Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə43/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Kompetentsiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetentsiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

    1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim
      kompetentsiyalari


Kommunikativ kompetentsiya - muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O„yin kompetentsiyasi - bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv- tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetentsiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetentsiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.

    1. Bolaning rivojlanish sohalari kompetentsiyalari

Bolaning kompetentsiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:

  • jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;

  • ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

  • nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;

  • bilish jarayonining rivojlanishi;

  • ijodiy rivojlanish.

  1. «Jismoniy rivojlanish va sog„lom turmush tarzini
    shakllantirish» sohasi kompetentsiyalari


«Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

  • o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi;

  • turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;

  • turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;

  • o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;

  • shaxsiy gigiena malakalarini qo‘llaydi;

  • sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;

  • xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.

  1. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetentsiyalari

«Ijtimoiy-emotsional rivojlanish» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy
faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

  • o‘z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;

  • o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;

  • o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;

  • kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;

  • murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi.

  1. «Nutq, muloqot, o„qish va yozish malakalari» sohasi

kompetentsiyalari
«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasidagi o‘quv- tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

  • nutqni eshitadi va tushunadi;

  • o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruktsiyalaridan foydalanadi;

  • ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi;

  • ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi;

  • badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;

  • so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida

tasavvurga ega bo‘ladi;

  • turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi;

  • yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.

  1. «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetentsiyalari

Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

  • bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;

  • o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;

  • predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;

  • raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qodlaydi;

  • makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;

  • elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;

  • atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;

  • atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.

  1. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetentsiyalari

«Ijodkorlik» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

  • san’at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi;

  • milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi;

  • san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;

  • olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;

  • insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini

tushunadi.

  1. bob. O„quv-tarbiyaviy faoliyat

O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.

sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim
tashkiloti o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni o‘quv yillari bo‘yicha tashkil qiladi.
O‘quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.
1 iyundan 31
avgustgacha MTMda yozgi

    1. O„quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish

O‘quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma- navbat amalga oshiriladi2.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salodatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi3.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud:
• yillik mavzuviy;
• haftalik.
Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi.
Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur’atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda yordam berishi lozim. SHuni yodda tutish joizki, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin