«Mashq» tushunchasi jismoniy mashqlarni bir necha marta takrorlash ahamiyatida ham qo’llaniladi.
Sport - bu maxsus faoliyat bo’lib, musobaqalar jarayonida namoyon bo’ladigan, jismoniy mashqlarning qaysi bir turlarida yuqori natijalarga еrishishi uchun yo’naltirilgan maxsus faoliyat bo’lib hisoblanadi.
«Jismoniy madaniyat»-atamasi umumiy «Madaniyat» atamalar kabi ko’p ma’nolidir. Zamonaviy adabiyotda «madaniyat» deganda inson «jamiyat» faoliyatining ayrim turlari, shuningdek uning shaxs va jamiyat uchun qimmatbaxo bo’lgan natijasiga aytiladi.
«Madaniyatning» umumiy tushunchasini aniqlashda «tabiat» tushunchasi bilan taqqoslaydilar. Ma’lumki, tabiat qonunlari bo’yicha insonga bog’liq bo’lgan hamma narsa tegishlidir, hamda uning faoliyati natijasi emas (inson tomonidan yaratilgan jonli va jonsiz mavjudot). Madaniyatning rivojlanish jarayonida faoliyatning asosiy turi (shakli, usullari) bo’lib insonning takomillashuvga, o’z xususiy tabiatiga «o’zgartirishiga» yo’naltirilganligi kiradi. Madaniyatning mana shu komponentlariga jismoniy tarbiya tegishlidir, insonning hayotiy sifatlari uchun zarur, uning imkoniyatlari va qobiliyatlariga ta’sir еtadiki, ular nasldan naslga o’tadi hamda hayot faoliyati va tarbiya sharoitlari ta’sirida avlodlararo rivojlanadi.
Jismoniy madaniyat butun hayot davomida tabiiy va morfofunsksional xususiyatlar o’zgarish va shakllanish holda inson jismoniy rivojlanish jarayoni bilan chambarchas bog’langan bo’lib, jismoniy sifat va qobiliyatga asoslanadi. Texnik taraqqiyot jarayonida jismoniy, madaniyat kasallikni oldini olish, buzilgan funksiyalarini tiklash, inson organizmining qobiliyatini saqlash va oshirish kabi samarali vosita bo’ladi, ya’ni jismoniy holatini yaxshilashdir.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi bo’lib, insonning jamoa tarixiy amaliyotida to’plangan moddiy va ma’naviy boyliklar to’plamidir.
Moddiy boyliklarga sport inshootlari (o’yinchoqlar, sport honalari, maydonchalari, tirlar, xavzalar, klublar va hokazo), jismoniy jihozlar, buyumlar, maxsus sport kiyimlari, poyabzal va boshqalar kiradi.