dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI
Tarbiyachi: hafta kunlarini kattalar qanday bilishadi?
Bolalar: taqvimdan bilishadi. Tarbiyachi: biz ham hafta kunlarini taqvimdan bilishni o‘rganib olamiz. Bizda bunday taqvim bo‘-ladi (ko‘rsatadi). Siz hafta yetti kundan iboratliginn bilasnz: dushanba, seshanba, chorshanba, iayshanba, juma, shanba va yakshanba. Istalgan kunni bnzning ka-lendardan doirachalardagi raqamlardan bilish mumkii, Undagi qora doira dushanbani bildiradi. Dushanba haftaning birinchi kuni. Shu sababli qora fonda bittagnna oq doiracha. Navbatdagi doira kulrang, unda ikkita oq doiracha. U haftaning ikkinchi kuni- seshanbani bildiradi va h.k. Bolalar o‘z doirachalarini qaraydilar, bitta oq doirachali qora doirani topadilar. Bu dushanba. Bolalar shu usulda ketma-ket qaraydilar va barcha doirachalarni aytishadi. Shundan keyin tarbiyachi strelka bilan rangli doirachani- taqvimdagi hafta kunlarini k o‘rsatadi. Bolalar o‘zlaridagi doirachalardan xuddi shundaylarni topadilar va ularni aytadilar; hamma doirachalarni qator qilib joylashtiradilar va hafta kunlarining hammasini tartibi bilan aytib chiqadilar. Bolalar hafta kunlarini to‘g‘ri va teskari tartibda ayta oladilar, sanoq bo‘yicha haftaning to‘rtinchi yoki beshinchi kunini aniqlaydilar, aytilgan kun qaysi kunlar orasida, aytilgan kungacha necha kun o‘tganligini, aytilgan kundan oldin qaysi kun kelishini aniqlaydilar va «Hafta» taqvimini «Ob-havo» taqvimi bilan yonma-yon osib qo‘yish mumkin, bunda bolalar har kuni strelka bilan haftaning o‘tayotgan kunini belgilaydilar. Katta guruhda taqvim bilan ishlash sanoq bilan tanishilgandan keyin o‘tkazilishi kerak. Taqvimdan foydalanib tarbiyachi, bir tomondan, «hafta» tushunchasining mohiyatini chuqur tushunilishiga ershpadi, ikkinchi tomondan, bolalarni miqdor va sanoq b o‘ yicha mashq qildiradi. Hafta kunlarining nomlari orasidagi farqnigina emas, balki ularning tartib raqamlari, kunlar orasidagi t o‘g‘ri va teskari bog‘lanishlarni ham k o‘rsatish kerak. Buning uchun eng yaxshisi qandaydir biror- bir jinsli (doiralar, uchburchaklar va h.k.) 1 dan 7 gacha buyumlardan foydalanish kerak yoki 1 dan 7 gacha bo‘lgan raqamlardan foydalanish kerak. Katta guruhda sutkaning qismlari haqidagi bilim-lar mustahkamlanadi. Sutka qismlarini bola vaqtning obyektiv ko‘rsatkichlari tabiat hodisalari (quyosh yorqin nur sochadi — kunduzi; qorong‘ulashdi — kechqurun va h.k.) bo‘yicha ham aniqlay olishi kerak. Kunning har xil vaqtida faoliyatning har xil turlari bilan shug‘ullanayotgan bolalar tasvirlangan rasmlar, fotosuratlar; «Bizning kun», «Davom ettir», «Aksincha» kabi didaktik o‘yinlar sutka qismlari haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash imkonini beradi. Tarbiyachi bolalardagi mavjud tasavvurlarga tayanib, tarbiyachi ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi birga sutka hosil qilishini mustahkamlashni davom ettiradi. Turmushda biz ko‘pincha sutka so‘zini kunduzi so‘zi ma’nosida nshlatamiz. Bir kun boshqa kun bilan almashinadi. Yetti kun bir haftani hosil qiladi. Haftaning har bir kuni o‘z nomiga ega. Dushanba — haftaning boshlanishi, undan keyin seshanba, chorshanba keladi va h.k. Hafta kunlarining nomlari biror aniq faoliyat bilan bog‘lansa (seshanba kunlari matematika va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanamiz, payshanba kunlari musiqa mashg‘ulotlari bo‘ladi va h.k.), bola uni eslab qolishi oson bo‘ladi. Bolalar tartib sanoqni o‘zlashtirib olganlaridan keyin, ularni haftaning har bir kuni nomini uning tartibp bilan bogmashga o‘rgatiladi.