagoglar va ota-onalar o‘zlarida yangi ko‘nikma va bilimlarni rivojlantirishlari kerak.
Pedagog uchun oila shunchaki ta’sir ob’ekti sifatida xizmat qilmasligi kerak, bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash guruh pedagoglari bola uchun oila uning shaxs sifatida shakllanishini belgilab beradigan zarur muhit ekanini o‘zlari ham tushunishlari, ota-onalarga ham tushuntirib berishlari zarur. SHuning uchun ota-onalarning pedagogik jarayon doirasiga jalb etilishi, ularning faol ishtiroki pedagog shunday bo‘lishini xohlashi uchun emas, bu o‘z bolasining rivojlanishi uchun muhim bo‘lgani uchun kerakdir.

  1. Hamkorlik imkoniyatlari

Oila a’zolarinig bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlar faoliyatida ishtirok etishi uchun turlicha imkoniyatlar yaratiladi:

  • Ota-onalar uchun qulay vaqtda oilalarga tashrifini rejalashtirish pedagogga bolalar va ota-onalar bilan ular uchun odatiy vaziyatda tanishish imkonini beradi;

  • Ota-onalarga bolalarining qanday ishlayotgani va o‘ynayotganini ko‘rish uchun istagan paytda guruhga tashrif buyurishiga imkon berish;

  • Ota-onalarni guruhda bolalar bilan birgalikda shug‘ullanish uchun taklif etish, ma’lumot almashish tarzida pedagog tomonidan taqdim etiladigan bolalar portfeolari haqida o‘z fikr-mulohazalarni bildirish;

  • Ota-onalar pedagoglarga qandaydir oilaviy voqealar - tug‘ilgan kunlar, yangi ish, qarindosh yoki qo‘shni shaharga tashrib buyurish haqida xabar bergan hollarda ushbu voqealarni guruhdagi bolalar bilan muhokama qilish;

  • Bolalar bilan to‘laqonli muloqot tajribasi bilan o‘rtoqlashish imkoniyatini yaratadigan mavzular bo‘yicha ko‘rgazmalar;

  • Bolaning milliy va mintaqaviy madaniyatni o‘rganishga mo‘ljallangan muzeylarga birgalikda tashrif buyurish;

  • Ota-onalar bilan birgalikda bayram tadbirlari, bolalar ishlari ko‘rgazmalarini tashkil etish.

Pedagoglar va ota-onalarning birgalikdagi faoliyati va o‘zaro muloqoti uchun ko‘plab rangbarang imkoniyatlarning mavjudligi har bir oilaning xususiy manfaatlari va xohish-istaklariga mos keladigan hamkorlik shakllarni ishlab chiqishga imkon beradi14.

  1. Oila bilan muloqot qilish

Bolalar yuzasidan oilalar bilan muloqot yuritish - pedagogik jamoa vazifalarining eng muhim qismi. Har bir oila bolalarning kamol topishi, ularning yaxshi va bajonidil o‘qishidan manfaatdordir. Ehtimol, MTM - bu bolalarning oldindan tashqaridagi ilk tajribasi bo‘lgani uchun oila a’zolari uning yutuqlaridan boxabar bo‘lishni istaydi. Pedagoglar bola haqidagi tasavvurlarni chuqurlashtirish va yanada samarali faoliyat yuritish uchun ota-onalar bilan bolaning uydagi va maktabdagi mashg‘ulotlari, uning kuchli va zaif tomonlari, tashvishlantirayotgan jihatlari haqida bajonidil muhokama etishlari zarur.
Albatta, muloqot ochiq-oshkora va ishonchli bo‘lishi uchun vaqt talab etiladi. Shuning uchun boshidanoq ota-onalar bilan suhbatlashish, oiladan taqdim etilayotgan ma’lumotlar naqadar muhim ekanini tushuntirishlari kerak. Diqqat bilan tinglay olish - ochiq muloqotning muhim negizidir.
Muloqot chog‘ida pedagoglar ota-onalar uchun tushunarli, aniq tilda so‘zlashishi, savollar berish uchun ularga imkon qoldirishi darkor.

  1. Oilalar bilan muloqot qilish tamoyillari:

•ota-onalar uchun vaqt toping, imkoniyat tug‘diring, ularni o‘z fikr- mulohazalari, quvonch-shodligi, maqsadlari va tashvish-xavotirlarini bayon etishga da’vat qiling;
•yuzma-yuz gaplashish uchun joy toping, barcha ma’lumotlarni mahfiy deb qabul qiling;
• oilalar pedagoglar bilan o‘zigagina tegishli shaxsiy ma’lumot bilan o‘rtoqlashadi, shuning uchun u sir saqlanishi zarur. Sir saqlash tamoyiliga pedagog ham, oilalar ham rioya etishi lozim.

  1. Kutuvlar

Tajriba oilaning va pedagogik jamoaning mo‘ljallari yoki maqsadlari har doim ham mos kelavermasligi ko‘rsatadi. SHuning uchun ham bola qabul qilinishi bilan bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlar dasturini ota-onalar bilan muhokama etish va bu boradagi muloqotni yil davomida olib borish maqsadga muvofiqdir. Qarashlar va modjallardagi tafovut bir-birini tushunmaslikka va muloqotning izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Ota-onalarning ta’lim jarayonida bola nimalalarga erishishi lozimligi haqidagi mo‘ljallarini, ular uchun "muvaffaqiyatlilik" nimani anglatishini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv yilining boshidayoq ushbu masalaning muhokama etilishi kelgusidagi muloqotni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.

  1. bob. Resurs ta’minoti

Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruhlarning resursli ta’minoti15 - bu 6-7 yoshli bolalarni tarbiyalash va o‘qitish, rivojlantirishning samarali metodlarini o‘zlashtirayotgan pedagoglar uchun mo‘ljallangan “Ilm yo‘li” namunaviy dasturining o‘quv-metodik qismidir.
Resursli materiallarning mazmuni O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari bilan, shu jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlariing amaliyotchi-pedagoglarining xohish-istaklariga mos holda
shakllantirilgan va pedagoglarning ishi uchun eng dolzarb mavzularni yoritib beradi:
15 “Ilm yo‘li” Variativ dasturiga 1-ilova, «Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha bitta guruhning moddiy-texnik asoslar va ta’limiy-didaktik materiallar bilan jihozlash me’yorlari».
bolalarda xavfsiz xulq-atvor ko‘nikmalarini rivojlantirish, ota-onalar bilan ishlash, bolaning yutuqlarini kuzatish va baholash hamda boshqa shu kabilar.
Maktabgacha ta’lim sohasida milliy va xorijiy mutaxasislarning tajribalari 6-7 yoshli bolalarning rivojlanishi, tarbiyalanishi va o‘ qitilishi uchun o‘z dasturlari ishlab chiqiladigan, boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlik bo‘yicha guruhlar tashkil etilgan yoki tashkil etilishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim va umumta’lim tashkilotlarining pedagoglariga yordam berishga safarbar etilgan.

  1. bob. Ilovalar 1-ilova. Bolalarni boshlang„ich ta’limga majburiy yillik tayyorlash bo„yicha guruhlarda ishlovchi pedagoglar uchun tavsiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-
dekabridagi “Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarori bilan mos holda maktabgacha ta’lim tizimini kelgusida takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘la rivojlangan, ijtimoiy moslashgan bola shaxsini shakllantirish, shuningdek, boshlang‘ich ta’limga bolalarning sifatli tayyorgarligi va kelgusidagi muvaffaqiyatli o‘quv faoliyatiga shart-sharoitlarni yaratish maqsadlarida respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tarzda 6-7 yoshli boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy yillik tayyorlash guruhlari tashkil etiladi.
Mazkur guruhlarda bolalar har tomonlama rivojlanadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotilarida maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar bilan ishlash borasida har qanday yangi ish kabi ma’lum bir qiyinchiliklarga duch keladi.
“Ilm yo‘li” variativ dasturi mualliflari tomonidan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 6 -7 yoshli bolalarni boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik to‘lovsiz tayyorlash bo‘yicha guruhlardagi pedagogik jarayonni to‘laqonli ravishda tashkil etishga yordam beradigan metodik tavsiyanomalar ishlab chiqilgan.
Shuni ko‘zda tutish kerakki, maktabgacha ta’lim qamrab olingan va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamagan bolalarning rivojlanish darajasi sezilarli ravishda farqlanadi. Aynan mana shuning uchun ham kelgusi barcha ishlar asosiga har bir tarbiyalanuvchining individual qirralari va intelelktual imkoniyatlari sinchiklab o‘rganilishi qo‘yilishi zarur bo‘ladi.
Eslatib o‘tamizki, o‘qitish va tarbiyalash tizimi ham maktabgacha ta’lim tashkilotida, ham oilada bolalar faoliyatining istalgan turi
ko‘rinishida, shu jumladan, o‘quv mashg‘ulotlarida o‘yinlardan
foydalanish negizida olib borilishi lozim.
6-7 yoshli bolalarning o‘qitilishini tashkil etish mazkur guruhlarda individual, hamkorlikdagi mashg‘ulotlar yoki rivojlanish markazlarida kichik guruhlar bo‘yicha didaktik va rolli o‘yinlar, kuzatishlar, tajriba qilish shaklida olib borilishi mumkin.
XULOSA

  1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tassavurlarni shakllantirish metodikasining nazariy asoslari va amaliy masalalarini o‘rganish kichik, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilarining ilk matematik bilim va ko‘nikmalarni egallashlariga, faolligini oshirish usullarini bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining kelgusi amaliyotda muhim vosita hisoblanadi va dastlab bolalarga elementar matematik tushunchalar ustida ishlashga o‘rgatishda hamda ularning qo‘llanilishiga doir misol va masalalarni yecha olishga o‘rgatish muhim o‘rinni egallaydi.

  2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tassavurlarni shakllantirish usularidan foydalanishga doir mashq va topshiriqlarni bosqichma-bosqich bajarishga o‘rgatish, ular yordamida tahlil qilish, tadqiqot o‘tkazish, kichik, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilarining mantiqiy ilk matematik faoliyat tadbiqlarini amaliy faoliyatda zarurligi va qo‘llash usullriga o‘rgatishda foydalanish ularning bilim saviyalarining oshishiga va fikrlashlarini o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

  3. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari yordamida bolalar bilan sonli miqdorlar, geometrik shakllar, fazo va vaqtga doir konkret mashqlar va masalalar yechish jarayonida nazariy mantiqiy savollardan foydalanish nafaqat mantiqiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirishga, balki nazariy qoida va tushunchalarning tadbiqlarini go‘zlashtirilishini ta’minlaydi va ularni bosqichma-bosqich tafakkur usullari mohiyatini tushunishlariga xizmat qiladi.

  4. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tassavurlarni shakllantirish usullaridan foydalanish ko‘nikmalarni shakllantirishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash: loyihalash usuli, axborot -kommunikativ vositalaridan foydalanish, turli interfaol dars usullarini qo‘llash, bunda o‘qituvchining turli imkoniyatlardan foydalana olishi, tayyorlovchi savol va topshiriqlardan o‘rinli foydalana olishini talab etadi.

GLOSSARIY

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin