Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə35/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Tayyorlov guruhi. Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarning harakat yo‘nalishida ularning o‘zi va buyumlar orasidagi, buyumlarning o‘zi orasidagi fazoviy munosabatlarda, shuningdek, qog‘oz varag‘ida (tekislikda) mo‘ljal olish malakalari rivojlantiriladi va mustahkamlanadi. Bolalar bilan ishlash metodikasi “chapdan - o‘ngdan”, “ustida -ostida” kabi qarama- qarshi yo‘nalishlarni ajratishga asoslanishi kerak.
Bolada qog‘oz varag‘ida mo‘ljal olish malakalarini shakllantirish uchun bunday topshiriq beriladi: varaqning yuqori chekkasiga 4 ta varaqcha va pastki chekkasiga shuncha gulcha qo‘yish. Shundan keyin tarbiyachi bolalarga nima qayerda yotganini gapirib berishni taklif qilishi mumkin. Bundan keyin topshiriqlarning murakkabroq variantlaridan 9figuralar miqdorini orttirish, ular o‘rinlarini almashtirish va h.q) foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, “kim eslab qoladi?”, “nima o‘zgardi?”, “Nimalari bilan farq qiladi?”, “Juft kartochkalar” kabi o‘yinlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Bunday topshiriqlarni o‘tkazish metodikasi haqida fikr yuritamiz.
Olti yoshli bolalar “o‘ziga” nisbatan to‘la ishonch bilan mo‘ljal oladilar. Ammo hali ularning ko‘pchiligi buyumlarning, boshqa odamlarning o‘ng va chap tomonlarini farq qilishda qiynaladilar. Ularni, masalan, o‘zi tomoniga yuzi bilan aylangan o‘rtog‘ining o‘ng qo‘li uning chap qo‘li qarshisida bo‘lish holi ajablantiradi.
Nega bunday bo‘ladi? Oldingi ish natijasida bolada quyidagi bilim va malakalarning puxta stereotipi (andozasi) yig‘ilib qoladi: o‘ngda (o‘ngroqda, o‘ngga), o‘ng qo‘l turgan tomonda bo‘ladi. Bu fazo “o‘zidan” mo‘ljal olishda mutlaqo to‘g‘ri. Ammo endi vaziyat o‘zgardi. “Bolaga boshqa odamdan yoki boshqa buyumlardan mo‘ljal olish taklif qilinadi. Demak, munosabat nuqtasi subyektning o‘zidan tashqarida belgilanadi. Bu yerda oldinga tajriba fazoviy vaziyatlarning yangi variantlari bilan ziddiyatlikka kirishgandek bo‘ladi. Haqiqatda esa, masalan, bola o‘zi bilan juft bo‘lib turgan. Malik o‘zidan o‘ng tomonda turganini yaxshi biladi. Bu endi odat, oddiy haqiqat. Ammo teskari fazoviy munosabatlarni (chunonchi, “Agar Malik mendan chap tomonda turgan bo‘lsa, u holda men undan o‘ng tomonda turgan bo‘laman”) tushunish tayyorlov guruh bolalari uchun ham unchalik oson emas. Bu yerda “boshqa odamga nisbatan” mo‘ljal olish vaziyati mavjud. Buni to‘g‘ri tahlil qilish uchun bola eng oldin o‘rto0ining o‘ng va chap qo‘li (tomoni) ni aniqlashi kerak. Katta guruhda bolalar bu malakani egallab olishgan, endi esa shu malaka puxta va ustivor ko‘nikma bo‘lishi kerak.
Olti yoshli bolalar o‘ng va chap tomonni boshqa odamga nisbatan aniqlashni xuddi o‘ziga nisbatan o‘ng va chap tomonni aniqlagandek aniqlashini yaxshi tushunib olmoqlari kerak (chap tomon o‘ng qo‘l turgan tomonda, o‘ng tomon chap qo‘l turgan tomonda) aniqlashning samarali usuli xayolan o‘rtog‘ining orqasiga turishdan iboratdir. Shunday qilib, “yuzi bilan orqasiga”boshlang‘ich holatidan, ya’ni bola shrto0ining orqasida turgan holatida boshqa odamga nisbatan o‘ng va chap Tomonni aniqlash kerak, shundan keyin “yuzma-yuz” holatida, ya’ni boshqa bola qarshisiga turib, “o‘ng-chap”ni farqlash kerak. Keyinroq esa har qanday boshlang‘ich holatda, hatto o‘rtog‘i orqasi bilan turganda ham, “o‘ng -chap” tomonlar aniqlanadi.
Katta guruh bolalari fazoviy yo‘nalishlarning asosiy guruhlarini muvaffaiyatli farqlay oladilar. Ular bu bilimlardan atrof fazoda va gorizontal tekislikda mo‘ljal olishda bemalol foydalana oladilar. Kichik
yoshdagi guruhda ularga oraliq yo‘nalishlar (“o‘ngdan oldinda”, chapdan oldinda”) tanishtirilgan, ammo amalda qodlashni bittagina vaziyat -varaq tekisligida mo‘ljal olish bilan chegaralanilgan edi. Maktabgacha tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Chunonchi, bolalar atrofdagi fazoda (guruh xonasi, zal, uchastka) mo‘ljal olib, endi guruh xonasi yuzining oldingi o‘ng qismini, yoki oldingi chap qismii ajrata oladilar, orqadagi o‘ng burchakni, yoki chap burchakni aniqlab oladilar va h.q shu fazo chegarasida mavjud har bir buyumga imkoni boricha aniq fazoviy - og‘zaki tavsif beriladi. Yoki ular o‘yinchoq mashinani (toychoqni, kuchukchani, ayiqchani) qaror ekanlar, har bir g‘ildirakni (oldingi o‘ng yoki oldingi chap, orqadagi o‘ng yoki chap g‘ildirak) ajratib va tavsiflab bera oladilar. Fazoviy yo‘nalishlarni, shuningdek, oraliq yo‘nalishlarni hisobga olib, mo‘ljal olish tajribasi ham ancha o‘zgaradi. “buyumlardan” mo‘ljal olishga oid topshiriqlar miqdori asta -sekin ortadi. Topshiriqlarni bajarish sur’ati va sifatiga nisbatan talablar ortadi. Ko‘p mashqlar musobaqa elementlarini o‘z ichiga oladi (topshiriqni kim tezroq, aniqroq bajaradi) shunday qilib, maktabga tayyorlov guruhida murakkablashtirish elementlari va ba’zi yangi topshiriqlar amalga oshirila boradi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin