Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə55/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Rejalashtirish - zarur shart-sharoitlarni, foydalaniladigan vositalar, shakllar va metodlarni ko‘rstaish bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ketma-ketligini, tartibini oldindan belgilashdir. Rejalashtirish qanchalik savodli, o‘ylab amalga oshirilgan bo‘lishi butun o‘quv- tarbiyaviy ishlarning samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Rejalashtirish pedagogik vaziyat rivojlanishidagi noaniqlik ulushining sezilarli darajada kamayishiga, balki pedagogning bugungi va ertangi kunlardagi harakatlarining izchilligini ta’minlashga ham imkon beradi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota- onalarning hamkorligiga, ular tomonidan hamkorlikdagi o‘z vazifalari va maqsadlarining anglab etilishiga, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi hayotni qiziqarli, foydali, ijodiy jarayonga aylantirish istagiga asoslanadi.
Rejalashtirish modelini tanlashda har bir pedagogning kasbiy tayyorgarligini, uning tajribasini, o‘z faoliyati natijalarni ko‘ra olish mahoratini, ularning tahlil qilinishini, shu jumladan, MTT dagi ish shart- sharoitlarini hisobga olish lozim bo‘ladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyati guruhning kun tartibiga6 tayanib, unda kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va pedagog
rejalashtirgan ta’lim-tarbiya ishlarining turlari7 navbati bilan ko‘rsatiladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyati ta’limiy va ijtimoiy ehtiyojlarni (sog‘liq, ovqatlansh va xavfsizlik) qondirish maqsadlarida bolaning yoshga doir va individual rivojlanishiga asoslanadigan o‘quv rejasiga muvofiq olib 6“Ilm yo‘li” variativ dasturiga 6-ilova, «Boshlang‘ich ta’limga
bolalarning majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruhlardagi namunaviy kun tartibi».

  1. “Ilmga yo‘li” variativ dasturiga 7-ilova, «Majburiy bir yillik tayyorlash guruhida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning namunaviy miqdori»

berilgan. Ta’lim-tarbiya faoliyati bolaning kundalik hayotidan va uni o‘rab turgan muhitdan8 kelib chiqadigan yaxlit butun mavzularga birlashtiriladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyatini rejalashtirish o‘qitish shart-sharoitlariga bog‘liq holda integratsiyalash, turli-tumanlik va moslashuvchanlik asosida amalga oshiriladi, mana shunday qilib pedagog ishlarning rejasini mustaqil ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyatida rejalashtirishning quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi:

  • yillik mavzuiy rejalashtirish;

  • haftalik rejalashtirish.

Rejalashtirish davomida faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari keltirib o‘tiladi. Faoliyatni tanlab olishda ta’lim- tarbiya faoliyatining umumiy maqsadlari ham, rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar ham, faoliyat mazmuni va turlarining integratsiyalashuvi ham hisobga olinadi.
Rejalashtirish davomida kun tartibini e’tiborga olish zarurdir. Kun tartibi ish sur’atini belgilab beradi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga bir tekisda o‘tishga yordam berishi kerak. Shuni yodda tutish kerakki, o‘yin maktabgacha yoshda bolaning asosiy faoliyat turi bo‘lib hisoblanadi. kun tartibini tuzib chiqishda kunduzgi uyqu (bu hisobga olinmasligi ham mumkin), dam olish vaqti, sayr qilish vaqti hisobga olinadi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin