Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə42/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

maktabgacha ta’lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon;
rivojlanish - inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar;
rivojlanish sohasi- bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar;
kichik soha - sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo‘nalishini ko‘rsatib beradi;
kutilayotgan natija - bolalarda kutilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar ko‘rsatkichi;
bola kompetentsiyasi - ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo‘lgan bolaning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari;
integratsiya - bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqlik;
inklyuziv ta’lim - bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon;
«Men» kontseptsiyasi - bolani o‘zi haqidagi anglangan
tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatini bir qismi;
refleksiv faoliyat - bolada o‘z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.

  1. Davlat talablarining maqsadi - mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion ko‘lmunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.

  2. Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

  • milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

  • ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

  • kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.

  1. Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:

  • bolaning noyobligi;

  • «Men» kontseptsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;

  • bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;

  • bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;

  • bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.

  1. bob. Davlat talablarining tarkibi.

  1. Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini ko‘zda tutadi va bola rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat.

  1. Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:

  • jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;

  • ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

  • nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;

  • bilish jarayonini rivojlanishi;

  • ijodiy rivojlanish.

  1. «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

  • yirik motorika;

  • mayda motorika;

  • sensomotorika;

  • sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik.

  1. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

  • «Men» kontseptsiyasi;

  • hissiyotlar va ularni boshqarish;

  • ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.

  1. «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

  • nutq va til;

  • o‘qish malakalari;

  • qo‘l barmoqlari mayda motorikasi.

  1. «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

  • intellektual-anglash malakalari;

  • elementar matematik malakalar;

  • tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.

  1. «Ijodiy rivojlanish» soha quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

  • dunyoni badiiy tasavvur etish;

  • badiiy-ijodiy qobiliyatlar.

  1. Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • go‘daklik (tug‘ilgandan 1 yoshgacha);

  • erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);

  • kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);

  • o‘rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);

  • katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);

  • maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).

  1. Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 1-ilovasida belgilangan.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 2-ilovasida belgilangan.

  1. bob. Yakuniy qoidalar

  1. Mazkur Davlat talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

  2. Mazkur Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Sogmiqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va «Oila» Respublika ilmiy- amaliy markazi bilan kelishilgan.

Nazorat uchun savollar

  1. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining I-bobini izohlang.

  2. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining II-bobini izohlang.

  3. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining III-bobini izohlang.

  4. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining VI-bobini izohlang.

  5. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablar necha bobdan iborat?

  1. Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalari

Мактабда хато булиши мумкин, коллежда хато булиши мумкин, олийгохда хам хато булиши мумкин лекин шу хатоларни тугрилашнинг биттаю-битта ягона йули мактабгача таълим тарбияга ахамият беришдир.
Шавкат Миромонович Мирзиёев

  1. bob. Umumiy qoidalar

Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTT davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv- tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.
Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy:

  • davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

  • maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat

muassasalari;

  • maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar

uylari;

  • maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.

  1. MTT davlat o„quv dasturini qo„llash.

Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim tashkiloti Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTT ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1.

  1. MTTning maqsad va vazifalari.

MTTning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy

faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;

  • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;

  • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.

  1. bob. MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari

    1. MTT ta’lim jarayonining maqsadlari

O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetentsiyalar va rivojlanish sohalari kompetentsiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.

    1. MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari

  • MTT ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;

  • ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;

  • bola salo‘latligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;

  • bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;

  • o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;

  • bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;

  • bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;

  • MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;

  • milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.

Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlanishini qo‘llab- quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.

  1. 3. Qo„shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish.

Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.
Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari fakulbtativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va ho‘liylar ishtirok etishi mumkin.

    1. Alohida ehtiyojga ega bo„lgan bolalar uchun mo„ljallangan ta’lim faoliyati.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.

    1. Ota-onalar bilan hamkorlik.

Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:

  • ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish;

  • ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;

  • ota-onalarni o‘ quv-tarbiyaviy j arayonda faol qatnashishga jalb etish;

  • ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.

  1. bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda
    kompetentsiyaviy yondashuv


Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetentsiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetentsiyalar bolaning faoliyat va axloq sub’ekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin