Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə14/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

1-2 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o 'yin turlari. «Barmoqqa- barmoq», «G‘oz-g‘oz», «G‘oz tursin», «Bo‘p-bo‘p», «Toy-toy», «Poyezd», «Achom-achom» o‘yinlari go‘dak endi bir-ikki qadam tashlashni o‘rganayotgan vaqtda gavdasini to‘g‘ri tutishga yordam beradigan o‘yinlar hisoblanadi.

  1. 4yoshli bolalar bilan o 'ynaladigan o 'yin turlari: «Ot o‘yin», «Kesak qo‘ydi», «Ko‘z boylagich», «Guli chambar», «Aval-akam», «Tayoq irg‘itish», «Quloq cho‘zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi».

  2. 5 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: «Chir aylanma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o‘yin», «Ko‘pkari», «Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir aylan».

Katta yoshdagi bolalar uchun o 'yinlar: «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do‘ppi yashirma», «Charxpalak», «Besh tosh», «0q terak-mi ko‘k terak». Bu o‘yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o‘z-o‘zini boshqara olish va o‘ziga ishonch tarbiyalanadi, qat'iyatlilik ko‘nikmalari shakllanadi, fikrlashga o‘rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo‘lishga tayyorlanib boriladi.
Xalq milliy o‘yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o‘z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo‘shiqlardan zavqlanish tuyg‘ulari, shuningdek o‘sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o‘yinlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:

  • xalq milliy o‘yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo‘llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;

  • milliy o‘yinlarni tashkil etishda ma'naviy qadriyatlar va urf- odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanish;

  • xalq ertaklari, xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;

  • bolalarning o‘ynashlari uchun shart-sharoit (o‘yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;

  • maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o‘rtasida milliy o‘yinlar bo‘yicha ko‘rik tanlovlari va musobaqalar o‘tkazish.

Xalq harakatli o‘yinlarini tashkil etish va bolalarga o’rgatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:

  • bolani ruhiy j ihatdan o‘yinga tayyorlash;

  • o‘yin jarayonida bolalaming jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga e'tibor berish;

  • har bir o‘yinning pedagogik tomonlarini nazardan qochirmaslik;

  • o‘yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan boglagan holda hayotga tatbiq etish;

  • o‘yin davomida o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash;

  • jamoa bo‘lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga hurmat va e'tiborli bo‘lish.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin