Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Pedagog diqqat qilishi lozim bo„lgan omillar



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə52/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Pedagog diqqat qilishi lozim bo„lgan omillar - bolani o‘qitish bo‘yicha qaror qabul qilishda pedagogni etaklashi lozim bo‘lgan uchta muhim omil mavjuddir:

  1. Berilgan yosh guruhidagi bolalarning rivojlanishi va o„qishi haqida nimalar ma’lum bo„lsa ularni e’tiborga olish. Pedagoglarni bolalarni yosh xususiyatlarini bilishi, bolalarning yosh xususiyatlariga mos holda ta’lim jarayonini tashkil etish imkonini beradi, ishlarni rejalashtirish, qanday materiallar va mashg‘ulotlar xavfsiz,qiziqarli, yetarlicha murakkab bo‘lishi bolalarning yaxshi rivojlanishi hamda o‘ qitilishiga yordam beradi. Bu omil yoshiga moslik deb ataladi.

  2. Har bir bolaning individual xususiyatlarini e’tiborga olish.

Har bir individual bolaning kuchli va kuchsiz tomonlari, qiziqishlari va ehtiyojlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash pedagoglarga o‘qitishda moslashtirilgan va individual variativ yondashuvlarni
amalga oshirish hamda samarali individuallashtirish imkonini beradi.

  1. Bolalar yashaydigan ijtimoiy va madaniy qadriyatlar haqida

nima ma’lum bo„lsa, ularni e’tiborga olish. Bolaning uyidagi va o‘z hamjamiyatidagi turmushini shakllantiradigan qadriyatlar, kutishlar, xulq-atvor va tilga doir o‘ziga xosliklarni o‘rganish pedagoglarga bolalar uchun ma’noga ega bo‘lgan rivojlantiruvchi muhitini va
mashg‘ulotlarni tashkil etishga imkon beradi, ularning madaniyati bilan taqqoslanadi va bolalarga hamda ularning oilalariga hurmat namoyish etiladi.

  1. Rivojlantiruvchi yondashuv

Rivojlantiruvchi yondashuv - bolaning tabiiy ravishda ulg‘ayishining muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuv.
Bu yondashuvga muvofiq bolalar:

  • o‘yin jarayonida atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarni o‘zlashtirib, faol ta’lim oladi;

  • rivojlanishning qonuniy bosqichlarini bosib o‘tadi;

  • hissiy va kognitiv(aqliy) rivojlanishi uchun ijtimoiy o‘zaro munosabatlarga ehtiyoj sezadi.

Har biri o‘ziga xos sur’atda, betakror shaxs sifatida rivojlanadi.
4.4 Individuallashtirish

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin