Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Kommunikativ kompetensiya



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə50/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Kommunikativ kompetensiya - muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O„yin kompetensiyasi - bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv- tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish mahorati.
Bilish kompetensiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.

  1. Bola rivojlanishi sohalarining kompetensiyalari

Bola kompetensiyalari uning quyidagi rivojlanish sohalarida aniqlanadi:

  • jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;

  • Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

  • nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari;

  • bilish jarayonining rivojlanishi;

  • ijodiy rivojlanish.

3.2.1 Jismoniy rivojlanish va sog„lom turmush tarzini shakllantirish sohasi kompetensiyalari
— Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasida o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunida 6-7 yoshli bola :

  • jismoniy rivojlanishdagi o‘z imkoniyatlari va yosh me’yorlariga mos holda jismoniy faollikni namoyon qiladi;

  • koordinatsiyalashgan va maqsadli holda harakatli faollikning har xil turlarini amalga oshira oladi;

  • turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;

  • sezgi organlari yordamida o‘z harakatlarini tartibga soladi;

  • shaxsiy gigiena ko‘nikmalarini qo‘llaydi;

  • sog‘lom turmush va to‘g‘ri ovqatlanish asoslarini biladi;

  • xavfsiz hayotiy faoliyati qoidalariga rioya qiladi.

  1. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari

“Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

  • o‘z “Men”i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;

  • o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;

  • o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;

  • kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;

  • murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi.

  1. «Nutq, muloqot, o„qish va yozish malakalari» sohasi

kompetensiyalari
“Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasidagi o‘quv- tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

  • nutqni eshitadi va tushunadi;

  • o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;

  • ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi;

  • ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi;

  • badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;

  • so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida

tasavvurga ega bo‘ladi;

  • turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi;

  • yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.

  1. ”Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari

Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

  • bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;

  • o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;

  • predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;

  • raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi;

  • makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;

  • elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;

  • atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;

  • atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.

  1. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari

“Ijodiy rivojlanish” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

  • san’at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi;

  • milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok etadi;

  • san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;

  • olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;

  • insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini

tushunadi.

  1. bob. O„qitishga yondashuvlar

0‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari (O‘zR IMYOBRDT - 2018 y) ning, “Ilk Qadam” Davlat o‘quv dasturining (2018-y), O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasining joriy qilinishi, boshlang‘ich maktab ta’limi Davlat ta’lim standartlarining qabul qilinishi o‘z ortidan nafaqat ancha vaqtlardan beri mavjud bo‘lib kelayotgan maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim orasidagi izchillikni ta’minlash bo‘yicha ishlar tizimining qayta ko‘rib chiqilishini keltirib chiqardi, balki pedagoglarga maktabgacha va maktab ta’lim tizimini yangichasiga qayta tuzib chiqishga ham imkon berdi.
Maktabgacha ta’limdagi modernizatsion o‘zgarishlar
tarbiyachilarga maktabgacha yoshdagi bolalarni o„qitish metodlari va shakllarini tanlab olish erkinligini beradi. Zamonaviy o‘qitishning asosiy natijasi bo‘lib shu narsa hisoblanadiki, bunga ko‘ra bola uning rivojlanishiga va hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishiga qanchalik yordam bera oladigan nimalarni o‘zlashtirgani e’tiborga olinadi. Pedagog tomonidan tanlab olingan o‘qitish shakllari intellektual jarayonlarning shakllanishiga yordam berishi, masalalarni ijodiy hal qilish uchun shart-sharoitlarni yaratishi, mustaqillikni va ma’suliyatni o‘rgatishi, bolalarni o‘z xulq-atvorini boshqarishni mashq qildirishi lozimdir. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lib sanaladi. U sog‘lom va rivojlangan bola shaxsining shakllanishini ta’minlashi, tizimli o‘qitishga tayyorlash bilan unda o‘qish-o‘rganishga intilishni uyg‘otishi zarur.
Maktabgacha ta’lim jarayonida ustivor model bo‘lib maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy-yo‘naltirilgan o‘qitilishi va tarbiyalanishi hisoblanadi.

  1. Shaxsiy yondashuv maqsadi

Bu berilgan standart ostiga “qayta yasalishi” va bo‘ysundirilishi emas, balki shaxsning rivojlanishi, “uning qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilinishi”dir. Shaxsiy yondashuv ta’lim jarayoni sub’ektlarining shaxsiy majburiyatlari (funksiyalari) rivojlanishining todaqonli namoyon bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratilishini ko‘zda tutadi.
Shaxsiy funksiyalar - bu shaxs tomonidan “uyg‘un rivojlangan shaxs bo‘lish”dek ijtimoiy buyurtmani amalga oshiruvchi ma’lum bir sifatlarning namoyon qilinishidir.
Ta’lim jarayonini tashkil etish asosi sifatida shaxsiy yondashuv bola shaxsining jamoa oldida tan olinishini, unda gumanistik o‘zaro munosabatlarning hosil qilinishini asosiy deb biladi. Mana shu munosabatlarga bog‘liq holda bola o‘zini shaxs sifatida anglaydi va boshqa kishilarda (tengdoshlari va kattalarda) ham shaxs sifatida ko‘rishni o‘rganadi. Har bir bolaning shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish yo‘llari pedagogning qadriyatli yo‘nalishlariga, ya’ni, uning xulq-atvorida ifodalanadigan moddiy va ma’naviy qadriyatlarga, yo‘l- yo‘riqlar, ishonch-e’tiqod, moyilliklarga nisbatan tanlama
munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogning mahorati uning kasbiy faoliyatini yo‘nalishini belgilab beradi. Pedagogning shaxsiy yondashuvi bolaga o‘zini shaxs sifatida anglashda hamda imkoniyatlarini aniqlashga yordam ko‘rsatishini ko‘zda tutadi.

  1. Bolaga yo„naltirilgan yondashuv

Bu shunday o‘qitishki, u bolaning yosh xususiyatlarini, uning qobiliyatlarini, qiziqishlarini, ehtiyojlarini, tajribasini, maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgunigacha oiladagi madaniyatni hisobga oladi, bu bolani o‘qitishdagi maqsadlarga erishishida yordam beradi.

  1. O‘qitish bolalar eng optimal ravishda qanday rivojlanayotganliklari va o‘qiyotganliklarini bilishga asoslanishi kerak;

  2. O‘qitishdagi muvaffaqiyat pedagogning bolalarni qanday qilib o‘qitish va rivojlantirish metodlari hamda usullarini bilishiga bog‘liq bo‘ladi;

  3. Pedagogning asosiy vazifasi bu bolaning potensialni aniqlashi va uning rivojlantirilishiga yordam ko‘rsatish;

  4. Maktabgacha ta’limning o‘ziga xosligi bolalikning qadr- qimmatini tushunish va uni muddatidan oldin katta bo‘lib qolishga turtki bermaslik. Pedagog quyidagilarni bilishi va yodda tutishi lozim:

  1. Bolalarni ular qanday bo‘lsalar, shunday qabul qilish.

  2. Bolalarga o‘qitish maqsadlariga erishishda ko‘maklashish.

  3. Bolalar nimalarga qodir ekanliklarini va ular o‘z yosh guruhlarida qanday o‘qiyotganliklarini bilish tarbiyachiga o‘qitishni rejalashtirish va tashkil etish uchun boshlang‘ich ma’lumotni berish.

  4. Agar pedagog barcha bolalarga bir xilda yondashadigan bo‘lsa, bola muvaffaqiyat qozona olmaydi.

  5. Pedagog bolaning turli xil predmetlar bilan faoliyatini, uning turli xil mashg‘ulotlarga kirishib ketganligini doimiy kuzatishi kerak, bolalarning qobiliyat, qiziqish va ehtiyojlarini bilib olishga intilishi lozim.

  6. Bu axborotlar asosida pedagog rejalashtirishni amalga oshiradi va bolaning rivojlanishida olg‘a siljishga erishi uchun o‘qitish metodlarini moslashtiradi.

  7. O‘qitish bolalar endilikda nimalarni bilishlari va uddalay olishlarigagina emas, balki ulardan yangi ko‘nikmalarni va yangicha tushunishni hosil qilish yo‘nalishida ma’lum bir urinishlarni ham talab qilishiga asoslanadigan bo‘lsa, eng samarali bo‘ladi8.

  8. O‘qitish maqsadlari berilgan yosh guruhidagi ko‘pchilik bolalar uchun realistik va erishiladigan bo‘lishi kerak. Bolalarga yangi hosil qilingan ko‘nikmalarni amalda qo‘llashning ko‘plab imkoniyatlari taqdim etilishi lozim.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin