Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə23/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bolalar
Tarbiyachi: Bugun katta guruh bolalari katta uy qurishadi, ular ko‘p qurilish materiallariga ega bo‘lishlari kerak. Ularga ayniqsa, uzunligi 3 shartli o‘lchovga, balandligi esa 1 shartli o‘lchovga teng bo‘lgan brusoklar (taxtachalar) kerak. Har biringizning oldingizda o‘lchov va brusoklar turibdi. Ularni o‘lchang va kerakliklarini ajrating. Brusokning uzunligiga nechta shartli o‘lchov joylanashi kerak.
Bolalar: Uchta shartli o‘lchov.
Tarbiyachi: Brusokning balandligiga nechta shartli o‘lchov joylashishi kerak?
Bolalar Bitta shartli o‘lchov
Tarbiyachi: O‘lchovlarni oling va ular bilan brusoklarni o‘lchang, kerakli brusoklarni ajrating. (Bolalar topshiriqlarni bajarishdi, tarbiyachi ba’zi bolalarga yordam berdi).
Miqdoriy bahoni tarkib topishi jarayonida bolalarda ko‘z bilan chamalash rivojlanadi. Shu maqsadda bolalarni idrok qilinadigan o‘lchamlarning kattaliklari yaxshi ma’lum buyumlar yoki harakatlar bilan taqqoslash (uch qadamga teng uzunlik, odam bo‘yicha balandlik va b.) ga o‘rgatish lozim.
Shu vaqtning o‘zida tarbiyachi bolalarning e’tiborini buyumlarning uzunlik, balandlik, qalinliklari bo‘yicha o‘zgarishlariga qaratadi. Bu o‘zgarishlarni “bu kalta”, “qalinroq bo‘ldi”, “balandroq bo‘ldi” kabi so‘zlar bilan to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatish kerak.
Tarbiyachi ta’lim jarayonida bolalar kattaliklarning miqdoriy bahosi borasida o‘zlashtirgan bilim va malakalarini taqqoslashga, har xil hayotiy vaziyatlarda ulardan foydalanishga o‘rgatishga harakat qiladi. Bolalarning ko‘z bilan chamalash malakalarini rivojlanishiga alohida e’tibor berish kerak. Sayllarda bolalar e’tiborini masalan, yo‘l va yo‘lkalarning (qishloq sharoitida), ko‘chalarning o‘tish joylari va trotuarlarning (shahar sharoitida) kengligiga; balandliklari bo‘yicha teng yoki har xil bo‘lgan daraxt va uylarga, yo‘g‘onroq yoki ingichkaroq daraxtlar tanalariga va boshqa narsalarga qaratish mumkin.
Ta’lim jarayonida bolalar e’tiborini miqdoriy baholarning nisbiyligiga, ularning taqqoslanayotgan buyumlarning kattaliklariga bog‘liq ekaniga qaratish kerak. Bu kattalik bahosini ayni matematik jihatdan tushunish uchun muhim ahamiyatga ega.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, biror amaliy topshiriq shaklida berilgan taqqoslashlarni, masalan, ma’lum uzunlikdagi, kenglikdagi, balandlikdagi buyumlarni taqqoslash, yoki tanlash uchun juftini topish kabi topshiriqlarni bolalar katta qiziqish bilan bajaradilar.
Bolalar uzunligi, kengligi, balandligi namuna sifatida berilgan buyumning uzunligi, balandligi, kengligi teng, ya’ni bitta yoki bir necha masofaning turi bo‘yicha buyumlarni topishlari yoki tayyorlashlari kerak bo‘ladigan buyumlarning kattaliklarini tenglashga doir mashqlar shunday mashqlardir.
Bunday topshiriqlarni bajarishda bolalarning ancha qiyin tahlilni amalga oshirishlariga, buyumlardan qaysinisi namuna bilan tenglashtirishga to‘g‘ri kelishini o‘rnatishlariga va buyumlarni qaysi yo‘l bilan tenglashtirish mumkin ekanini aniqlashlariga to‘g‘ri keladi.
Bolalarni tenglashtirishning ikki usulini, ya’ni buyumni kichiklashtirish yoki kattalashtirish yo‘li bilan tenglashtirish usullarini topishiga qiziqtirish uchun harakat qilish kerak.
Buyumlar tartiblangan qatorining ko‘p sondagi buyumlar
kattaliklarini taqqoslashga doir mashqlarga ham katta ahamiyat beriladi.
Bolalarning o‘rta guruhda egallagan ko‘nikmalariga asoslanib, biz ularga buyumlarni ularning kattaliklari ortib boradigan tartibda joylashtirishni taklif qilamiz.
Bolalar dastlab qatordagi eng katta yoki eng kichik elementni (eng uzun yoki eng qisqa poloskani) topadilar.
Shundan keyin bolalar qator bo‘ylab buyumlarning kattaliklarini aytib yurishadi, biz bu qatorni obrazli qilib, “zinacha” deb ataymiz: eng qisqa, uzunroq, yanada uzunroq, eng uzun yoki uzun, qisqa, yanada qisqa va h.k., nihoyat eng qisqa. Shu yo‘l bilan biz tartiblangan qator yo‘nalishi aniqligini ta’kidlashga harakat qilamiz.
Qatordagi buyumlardan bittasi bolalarga ko‘rsatiladi va uni qo‘shnilari bilan taqqoslash taklif qilinadi. Ular qaysi buyum katta va qaysi buyum kichik ekanini taqqoslaydilar: qizil poloska ko‘k poloskadan uzun, ammo yashil poloskadan qisqaroq.
Shundan keyin buyumlardan birining kattaligini o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi buyumlar bilan taqqoslashni o‘rgatamiz (qizil lenta ko‘k, sariq lentalardan uzunroq, ammo yashil, havorang, jigarrang lentalardan qisqa).
Bir nechta mashq natijasida bolalar buyumlarning tartibi bilan joylashtirish qoidasiga mustaqil kelibgina qolmay, balki eng muhimi, tartiblangan qator buyumlarini kattaliklarini aniqlashdagi nisbiylikni tushunib yetadilar.
Tartibi bilan qo‘yilishi kerak bo‘lgan buyumlarni qanday tanlash kerak, degan savolga bolalar, har gal qolgan buyumlar orasidan, buyumlarning qaysi tartibda joylashtirilishiga qarab, eng uzunini yoki eng qisqasini tanlash kerak, deb to‘g‘ri javob beradilar.
Bolalar buyumlarni tartiblashni amalda o‘rganib olishganidan keyin, biz ular e’tiborini qatorning qo‘shni buyumlari kattaliklari orasidagi farqning tengligiga qaratamiz.
Buning uchun oldin qo‘shni buyumlar kattaliklari orasidagi farq o‘lchov bilan o‘lchanadi va istalgan buyum qo‘shni buyumlardan bir o‘lchov katta yoki kichik ekani aniqlanadi. Shundan keyin buyum qo‘shni buyumlarning biridan qancha katta bo‘lsa, ikkinchisidan shuncha kichik bo‘lishi o‘rgatiladi.
Keyinroq, xuddi shu maqsadda, bir nechta o‘lchovni qo‘yish va o‘lchash natijasida hosil bo‘lgan sonlarni taqqoslash usulidan foydalaniladi.
Bolalar har xil uzunlikdagi beshta poloskani tartibi bilan qo‘yishadi, o‘lchovni ketma -ket qo‘yish bilan ularni o‘lchashadi, o‘lchash natijalarini taqqoslashadi. Har bir poloska qo‘shnisidan bir o‘lchov uzun yoki bir o‘lchov qisqa ekani aniqlanadi.
Bunday mashqlar bir vaqtning o‘zida (ya’ni parallel ravishda) bolalarning qo‘shni sonlar borasidagi bilimlarini mustahkamlash imkonini beradi.
Shunday qilib, tartiblangan qator bilan ishlash jarayonida bolalar kattalikning qator yo‘nalishining aniqligi, qator qo‘shni hadlari orasidagi farqning tenglik alomatini aniqlashdagi nisbiylik kabi xossalarini tushunib etadilar.
Bu haqda bolalarning qatorni oraliq elementidan boshlab tuzish, oraliq yoki tushirib qoldirilgan element o‘rinni topish kabi topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarganliklari guvohlik beradi. Bu topshiriqlar “Nima o‘zgardi?”, “Nima yo‘q bo‘ldi?” kabi o‘yinlar shaklida o‘tkaziladi. Masalan, hosil bo‘lgan qatorda sanoq bo‘icha qaysi poloska etishmaydi yoki sanoq bo‘yicha qaysi poloska ortiqcha?
Kattalik bilan tanishtirishni amalga oshirishda bolalarning ko‘z bilan chamalash malakalarini rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Katta guruhda oddiy ko‘z bilan chamalash (katta yoki kichik buyumlarni topishga yoki berilgan namunaga qaraganda kattaliklari bo‘yicha teng bo‘lgan buyumlarni topish) ga doir masalalar taklif qilinadi. Bolalar bu masalalarni oldin ko‘z bilan chamalab yyechadilar, undan keyin esa ustiga qo‘yish va yoniga qo‘yish usullaridan foydalanib tekshiradilar.
Buyumlar kattaliklarini tenglashtirish, kattaliklar orasidagi farqni topishga doir qiyinroq masalalarni bolalar oldin amaliy yo‘l bilan yechadilar, ya’ni bir buyumni ikkinchisining ustiga yoki yoniga qo‘yib, ortiqcha yoki yetishmayotgan bo‘lakni aniqlash bilan yechadilar.
Keyinroq bolalar shu masalalarni ko‘z bilan chamalab echishni o‘rganadilar.
Bolalar maxsus tanlangan buyumlar orasidan kattaligi bo‘yicha teng buyumlarni topishni o‘rganadilar, so‘ngra esa atrofdagi buyumlar orasidan namunaga teng buyumni izlaydilar.
Buning uchun ushbu mashqdan foydalaniladi: “Uzunligi, kengligi, balandligi bo‘yicha teng buyumlarni top va ayt. Kattalikning to‘g‘ri topilganligini shartli o‘lchov bilan tekshiramiz”.
Tartiblangan kattaliklar qatori xossalarini o‘zlashtirish asosida tasavvurga ko‘ra buyumlarning kattaliklarini aniqlash va taqqoslash- larga doir mashqlarga o‘tamiz. Bu sistemani o‘rgatishda bolalarga bir jinsli buyumlar qatorida aniq o‘rinni egallovchi har qanday buyumni topish imkonini berishini nazarda tutamiz. Shu munosabat bilan bolalardan u yoki bu buyum (qalam, piyola, koptok va b.) ning kattaligi qanday deb so‘raladi.
Shu bilan parallel ravishda bolalar o‘zlariga tanish buyumlar kattaliklarini eslab qolishga doir mashq qildiriladi: bog‘chamizning atrofidagi devorning balandligi qanday? va h.k. Bolalarga har xil, ya’ni lenta, qalam va boshqa buyumlar beriladi, ularda xuddi shunday o‘lchamdagi boshqa buyumni aytishlari talab qilinadi. Bunday topshiriqlar beriladi: “Shunday ikkita buyumni aytki, ulardan biri ikkinchisidan baland, uy devoridan baland, past, keng, tor, uzun, qisqa deyish mumkin bo‘lsin”.
Bolalar, odatdagidek, o‘rtoqlarini talabchanlik bilan tinglaydilar, bahslashadilar, o‘z mulohazalarini aytadilar, demak, mulohaza yuritishni o‘rganadilar.
Bolalar olgan bilimlar mos so‘zlarda mustahkamlanishi qanchalik muhim ekani ma’lum. Shu sababli ish jarayonida bolalar nutqining o‘sishiga katta ahamiyat beriladi.
Bolalar buyumlarning kattaliklarini to‘g‘ri aytishni o‘rganadilar (oq sharf tor, qizil sharf esa keng), buyumlarni taqqoslashda sifatlarning qiyosiy va chog‘ishtirma darajalaridan foydalanadilar: baland - past, keng - tor, uzun - qisqa, qalin -yupqa, eng uzun.
Munosabatlarning o‘zaro teskari xarakterda ekanligini tushunmoq uchun nutqda buyumlarning kattaliklari bo‘yicha o‘zaro teskari bog‘lanishda bo‘lishlarini aks ettirishga o‘rgatiladi: qizil qalam ko‘k qalamdan uzun, ko‘k qalam esa qizil qalamdan qisqa.
Bunday ish bolalar bilan kattalikning bo‘yicha munosabatlarini nutqda aks ettirish ishning boshlang‘ich bosqichida bolalarda qiyinchilik tug‘diradi. Ana shu yerda savollarni aniq qo‘yishgina emas, balki ularni bo‘lib berish ham juda muhimdir. Masalan, bolalar qizil va ko‘k lentalar uzunliklarini taqqoslashadi: “Eng uzun lenta qaysi rangda?” Shundan keyin qiyinroq savollarni beramiz: “Ko‘k lentaning uzunligi haqida nima deyish mumkin? Qizil lentaning uzunligi haqida-chi?”.
Shundan keyingina umumlashtiruvchi savollarga o‘tiladi: “B lentalarning uzunliklari haqida nima deyish mumkin?”, “Lentalarning kattaliklarini taqqoslang”, “Lentalar nimasi bilan o‘xshash va nimasi bilan farq qiladi?”.
Qo‘yilgan savolga aniq javob olishga erishmoq kerak. Har xil ish usullari va didaktik materialni almashtirish tarbiyachiga har qaysi bolaning aniq javobni mustaqil izlashda mashq qildirish imkonini beradi. Bola juda qiynalib qolgandagina, o‘rtog‘ining javobini qaytarishga ruxsat beriladi. Bolalar o‘zlari bajarayotgan ishning mazmunini tushunib yetganlaridagina, ularning tafakkurlash
qobiliyatlarini o‘stirish imkoniyati yaratiladi. Ishni bajarishgina emas, balki nima qilayotganini gapirib berish ham muhimdir. Shu sababli bolalardan nima qilganlarini, qanday qilganlarini va natija nimadan iborat ekanini so‘zlab berishni talab qilish maqsadga muvofiq.
Bolalar ishlash usullarini o‘zlashtirib olganlariga qarab, ular ishlarni oldindan rejalashtirishga majbur qilinadi. Masalan, bolalarga buyumlarning kattaliklariga qarab guruhlash topshirig‘ini berib, oldin kattaliklarning qaysi alomatlari bo‘yicha yoki buyumlarning qaysi alomatlari bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkinligini o‘ylab ko‘rish taklif qilinadi.
Biroz keyinroq bu topshiriq bilan bir vaqtda buni qanday bajarishni, u yoki bu guruhga qaysi buyumlar oidligini va nega shunday bo‘lishini gapirib berish taklif qilinadi.
Dastlabki shunday tahlildan keyingina bolalar tegishli ishlarni bajarishadi, guruhlarga ajratishni amalda bajarib, o‘z javoblarining to‘g‘riligini isbotlashadi.
Bu xil topshiriqlar bolalardan vaziyatni sinchiklab tahlil qilishni, buyumlarni tanlash qoidasini oydinlashtirish (sintez) ni talab qiladi, ularni klassifikasiyalash, umumlashtirish bo‘yicha mashq qilish imkonini beradi. Demak, bolalarning mantiqiy fikrlashlarini rivojlantiradi.
0‘tkazilgan ish natijasida yil oxiriga kelib bolalar buyumlarning uzunligi, kengligi, balandligi, qalinligini yaxshi farq qiladilar, kattaliklarni taqqoslashning har xil usullaridan foydalanadilar va bularni baholash uchun aniq ifodalarni qo‘llaydilar, o‘z yechimlarining to‘g‘riligini isbotlay oladilar, buyumlarning kattaliklarini ko‘z bilan chamalab, ancha aniq topa oladilar.
Bolalar kattaliklar haqidagi o‘z bilimlarini har xil (tasvirlash, o‘yin, mehnat) faoliyatlarida qo‘llashlari mumkin.
Mazkur ish bolalarning idrok qilish va fikrlash qobiliyatlarining rivojlanishiga katta ta’sir qiladi.
Bolalar kattalik a’lomatlarini ajratish va shu bilan birga, ajratilgan alo‘latlar bo‘yicha buyumlarni taqqoslay olish, umumlashtirish malakalarini egallab oladilar. Kattaliklar orasidagi o‘zaro teskari munosabatlarni aniqlay olish, bir yoki bir necha a’lomatiga ko‘ra buyumlarni tartibga solish va guruhlashning uddasidan chiqa oladilar.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin