dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI
O„rta guruh. Kattalik. Ikkinchi kichik guruhda bolalar har xil poloskalardan biror belgi (uzunlik, kenglik) ni topishga o‘rgatilgan edi. Mazkur bosqichda maktabgacha yoshdagi bolalar bir vaqtning o‘zida uzunlikni, kenglikni topa olish va ularni taqqoslay olish malakasini egallab olishlari kerak. Masalan, tarbiyachi hamma bolaga 9 xil rangli va uzunligi har xil, ammo kengligi (eni) bir xil bo‘lgan lentalarni tarqatadi va bolalarga tanish bo‘lgan usul (masalan, yonma- yon qo‘yish) bilan qaysi lenta uzun, qaysi lenta qisqa (kalta) ekanini topish topshirig‘ini beradi. So‘ngra uzun poloskani tanlash va uning uzunligi bo‘ylab barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi. Tarbiyachi “Poloskaning kengligi qani?” - deb so‘raydi va o‘zi poloskaning eni bo‘ylab qo‘lini yuritadi, keyin esa uning bo‘yi bo‘ylab qo‘lini yuritib chiqadi. Bolalardan poloskaning uzunligi (bo‘yi) kattami yoki kengligi (eni) kattami, deb so‘rash kerak, so‘ngra esa bo‘yicha katta, eni esa kichik bo‘lishini tushuntirib berish kerak. Eng qisqa poloskani qarash bilan ham tarbiyachi bolalarni yuqoridagiga o‘xshash xulosaga olib keladi. Mashg‘ulotning oxirida bolalarga poloskalarning eni bo‘yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Bolalar bir poloskani ikkinchi poloska ustiga qo‘yib, ular uzunliklari bo‘yicha har xil bo‘lsa ham, ammo enlari (kengliklari) bo‘yicha teng ekanliklariga ishonch hosil qiladilar.
O‘rta guruhda bolalarni buyumlar orasidagi uzunlik, kenglik, balandlik bo‘yicha arzimas kichik farqlarni ilg‘ab olishga, har xil kattalikdagi 2 tadan ko‘p buyumlarni taqqoslay olishga o‘rgatish kerak. Chunonchi, bolalarga har xil uzunlikdagi 2 ta lentani taqqoslash taklif qilinadi, so‘ngra taqqoslanayotgan lentalardan uzunroq uchinchi lenta qo‘shiladi. Bolalar uzun lenta yanada uzunroq lenta bilan taqqoslaganda qisqa bo‘lib qolishini ko‘radilar. Har bir buyum (lenta) jufti boshqa buyumlar bilan taqqoslanadi. Masalan, qizil lenta ko‘k lentadan uzun, ammo sariq lentadan qisqa. Shunday qilib, bolada asta -sekin buyumlarning o‘lchamlari nisbiy harakterga ega degan tasavvur hosil bo‘ladi; bir obektning o‘zi, qanday buyum bilan taqqoslanayotganiga qarab, goh katta, goh kichik bo‘ladi. Bolalarni namunaga qarab, buyumlarni ularning uzunliklari, kengliklari, balandliklari o‘sib borish (kamayib borish) tartibida, qator qilib qo‘yishga o‘rgatish kerak. Bunda qiyinchilik shundan iborat bo‘ladiki, bolalar kattaliklari va ranglari bilan farq qiluvchi buyumni taqqoslaydilar, shuningdek, o‘lchamlari bo‘yicha kontrastlari kam bo‘lgan uch -to‘rtta buyumlarning kattalkilarini sifatlarini qiyosiy darajalarini qo‘llab, aniqlaydilar. Mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor bolalarda buyumlarning uzunliklarini ajratish va ko‘rsatish, buyumlarning uzunlik bo‘yicha tengligi yoki tengmasligini aniqlash, shu asosda ular kattaliklarining aniq ta’rifini bera olish malakalarining shakllanishiga qaratiladi. Masalan, tarbiyachi to‘rtta bolani chaqiradi va ularga ikkitadan bo‘lib sakragichni olishni va uni uzunligi bo‘yicha tuzib turishni taklif qiladi. Bolalarga murojaat qilib, tarbiyachi so‘raydi: “Bu sakrag‘ichlarning uzunliklari haqida nima deyish mumkin? “Savolning bunday qo‘yilishi bolalarga har xil javob berish imkonini berdi, boshqacha aytganda, ular har qaysi sakrag‘ichning nisbiy kattaligini aytishlari mumkin, yoki sakrag‘ichlar kattaliklari bo‘yicha har xil deyishlari ham mumkin edi. Bolalar javobning birinchi variatini afzal ko‘rishdi. “Bolalar, to‘g‘ri aytdingiz, sakrag‘ichlar uzun va kalta”, - deydi tarbiyachi. - “Nega biz ularni shunday ataymiz?” - “Chunki ular kattaliklari bo‘yicha har xil”. (Sevgi). - “Chunki ularning uzunliklari har xil”, - deb aniqlashtiradi Karima. Tarbiyachi Karimaning javobini ma’qullab, boshqa bolalarni chaqiradi va ularga har qaysi sakrag‘ichning uzunligini kattalikni aytish bilan ko‘rsatishni talab qiladi. Bunda tarbiyachi bunday savollarni beradi: “Kim kalta (uzun) sakrag‘ichni ushlab turibdi?”, “Zohida bilan Mastura, Ilhom bilan Azamat qaday sakrag‘ichni ushlab turishibdi?”. Qizcha bir sakragich ikkinchi sakragichdan qancha uzunligini ko‘rsatadi. Sakragichlar uzunliklari orasidagi farqni hamma bolalardan qo‘lni ochib ko‘rsatish talab qilinadi. Bolalar masofa bo‘yicha taqqoslash usulini shunday o‘zlashtiradilar. Bolalarni kam kontrastli buyumlarning kattaliklarini farqlash va qiyosiy sifatlarini ishlatish bo‘yicha mashq qildirish uchun ularga har xil uzunlikdagi brusokdan yoki poloskalardan zina tuzishni taklif qilish mumkin. Bundan oldin “zina” pog‘onalarini, uzunliklarini ko‘rsatib, ikkitalab taqqoslashni, so‘ngra esa butun pog‘onani o‘sib borish tartibida ham, kamayib borish tartibida ham taqqoslashni taklif qilish maqsadga muvofiq. Buyumlarning ayrim masofalarini differensiallashda va ular orasidagi o‘lchov munosabatlarini o‘rnatishda yetakchi o‘rinni o‘lchashga ajratilishi yuqorida aytilgan edi. Ammo o‘lchash faoliyati ham boshqa har qanday foaliyatlar kabi maxsus malakalar egallangandagina samarali bo‘ladi. Bu malakalar ham doim ular takrorlab turilgandagina, o‘lchash ko‘nikmalariga shakllanadi. Kattalar tomonidan maqsadga muvofiq boshqarilib turilgandagina o‘lchash malakalarini egallash (o‘zlashtirish mumkin bo‘ladi. Ish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘lchash malakalarini egallash besh yoshga qadam qo‘ygan bolalarda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki bu harakatlar katta aniqlikni, o‘lchovni surishda qo‘l harakatlarining muvofiqlashtirilganini, sanoq va o‘lchashni birga qo‘shib borishni talab qiladi. Shu bilan birga, A.M.Leushinaning tekshirishlari ko‘rsatishicha, bolalar hayotining beshinchi yoshida sanoqning asosiy qoidalarinigina egallab ola boshlaydilar. Bir vaqtning o‘zida sanoq va o‘lchash malakalarini (ularning asl ma’nosida) o‘zlashtirib olish bolalar uchun qiyinchilik qiladi. Shu sababli o‘rta guruhda o‘lchashlarni “modellashtirish”, ya’ni o‘lchanayotgan masofani unga joylashgan o‘lchov miqdori bilan taqqoslashdan foydalanish maqsadga muvofiq. Misol keltiramiz. Bolalarning stollarida har xil uzunlik va har xil rangdagi poloskalar qo‘yilgan. Tarbiyachining “Kattaliklari bo‘yicha bular qanday poloskalar?” - degan savoliga bolalar bunday javob berishadi. “Uzunliklar bo‘yicha har xil poloskalar”, “Biri uzun, biri kalta poloskalar” va h.k. Tarbiyachining “Bolalar, Siz nima deysiz, har qaysi poloskaning uzunligini bilish uchun nima qilish kerak?” - degan savoliga bolalar bunday javob berishadi: “Ularni qarash kerak”. “Ularni taqqoslash kerak”. Tarbiyachi qarash ham mumkin, o‘lchash ham mumkin, ammo eng yaxshisi o‘lchash kerakligini aytadi. Shunda biz har qaysi poloskaning uzunligini aniq bilamiz. Mana bu o‘lchov bilan o‘lchaymiz. Tarbiyachi bolalarga o‘lchovni ko‘rsatadi, ularni o‘lchovni ko‘rishga taklif qiladi. Qanday o‘lchash kerakligini tushuntiradi: “0‘lchovni men poloskaning chapdan eng chekkasiga qo‘yaman. Birinchi o‘lchov yoniga yana bitta o‘lchovni qo‘yaman. Boshqa o‘lchov sig‘maydi”. Bolalar katta poloskaning uzunligi ikkita o‘lchovga tengligini shunday tushunib oladilar. Shundan keyin ularga stollarida yotgan ikkinchi kesmani o‘lchash taklif qilinadi. Bolalar har xil, ammo ko‘pincha eng uzun poloskalarni o‘lchashadi. Shundan keyin tarbiyachi ular qanday poloskalarning o‘lchaganliklarini, unga o‘lchov necha marta joylashganini oydinlashtirib oladi. Bolalarning javoblarini tinglab, umumlashtiradi: “KoTayapsizmi, hammangizning poloskacha- laringizning uzunligi har xil, poloskalaringizga o‘lchov 4 marta ham, 3 marta ham, 2 marta ham joylashgan”. Bolalar uchun va qisqa poloskaning uzunliklarini o‘lchashadi, uchun va qisqa poloskalarning uzunliklari nechtadan o‘lchamga tengligini gapirib beradilar, qaysi poloskaga o‘lchov ko‘p, qaysi poloskaga kam joylashganini, nega shundayligini aniqlaydilar. Bolalarning javoblari: “Chunki uzun poloska kalta poloskadan uzunroq” (Munira), “Chunki kalta poloskaning uzunligi kichik, uzun poloskaning uzunligi katta” (Lola). Javoblar bolalarning taqqoslanayotgan buyumlar orasidagi munosabatlarni tushunishlari, bu munosabatlarni so‘zlar bilan so‘zlar bilan aniqlay olishlaridan guvohlik beradi. Ammo bolalar nega bir poloska ikkinchi poloskadan uchun ekanini ko‘ra olishlari uchun bunday ishni doska oldida flanelegrafda bajarish bilan chegaralanish kerak. (birinchi poloskaga 4 ta, ikkinchisiga esa faqat 2 ta bir xil o‘lchov qo‘yiladi). Shunday qilib, ikkinchi kichik va o‘rta guruhlarning asosiy vazifalari bolalarda buyumlarning uzunliklari, kengliklari va balandliklari (qalinliklari) ga nisbatan masofa turlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish va shu asosda: o‘lchovlari kontrast bo‘lgan ikkita buyumni taqqoslashda;
bittasi namuna vazifasini bajaradigan usta buyumni taqqoslashda;
bolalar tomonidan seriasion qatorga tartibga solib qo‘yiladigan o‘lchovlari bo‘yicha ko‘proq kontrast bo‘lgan to‘rt - besh va undan ortiq buyumlarni taqqoslashda buyumlarning kattaliklarini farqlash va ularni so‘zlash bilan aniqlash malakalarini rivojlantirishdan iborat.
Bunda bolalar bir vaqtning o‘zida o‘zaro teskari munosabatlarni o‘rnatish bilan buyumlar kattaliklarining kamayish va o‘sish darajalarining qiyosiy bahosi (uzunroq - kaltaroq) ni ham, ular kattaliklarining nisbiy bahosini ham (uzun - qisqa) o‘zlashtirib oladilar. Bu bilimlarni o‘zlashtirish hajmli buyumlarning uch o‘lchovli ekanligi haqidagi tasavvurlarni bundan keyin rivojlantirish uchun asos bo‘ladi. Masofalarning har xil turlari bilan tanishtirishni asta -sekin amalga oshirish kerak. Chunonchi, eng oldin bolalarni yassi buyumlarda uzunlikni aniqlashga, buyumlarning uzunliklari bo‘yicha taqqoslashga va ularning kattaliklariga oid ta’riflar berishga o‘rgatish maqsadga muvofiq. So‘ngra buyumlarning kengligi bo‘yicha, ularning kattaliklarini aniqlab, taqqoslash kerak. Shundan keyin bolalar buyumlarda balandlikni, nihoyat, qalinlik (yo‘g‘onlik) ni ajratish malakasini egallaydilar:
buyumlarning o‘lchamlari haqidagi tasavvurlarning xususiyatlari: uch o‘lchovli differensiyalash, buyumlarning o‘lchovlari bo‘yicha, tranzitivlik (to‘ppa - to‘g‘ri) munosabatlarini o‘rnatish;
bolalarning uzunlik va hajmni o‘lchash usullari va o‘lchovlar haqidagi bilimlaining o‘ziga xosligi;
bolalar o‘lchash harakatlarining xususiyatlari;
har xil yoshdagi guruh bolalarini buyumlarning o‘lchami va kattalik bilan tanishtirish masalasi;
maktabgacha tarbiya yoshidagi har xil yoshdagi guruhlarda
buyumlarning o‘lchami bilan tanishtirish (mashg‘ulotlardan qismlar ko‘rsatish);
bolalarni kattalikni o‘lchashga o‘rgatish;
har xil yoshdagi guruhlarda bolalarni buyumlarning o‘lchamlari bilan tanishtirish uchun didaktik o‘yinlardan foydalanish;
bolalar bog‘chasida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun material tanlashga qo‘yiladigan talablar.
Nazorat uchun savollar: Kichik va o‘rta guruhlarda predmetlarning o‘lchami va ularni o‘lchash haqidagi tasavvurlarini shakllantirish haqida.
Katta va tayyorlov guruhlarda predmetlarning o‘lchami va ularni o‘lchash haqidagi tasavvurlarini shakllantirish haqida.
Kattalik guruhlarda qanday o‘rgatiladi?
Taqqoslash bolalarda qaysi yoshdan o‘rgatiladi? Bolalarda shartli o„lchov yordamida turli o„lchamlarni o„lchash
haqidagi tasavvurlarini shakllantirish