Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Bolaning rivojlanish xaritasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə45/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta toddiriladi6 7. Maktabgacha ta’lim tashkilotidan
chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi to„ldiriladi (faqat maktabgacha tashkilotlari uchun6).
Maktabga tayyorgarlik deganda bolada umumiy
kompetentsiyalarni va rivojlanish sohalari kompetentsiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta’lim tashkilotining har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetentsiyalari) bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
Tarbiyachiga u yoki bu natija qanday darajada aks etayotganini belgilash taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetentsiyalari) umumlashtiriladi va tavsiya hamda takliflar ko‘rinishida ota-onalarga e’tiboriga havola etiladi.

  1. bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish

Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etadi.
Rivojlantiruvchi muhit mazmuni:
-maktabgacha ta’lim tashkilotining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy an’analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim;
-muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.
Nazorat uchun savollar.

  1. Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalarini ayting.

  2. Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalari necha bobdan





iborat.

  1. Ilk qadam dasturi izohlang.

  2. Ilk qadam dasturi izohlang.

  3. Ilk qadam dasturi izohlang.

  4. Ilk qadam dasturi izohlang.

va uning maqsad va va uning maqsad va va uning maqsad va va uning maqsad va

vazifalarining 1-bobini
vazifalarining 2-bobini
vazifalarining 3-bobini
vazifalarining 4-bobini



  1. Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalarining 5-bobini izohlang.

  2. Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalarining 6-bobini izohlang.

“Ilm yo„li” variativ dasturi

  1. bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari

0‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning tashabbusi bilan, Prezidentning 2017-yil 30- sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 5198 - Farmoni ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-
dekabrdagi “Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999- sonli qarorini ijro etish doirasida O‘zbekiston o‘z zimmasiga 6-7 yoshli bolalarning maktabga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi bo‘yicha majburiyatni oldi. 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo‘li” variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi, O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur”, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi.
“Ilm yo‘li” variativ dasturi bolaning to‘laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o‘qishini, uning maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlanishini ta’minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo‘lib sanaladi.
Mazkur dastur o‘ziga xos bo‘lib, unga ko‘ra, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizni va variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi.
Dastur idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llanilishi mumkin:

  • bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo‘lgan umumiy hamda ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida;

  • maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;

  • maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun pedagog- kadrlarnining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi muassasalarda.

Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu jumladan, maktabgacha ta’limning muqobil shakllari hududiy, milliy, ijtimoiy- iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib, o‘z muqobil shakllarini ishlab chiqishi mumkin.
Dastur asosiga bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar (jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy- hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari kiritildi. Dastur (kurrikulum)ning o‘rgatuvchi jarayonidagi integratsiyalashgan yondashuv bola rivojlanishining yaxlitligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limi tizimini modernizatsiya qilish maktabgacha ta’limga teng imkoniyatlar yaratishning zarurati va muhimligi hamda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
6-7 yoshli bolalarni o‘qitish majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlari dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim sektori rejasi, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi, Davlat talablariga tayangan holda bolaga yo‘naltirilgan sifatli pedagogikaga prinsiplariga asoslangan.
Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investitsiya ajratilishi quyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi:

  • katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki 5 yilida shakllanadi;

  • maktabgacha ta’limga sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi 17:1 nisbatni tashkil etadi (bolalar qamrovi 50% kam bo‘lmaganda);

  • umumiy ta’limda erishiladigan sezilarli yutuqlar;

  • ta’limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat mavjudligi;

-g‘ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi.
Dasturning maqsadlari va vazifalari maktabgacha bolalar uchun quyidagilarni ta’minlashni ko‘zda tutadi:
-zarur bo‘lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayyorlash uchun teng imkoniyatlarni vujudga keltirish;
-6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlar bolalarini to‘liq kunli maktabgacha ta’lim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki muayyan sabablarga ko‘ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishi kerak;

  • 6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlar maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq, 5 muhim sohada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi zarur (jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan;

  • maktab ta’limiga umumiy psixologik tayyorgarlik.

Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda:

  • istisnosiz barcha bolalarning ta’lim olish va rivojlanishga teng imkoniyatga ega bo‘lishini ta’minlashga;

  • amaliyotga bola yo‘naltirilgan yondashuvni, inklyuziv ta’lim

tamoyillarini joriy etishga;

  • oila va jamoalar bilan hamkorlik;

  • ta’lim-tarbiyaning madaniy jihatdan maqbul uslublariga tayangan holda milliy qadriyat va ustuvorliklarni e’tiborga olish;

  • qulay, do‘stona va xavfsiz rivojlanish muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlardagi ta’lim jarayoni quyidagi tamoyillarga asoslangan:

  • bolaga yo‘naltirilgan ta’limga yondashuvi;

  • inklyuziv ta’lim haqida mushohada yuritish;

  • bolani xolistik(yaxlit) rivojlanishini ta’minlaydigan ta’lim muhitining xususiyatlarini belgilash;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyatning etakchi turi - o‘yin asosida ta’lim berish;

  • bola - ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi;

  • rejalashtirish va baholash samaradorligi;

  • bolani tarbiyalash va rivojlantirish jarayoniga ota-onalarni hamkorlik asosida jalb etish;

  • interfaol ta’lim;

  • integrativ o‘qitish.

Dasturda ko‘zda tutilgan vazifalar nafaqat rivojlanish markazlardagi faoliyat paytida, balki mustaqil, o‘yin jarayonida hamda pedagoglarning ota-onalar bilan birgalikdagi faoliyati jarayonida ham to‘liq bajarilishi lozim.

  1. bob. 6 yoshdan 7 yoshgacha bolalar rivojlanishidagi o„ziga
    xosliklar



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin