Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə36/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Nazorat uchun savollar:

  1. Bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish qaysi yoshdan boshlab o‘rgatiladi?

  2. Fazoda mo‘ljal olishning mazmuni haqida fikringiz.

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tekislikda mo‘ljalga olish qanday o‘yinlar orqali o‘rgatiladi?

  1. Bolalarda vaqt tasavvurlarini shakllantirish Vaqt bo„yicha mo„ljal olish tushunchasining mazmuni.

Bolalarning o‘zlari rejimning har xil momentlarini bajarish uchun qanchadan vaqt sarflaganliklariga qiziqa boshladilar. Ular rejimni ongli bajaradigan bo‘lishdi. Bolalarda bir, ikki yoki bir necha daqiqaning o‘tishini aynan bir xil farqlash malakasi shakllandi. Bolalar rivojlanishining umumiy samarasi shunday bo‘ldi, unda nafaqat intellektual, balki axloqiy komponentni ham ko‘rish mumkin.
M.I.Vasilyeva bolalarni hammasi bo‘lib bittagina vaqt o‘lchovi birligi— daqiqa bilan tanishtirdi. Shunisi juda qimmatliki, bolalarda
vaqtni his etishni, ularni daqiqa bilan tanishtirish asosida rivojlantirish ataylab qilingan tadqiqotlarsiz, jonli pedagogik jarayon sharoitlarida amalga oshirildi. Bolalarga daqiqaning davomiyligini ular uchun qiziqarli bo‘lgan har xil faoliyatlarda his etishni taklif qilindi. Masalan, tarbiyachi bolalarga bir daqiqa davomida koptokni polga urib o‘ynashni yoki koptokni osmonga otib, ilib olib, o‘ynashni taklif qiladi. Bir xil o‘yin- mashqlar sakragichlar, halqalar bilan ham o‘tkaziladi. Bolalar daqiqaning davomiyligini his etishlari uchun ba’zan ularga bir daqiqa jim o‘tirish taklif qilinadi. Tarbiyachi bolalarning qiziqishlarini qanoatlantirish uchun ularning rejimning biror momentini bajarishga qancha vaqt sarflaganliklarini, har bir bolaning faoliyat sur’ati qandan ekanini aytib berdi. Keyinroq bolalarning o‘zlari masalan, kiyinish uchun sarflagan vaqtlari davomiyligini aniqlashadi- Tarbiyachi esa, bolalarning vaqt haqidagi hukmlarining aynan bir xilligini tekshirib turadi.
Bolalarda vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish malakasi qachon rivojlana boshlaydi, demak, qachon maxsus pedagogik rahbarlik talab qilinadi?
Ma’ lumki, vaqtga nisbatan refleks hayvonlarda ham, odamlarda ham mavjud. Masalan, bola hayotining birinchi onlarida shakllanadigan vaqtga nisbatan refleks emizishlar orasida o‘rnatilgan vaqt oraliqlari davomiyligini his etishdan dalolat beradi. Mana shuning o‘zi rivojlanayotgan bolada vaqt bo‘yicha mo‘ ljal olishning dastlabki bosqichidir, u hozircha dastlabki signal xarakteriga ega.
Ma ’lumki, vaqt b o‘yicha oriyentr (mo‘ljal) olish hayvonlarda ham kuzatiladi. Bu malaka hayvonlarda biologik ehtiyojlarning paydo bo‘lishi va organizm faoliyatining davriyligi asosida rivojlanadi. Shu sababli hayvonlarda vaqt b o‘yicha mo‘ljal olish, aniqlik va takomilning eng yuqori darajasiga yetgani bilan ham ularning mutlaqo biologik ehtiyojlari bilan shartlanilgan
chegaradan oshib ketmaydi.
Falsafa va psixologiyaning tasdig‘icha, vaqtni idrok etish bo‘yicha mo‘ljal olish insonda biologik asosda ham, ijtimoiy asosda ham, uning hayotiy faoliyatida keng ijtimoiy aloqalar va munosabatlar jarayonida paydo bo‘ladi va shakllanadi.
Vaqtning birinchi signal aloqalari shaklidagi hissiy i n’ikosi (akslanishi) bola hayotining birinchi oylaridayoq, bunda, albatta, o‘zining biologik asosini yo‘qotmagan holda, ijtimoiy jihatdan bevosita namoyon bo‘ladi. Keyinchalik vaqtni birinchi signal aloqalarni shaklida hissiy akslanishi ikkinchi signal aloqalari
sistemasiga kiritiladi va muhim sifat o‘zgarishlariga uchraydi. Vaqtni his etish ham sifat jihatidan boshqacha bo‘lib qoladi, vaqtni his etishni rivojlantirish bolaning vaqt o‘lchovlari birliklarini doimo o‘zlashtirishiga asoslanadi.
Atrofdagi olamning inson miyasida akslanishining umumiy tabiatiga o‘xshash, fazoni va vaqtni akslantirish bir vaqtning o‘zida bilish bosqichlari hisoblanadigan ikki asosiy shaklda, ya’ni bevosita (hissiy-obrazli) va bilvosita ifodalangan (mantiqiy- tushunchaviy) shaklda yaqqol namoyon bo‘ladi. Aks ettirishning bu asosli shakllarining o‘zaro bo g‘liqligi va birligi borliqning fazoviy va vaqt munosabatlarining akslanish sohasida ham payqala boshlaydi.
Akslantirish va vaqt b o‘yicha mo‘ljal olishning yangi darajasiga o‘tishni, odatda, nutqning shakllanishi davri bilan, bola nutqining lug‘at tarkibi va grammatik tuzilishi ixtisoslashtirshi davri bilan bog‘laydilar. Bu jarayonda bola tomonidan maxsus («vaqtga» doir) atamalarning o‘zlashtirilishi va kattalarning o‘rgatuvchilik funksiyasiga muhim rol ajratiladi.
Shunday qilib, maktabgacha b o‘ lgan yoshni bolaning vaqtga nisbatan mo‘ljal olishni nazariy bilishini dastlabki bosqichining shakllanishi va vaqtni hissiy va mantiqiy aks ettirish birligini shakllantirish, deb tavsiflash mumkin.
Ikkinchi signal aloqalarida vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish yoki uning «mantiqiy-tushunchaviy» darajada aks ettirilishida vaqtning har xil birliklarni yoki vaqt o‘lchovini bilishning zarurligi nazarda tutiladi. Vaqtning sekund, daqiqa, soat, kun, sutka, hafta, oy, yil va boshqa o‘lchov birliklari o‘ziga xos etalonlar-dir. Insonning obyektiv borliqning vaqtga oid munosabatlarini tarixan bilish va obyektiv baholashining umumlashtirilgan tajribasi shunday birliklarda to‘plangan. Vaqt o‘lchovi birliklari o‘zaro bog‘langan va ular o‘ziga xos sistema
hosil qiladi. Vaqt o‘lchovining har bir keyingi birligi ma’lum miqdordagi oldingi miqdordan tuziladi. Chunonchi, masalan, 60 sekund bir daqiqani hosil qiladi, bir soat 60 daqiqaga teng; bir sutka 24 soatga teng; bir, yil 12 oyga teng va h.k
Vaqt etalonlarining butun sistemasini o‘zlash-tirish asosida vaqt o‘lchovi * birliklari orasidagi munosabatlarni uni tuzuvchi komponentlar sifatida tushunish yotadi.
Mana shuning uchun ham maktabga borguncha bolalarning vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish malakasining ontogenik va psnxodidaktik aspektlari birinchi navbatda bolalar tomonidan alohida vaqt o‘lchovi birliklarini, shuningdek, vaqt etalonlari sistemasini o‘zlashtirishdan iborat.
Shunday qilib, bolalar bog‘chasida vaqt bo‘yicha mo‘ljal olishning rivojlanishi tor didaktnk maqsadlarga xizmat qila olmaydi, u bola shaxsini kamol toptirishning samarali vositasi bo‘lib qolishi kerak. Har xil guruhlarda vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish malakasini shakllantirish masalasi va metodikasini xuddi shu pozisiyalardan qarash kerak.
2.Ikkinchi kichik guruh.
Vaqt tushunchalarini shakllantirish ishini kundalik turmushda o‘tkazish kerak. Aniq kun tartibi (qat’iy o‘rnatilgan turish vaqti, tonggi gimnastika, mashg‘ulotlar, ovqatlanish, hordiq chiqarish vaqtlari) bolalarda sutka qismlari haqida tasavvurlarni
shakllantirish uchun real sharoitdir.
Sutka davomida tarbiyachi bolalar e’tiborini ular faoliyatlari xarakterlari bilan bog‘liq har xil vaqt oraliqlari o‘rtasidagi munosabatlarga qaratadi. Tarbiyachi sutka qismini aytadi va bolalarning shu qismga mos keluvchi faoliyat turlarini sanab o‘tadi, masalan: «Hozir er-talab. Siz gimnastika qildingiz, yuvindingiz, nonush-ta qilasiz». yoki «Hozir kunduzi. Kunduzi ota-onalarimiz ishlashadi, biz esa shug‘ullanamiz».
Tarbiyachi bitta bola bilan, kichik-kichik guruhlar bilan suhbatlashib, ulardan kechasi, ertalab (uyg‘onganlaridan keyin), kunduzi nima qilganliklarini gapirib berishni so‘raydi.
Elementar matematik tasavvurlarni rivojlan-tirishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda bolaning sutka haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir vaqt oralig‘i uchun xarakterli bo‘lgan faoliyat turlari tasvirlangan rasmlar o‘zlariga ko‘rsatiladi va
ulardan so‘raladi: «rasmda tasvirlangan bolalar nima qilishmoqda? Buni ular qaysn vaqtda qilshnmoqda?» Ushbu savollarga javob berish taklif qilinadi: «Sen qachon dam olasan? Sayr qilasan? Uxlaysan? va h.k. Kichkpntonlarga kunduzi, kechasi, ertalab, kechqurum tasvirlangan rasmlarni sutkaning berilgan qismi uchun xarakterli bo‘lgan amaliy faoliyatlari tavsiflangan hikoyalardan, she’rlardan parchalar o‘qishdan ham foydalapish mumkin.
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda ularning sutkaning u yoki bu vaqtiga mos keladigan faoliyatlari va tabiat hodisalari tasvirlangan syujetli rasmlarni qaraydi, illyustrativ materiallardan foydalanib va ularsiz didaktik o‘yinlar o‘tkazadi, suhbatlashadi, hikoyalar, ertaklar o‘qiydi.
Tarbiyachi asta-sekin bolalar sutka qismlarining xarakterli belgilarini farqlashlariga, ularni gapirib berishlariga erishadi.
Ish vaqtining oraliqlari, ya’ni kunduz-kecha, ergalab-kechqurun, yaqqol tasvirlangan rasmlarni qarashdan boshlagan ma’qul. Bunda tarbiyachi bolalarning vaqtning u yoki bu oralig‘idagi faoliyatlari haqidagi xotiralarini faollashtiradi. Masalan, kun tas-virlangan rasmni ko‘rsatadi va so‘raydi: «Rasmda nima tasvirlangan?»
Bolalar. Bolalar o‘ynashmoqda. Quyosh yoritmoqda. Qushchalar uchmoqda.
Tarbiyachi. Qachon quyosh yorqin nur sochadi?
Bolalar. Kunduzi.
Tarbiyachi- Bolalar, siz kunduzi nima qilasiz?
Bolalar. O‘ynaymiz, ovqatlanamiz, shug‘ullanamiz va boshqa ishlarni qilamiz.
Tarbiyachi. Ota-onalarimiz kunduzi nima qilishadi?
Bolalar. Ota-onalarimiz kunduzi ishga borishadi.
Shundan keyin, kechasi tasvirlangan rasmni qarab, bolalar kechasi qorong‘i bo‘lishini, osmonda yulduzlar va oy bo‘lishini, uylarda elektr lampochkalar yonayotganini, kechasi hamma uxlashini ta’kidlaydilar.
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda ertalab va kechqurun tasvirlangan rasmlarni ham xuddi shu usulda qaraydi. Tabiatda va odamlar faoliyatida sutkaning u yoki bu qismi yorqin tasvirlangan (ajratilgan) rasmlarni tanlashadi.
Bolalar olgan bilimlarini keyingi mashg‘ulotda mustahkamlash zarur. Shu maqsadda sutkaning har bir qismiga oid belgilar yorqin tasvirlangan ertak aytib berish mumkin. Masalan, tarbiyachi quyonchani stolga o‘tkazadi va u o‘rmondan kelganligini aytadi.
Quyoncha bolalar bilan salomlashadi «Hozir, - deydi tarbiyachi, - shu quyoncha haqida ertak aytib beraman». O‘rmonda bir quyoncha yashar edi. Bir kun ertalab vaqtli uy g‘ondi, derazadan qaradi va o‘rmon yoru g‘, quyosh k o‘tarilib kelayotganini, qushlar
sayrayotganini ko‘rdi. Quyoncha bo‘sag‘aga chiqdi - kun issiq, badantarbiya qildi. Tishlarini tozaladi, yuvindi. Shundan keyin nonushta qilish uchun stol yoniga o‘tirdi... Nonushta qilib b o‘lganidan keyin, o‘z do‘stlari - quyonchalar bilan o‘ynash uchun o‘rmonga chopib ketdi.
Tush payti bo‘ldi. O‘rmon juda isib ketdi. Quyoncha uyiga chopib bordi, panjalarini yuvdi va ovqatlanish uchun stol yoniga o‘tirdi. Tushlikdan keyin hordiq olish uchun karavotchaga yotdi, uxlab uyg‘onganidan keyin yana o‘ynash uchun o‘rmonga chopib ketdi.
Mana endi quyosh bota boshladi. Qorong‘u tusha boshladi. Qushchalar sayrashdan to‘xtashdi. Kech bo‘ldi. Quyoncha o‘z o‘rtoqlari bilan xaprlashib, uyga chopib ketdi. Uyida u ovqatlandi va uxlash uchun yotdi.
Tim qorong‘i kecha boshlandi. O‘rmonda hamma narsa - quyoncha ham, qushcha ham, kapalak ham uxlamoqda, quyosh ham uxlamoqda, Faqat yulduzlar bilan oy bedor. Ular tim qorong‘u kechada yorqin nur sochib turishibdi.
Bolalar, quyoncha o‘z fotosuratini o‘rmondan keltirdi, u qachon suratga tushganini, ya’ni ertalab, kech-qurun, kunduzi yoki kechasi suratga tushganini bilishni istaydi».
Tarbiyachi quyonning sutkaning har vaqtidagi hara-katlari tasvirlangan rasmlarni bolalarga ko‘rsatadi-Bolalar qachon nima b o‘lishini aniqlaydilar va nega bunday deb o‘ylashlarini tushuntirib beradilar.
Keyingi mashg‘ulotda tarbiyachi har qaysi bolaga ertalab, kechqurun, kunduzi va kechasi tasvirlangan t o‘rttadan rasm beradi va sutkaning u yoki bu vaqti tasvirlangan rasmni ko‘rsatishni so‘raydi. Eng yaxshisi bolalarning va kattalarning harakatlari yoki tabiat hodisalari tasvirlangan rasmlarni tanlash maqsadga muvofiq. Bu mashg‘ulotda vazifa yanada murakkablashtiriladi. Bolalar mustaqil ravishda sutkaning har-xil qismlari uchun xarakterli b o‘lgan belgilarni ajratishlari kerak, bitta emas, balki birdaniga to‘rtada rasmni tahlil qilib, ularni tarbiyachi aytgan tartibda joylashlari, ketma-ketligini aniqlashlari kerak.
To4rtinchi mashg‘ulotda bolalarning sutkaning qism-larn haqidagi bilimlari mustahkamlanadi. Mashg‘ulot didaktik o‘yin tariqasida o‘tkaziladi. Tarbiyachi bolalarga qachon nima bo‘lishini topishni taklif qiladi.
O‘yinda sutkaning har xil qismi uchun xarakterli bo‘lgan belgilarni aytishadi, bolalar esa bu qachon bo‘lishini aniqlashadi. Masalan, «Quyosh chiqadi. Onalar va otalar ishga ketishadi, bolalar esa bo g‘chaga borishadi». Quyosh yuqori ko‘tariladi. Bolalar sayr vaqtida o‘ynashadi. Yoki «Ko‘cha qoron g‘i. Osmonni oy yoritmoqda, uylarning derazalarida esa chiroqlar yoru g‘i ko‘rinib turibdi» va h.k.
Kichik guruhda bolalarni sutkaning qismlarini ularning xarakterli belgilari b o‘yicha farqlashga taxminan shunday o‘rgatish mumkin.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin