Kompetentsiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetentsiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim
kompetentsiyalari
Kommunikativ kompetentsiya- muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi. O„yin kompetentsiyasi - bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv- tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi. Ijtimoiy kompetentsiya- hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati. Bilish kompetentsiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. Bolaning rivojlanish sohalari kompetentsiyalari
Bolaning kompetentsiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.
sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim
tashkiloti o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni o‘quv yillari bo‘yicha tashkil qiladi. O‘quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi. 1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi O„quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma- navbat amalga oshiriladi2. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salodatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi3. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud: • yillik mavzuviy; • haftalik. Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi. Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur’atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda yordam berishi lozim. SHuni yodda tutish joizki, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.