Nazorat ucun savol va topshiriqlar: Modellashtirish nima?
Tekshirish va baholash deganda nimani tushunasiz?
Ko‘rgazmali va og‘zaki metod deganda nimani tushunasiz? O„yin va o„yin mashqlaridan foydalanish O„yin turlarining o„ziga xos xususiyatlari
0‘yinning turlari: Bolalar o‘yinlari o‘zining rang -barangligi bilan ajralib turadi. Ular o‘z mazmuni va tashkil etilishiga ko‘ra ,bolalarga ta'sir darajasiga ko‘ra ,turlichadir. Bolalarning barchasi bolalar o‘yinlarini to‘g‘ri rahbarlik qilishi uchun ularni albatta guruhlash zarur.Pedagogika o‘yinlarini 2 ta katta guruhga bo‘lish juda keng tarqalgan; ijodiy o'yinlar va qoidali o'yinlar . Ijodiy o‘yinlarning mazmunini bolalarning o‘zlari o‘ylab topadilar va ularning o‘z ta’surotlarini, borliq haqidagi tushunchalarini hamda unga munosabatlarini aks ettiradilar. Qoidali o‘yinlar kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib kiritiladi .Mazmunli qoidalarning murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Tayyor qoidali o‘yinlarning katta guruhini halqa o‘yinlari tashkil etadi , ularning ko‘plari avloddan avlodga o‘tib , bizga yetib kelgan .
O‘yinning tuzilishi: O‘yin bu bola faoliyatining turi. Shunday ekan, barcha faoliyatda bo‘lgani kabi unda ham qator hislatlar; maqsadning mavjudligi, sabablar, amalga oshirish vositalarining asosiy savollar harakatlar, natijaning mavjudligi kabilar hosdir. Bola o‘yindagi maqsadiga erishish uchun o‘ziga sheriklar tanlaydi, zarur o‘yinchoqlarni topadi, o‘yin davomida muayyan harakat va qiliqlar qiladi, o‘yinchilar bilan hilma hil muloqotlarga kirishadi.Bola maktab yoshiga kelib o‘yin mavzusi va mazmunini kelisha oladigan ro‘llarni taqsimlaydigan, o‘z o‘yin faoliyatini ruhiy tarzda asosiy savollashtiradigan bo‘ladi. Boshqa faoliyat turlarida bo‘lgani kabi o‘yin jarayoniga bolaning butun shaxsiyati; uning pisixik bilish jarayonlari, irodasi, hissiyoti va ta’sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi. O‘yinda bola faol harakat qiladi, gapiradi, o‘z bilimlarini qo‘llaydi. Didaktik o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. O‘yin niyati o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi. Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:
navbatma-navbat ta'sir etish;
so‘ralganda javob berish;
o‘rtoqlari fikrini eshita olish;
o‘yin jarayonida boshqalarga halaqit bermaslik;
o‘yin qoidasini bajarish;
o‘z xatosini tan olish.
Didaktik o‘yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. O‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o‘yinchoqlar bilan o'ynaladigan; b) stol-doska; d) og‘zaki so‘z o'yinlari. Buyum va o 'yinchoqlar bilan o 'ynaladigan o 'yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o‘ynaladigan o‘yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o‘yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha. Didaktik o‘yinning o'ziga xos xususiyatlar. Didaktik o‘yin ayni zamonda ko‘proq kichik bolalar uchun xos bo‘lgan o‘qitish (o‘rgatish) formasidir. Uning manbalari xalq Pedagogikasida bo‘lib, unda qo‘shiq aytib, turli xarakatlar bajarib o‘ynaladigan o‘yinlarni birga qo‘shish asosida ko‘pgina ta’limiy o‘yinlar yaratilgan. Tadbirlarda, qo‘shiq aytib o‘ynaladigan o‘yinlarda "Ladushki", "Qushim boshi", "Oq terakmi - ko‘k terak" kabi o‘yinlarda ona bolasining diqqat e'tiborini tevarak - atrofdagi narsalarga qaratadi, ularni nomini aytadi.
Didaktik o‘yinda bolalarning o‘yin faoliyati uchun xos bo‘lgan barcha strukturali elementlar g‘oya, mazmun, o‘yin xarakatlari, qoidalari va natija bor. Didaktik vazifaning borligi o‘yinning ta’limiy xarakterini, uning mazmuni bolalarning bilish faoliyatini rivojlantirishga qaratilganligini ta'kidlaydi. Mashqulotlarda bolalar oldiga to‘g‘ridan -to‘g‘ri vazifa qo‘yiladi. Masalan: "Sehrli qalpoqchalar sirini ochamiz" o‘yinida tarbiyachi bolalarni narsa haqida gapirib berishga o‘rgatish, ularning ravon nutqini rivojlantirish vazifasini qo‘yadi. O‘yin vazifasi - qalpoqcha ostidagi narsani bilib olishdan iborat bo‘ladi. O‘yin vazifasi ba'zan o‘yinning nomida berilgan bo‘ladi: "Ajoyib xaltachada nima bor ekan, bilib olamiz", "Kim qaysi uychada yashaydi" va hokazo. O‘yinga qiziqish uni bajarishga intilish o‘yin xarakatlari bilan aktivlashadi. Ular, o‘yin xarakatlari qanchalik xilma-xil va mazmunli bo‘lsa, bilish va o‘yin vazifalari shunchalik muvaffaqiyatli hal qiladi. Bolalarni o‘yin harakatlariga o‘rgatish darkor. Shundagina o‘yin ta’limiy harakter kasb etadi va mazmunli bo‘ladi. O‘yin harakatlariga esa o‘yinda sinash maqsadida yurish, harakatning o‘zini ko‘rsatish, obrazni ochib berish va hakazolar orqali o‘rgatiladi. Kichik bolalarning o‘yinlarida o‘yin harakatlari barcha o‘ynovchilar uchun bir xil. Bolalar uchun o‘yin vazifasi - ma’lum masofadan turib sharni darvozaga dumalatish kerak, bunda to‘p darvozadan o‘tayotganda unga osib qo‘yilgan qo‘nqiroqchalar jaranglab ketishi lozim.
Bolalarni guruhlarga ajratilsa yoki o‘yinda rollar bo‘lsa, o‘yin harakatlari xilma-xil bo‘ladi. Masalan, "Do‘kon" o‘yinida xaridorlar harakati sotuvchilar harakatiga qaraganda boshqacha, topishmoq aytish va uni topish o‘yinlarida topishmoq aytuvchilar bilan jumboqni topuvchilarning o‘yin harakatlari turlicha bo‘ladi va hokazo. O‘yin harakatlari hajmi ham turlicha bo‘ladi. Kichik guruhlarda - ko‘proq takrorlanadigan (bir - ikkita) harakatlar bajariladi, katta guruhda esa o‘yin harakati besh - oltita harakatni o‘z ichiga oladi. Sport xarakteridagi o‘yinlarda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o‘yin harakatlari vaqt jixatidan bo‘lib yuboriladi va ketma-ket amalga oshiriladi. Keyinchalik, o‘yin harakatlarini o‘zlashtirib olgach, bolalar biror maqsadni ko‘zlab, aniq, tez, bir - birlari bilan kelishib harakat qiladilar va o‘yin vazifasini yaxshi bilib olgan sur'atda xal etadilar. Qoida didaktik o‘yin elementlaridan biridir. U ta’lim vazifasi hamda o‘yin mazmuni bilan belgilanadi va o‘z navbatida, o‘yin harakatlari xarakteri va uslubini belgilab beradi, bolalarning hatti- harakatini, ular bilan tarbiyachi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yadi va boshqaradi. Qoidalar yordamida tarbiyachi bolalarda o‘zgaradigan sharoitda yo‘l topib olish qobiliyati, paydo bo‘lgan istaklaridan o‘zini tiyish, emotsional - irodaviy zo‘r berish malakasini shakllantiradi. Buning natijasida bolalarda o‘z xarakatlarini boshqarish, ularni boshqa o‘ynovchilar xarakatlari bilan bog‘lash qobiliyati rivojlanadi. O‘yin qoidalari ta’lim beruvchi (o‘rgatuvchi), uyushtiruvchi va tartibga (intizomga) soluvchi xarakterga ega. Ta’lim beruvchi qoidalar bolalarga nimani qanday bajarish kerakligini o‘rgatishga yordam beradi; ular o‘yin xarakatlari bilan bog‘liq bo‘ladi, ularning rolini oshiradi, bajarish usullarini aniqlashtiradi; qoidalarning uyushtiruvchi xarakteri o‘yindagi tartib, izchillik va bolalarning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi; o‘yinning intizomga soluvchi xarakteri esa nimani qilish mumkin emasligini va nima uchun shunday qilmaslik kerakligini oldini oladi. Tarbiyachi qoidalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishi, o‘yinda ularni ko‘paytirib yubormasligi, ulardan faqatgina zarurlarigina qo‘llanishi kerak. Tarbiyachi tomonidan o‘rnatilgan o‘yin qoidalarini bolalar asta- sekin o‘zlashtirib oladilar. Shularni e’tiborga olib, ular o‘zlari va o‘rtoqlari hatti - harakatlarining to‘g‘riligini, o‘yindagi o‘zaro munosabatlarni baholaydilar. Didaktik o‘yin natijasi - har qanday yo‘l bilan erishilgan g‘alabagina emas, balki bolalarning bilimlarini o‘zlashtirishda, aqliy faoliyatini rivojlantirishda, o‘zaro munosabatlarda erishgan yutuqlari ko‘rsatkichidir. O‘yin vazifalari, harakatlar, qoidalar, o‘yin natijasi bir- biri bilan o‘zaro bog‘langan, ana shu tarkibiy qismlardan bo‘lmasligi, o‘yinning bir butunligini buzadi, uning ta’lim va tarbiyaviy ta'sirini kamaytiradi. O„yinchoqlar va o„yin qo„llanmalari bilan o„ynaladigan o„yinlar.O‘yinchoqlar va o‘yin qo‘llanmalari didaktik o‘yinning moddiy markazidir. Pedagog shu maqsadni ko‘zlab o‘yinchoqlar, suratlar, turli predmetlarni tanlashi va ularni ma’lum bir joyda saqlashi kerak. O‘yin vaqtida bu qo‘g‘irchoqni guruhdagi hamma bolalar ko‘ra olishi uchun, uning o‘lchami 40-50 sm bo‘lishi kerak. Uning jixozlariga quyidagi narsalar kiradi:
• ko‘rpa-yostiq jildlari, yostiq, choyshab, dasturxon, sochiq va hokazolar. Bu narsalarning hammasi turli rangda va shularga muvofiq tusda, turli sifatdagi materialdan tayyorlanishi, ilgagi, piston va tugmalari bog‘ishlari vazifasiga muvofiq va bolalar qo‘lining hajmiga mos bo‘lishi kerak. Qo‘g‘irchoqdan tashqari, o‘yinga transport, hayvonlar, qushlar, idish - tovoq va hokazolarni aks ettiruvchi ko‘pgina boshqa o‘yinchoqlar kiritiladi. Bu o‘yinchoqlar "Ajoyib xalqacha" bilan o‘ynaladigan o‘yin, magazin o‘yinlari, topishmoq o‘yinlarning majburiy jixozlarini tashkil etadi. Shuningdek, xilma-xil texnikaviy o‘yinchoqlar va texnik vositalar: kino, televizor, magnitofon va boshqalardan ham foydalanish kerak. Bularning hammasi hozirgi bolalar talablariga javob beradi, o‘yinlar mazmunini ancha yuqori saviyaga ko‘taradi, qoidalar va o‘yin harakatlarini rang-barang qiladi va pedagogning didaktik vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi. Ko‘pgina og‘zaki o‘yin deb atalmish o‘yinlar o‘yinchoqlarsiz va materiallarsiz o‘tkaziladi. Bular so‘zdan va bolalardagi mavjud tasavvurlardan foydalanishga asoslangan bo‘ladi. Bular topishmoq o‘yinlar, taqqoslab ko‘rish, klassifikatsiyalash va hokazolarga oid o‘yinlardir. Stol ustiga qo„yib o„ynaladigan o„yin qo„Ilanmalar.Suratlar, predmetli loto, domino tipidagi xilma-xil o‘yin qo‘llanmalari, tematik o‘yinlar ("Qayerda nima o‘sadi?", "Bu qachon bo‘ladi?", "Bu kimga kerak?" va boshqalar); harakat aktivligi, mahorat va xokazolarni talab etadigan o‘yinlar ("Uchuvchi qalpoqchalar", "Mo‘ljalga tekkiz" va boshqalar); mozaika tipidagi o‘yinlar stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar qatoriga kiradi. Stol ustida o‘ynaladigan bosma o‘yinlar bolalarning ong - bilim doirasini kengaytirishga, o‘stirishga yordam beradi, idroklilikni, o‘rtog‘ining harakteriga e'tibor berishni, o‘yinning o‘zgaruvchi sharoitlariga qarab ish ko‘radi, o‘z yurishi natijalarini oldindan ko‘ra bilish uquvini rivojlantiradi. O‘yinda ishtirok etish sabr -toqat, qoidalarga qat'iy rioya qilishni talab etadi va bolalarga katta quvonch baxsh etadi.
Kichkintoylarga mo‘ljallangan o‘yin mazmuni ular uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Loto kartochkalarida, juft - juft suratlarda, buklama kitoblarda o‘yinchoqlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, eng oddiy transport vositalari, sabzavotlar, mevalar tasvirlanadi. Asosiy kartadagi suratlarga mos keladigan juft suratlar tanlash, rasmda tasvirlangan predmetni, uning biror sifatini aytish bolalarning lug‘at boyligini, qisqacha tushintiruvchi nutqini rivojlantiradi. Katta guruh bolalari uchun stol ustida o‘ynaladigan bosma o‘yinlar qiziqarli bo‘lib, ularda tabiat xodisalari aks ettiriladi, turli xil transport tasvirlanadi, "Kim nimada yuradi, suzadi, uchadi", ertak qahramonlari ishtirok etadi. Bu va shunga o‘xshash o‘yinlar bolalardan mashg‘ulotlarda, ekskursiyalardagi kuzatish prosessida o‘zlashtirilgan bilimlarni eslash va qo‘llashni talab etadi. Katta yoshdagi bolalar uchun mazmunida, o‘yin harakatlarida va qoidalarda chaqqonlik, aniqlik, tezkorlik, idroklilik elementlari bor bo‘lgan o‘yinlar qimmatli va qiziqarlidir. Har bir bolalar bog‘chasida juda ham rang-barang o‘yinlar yig‘indisi bo‘lishi hamda mustaqil faoliyat uchun ajratilgan vaqtda bolalarning ulardan bemalol foydalanishlariga sharoit yaratilishi kerak. Ovutuvchi - o‘yinlar alohida guruhni tashkil etadi. Ularda ajoyiblik, kutilmaganlik, kulgililik elementlari aniq ifodalangan bo‘lib, hazil, yumor bor. Ularning asosiy vazifasi - bolalarni xursand qilish, kuldirishdan iborat. Ko‘pchilik o‘yinlarning mazmuni va qoidalari yoki tez bajariladigan o‘yin harakatlarini, yoki kichiklashtirilgan harakatlarni talab etadi. Ularning ba'zilari tez, ko‘pincha tasodifiy reaksiya uyg‘otadi, boshqalari esa bolalarni irodaviy zo‘r berishga o‘rgatadi. "Quyonchani tutib ol", "Qo‘ng‘iroqchali bekinmachoq", "Suratlarni kim tezroq yig‘adi" kabi o‘yinlar ovituvchi - o‘yinlar qatoriga kiradi. Ijodiy o‘yinlar sujetlari va mazmunining rang-barangligi, ularni tavsiflash zaruratini keltirib chiqaradi. Sujet o‘yin faoliyati tizimida asosiy komponent sifatida o‘z ichiga personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini oladi. Ijodiy o‘yinlarda hayoliy vaziyatning mavjud bo‘lishi bolaning tafakkurini o‘stirib, sujet va rollar o‘yin mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy sujetli-rolli o‘yinlaming o‘ziga xos sabablari mavjuddir. Buning eng asosiy sababi — bolalaming kattalar bilan birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga intilishidir. Bu sabablar bolaning yoshiga qarab, o‘yin mazmuniga qarab o‘zgarib boradi. Kichik yoshdagi bolalarda asosiy sabab buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar bo‘lsa, bola katta bo‘lgan sari o‘yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini qayta aks ettirish asosiy sabab bo‘lib xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, o‘yinlami sujeti, mazmuniga ko‘ra 3 guruhga bo‘lish mumkin: Maishiy o‘yinlar (oila, bolalar bog‘chasi va boshqa voqelikni aks ettiradigan).
Mehnat mavzusidagi o‘yinlar (oila va kattalar mehnatida ishtirok etish, o‘z-o‘ziga xizmat va b.).
3.Ijtimoiy mavzudagi o‘yinlar. Milliy xalq o‘yinlari ikki guruhga bo‘linadi: Milliy harakatli o‘yinlar.
Milliy xalq o‘yinlari.
Milliy harakatli o‘yinlar sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo‘lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e'zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan baquvvat, sog‘lom, jasur, qat'iyatli, chaqqon, uddaburon bo‘lib o‘sishlarida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Xalq milliy o‘yinlarida millatning o‘tmish tarixi, ma'naviy va madaniy rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an'analari jamlangandir.