Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining rivojlanish tizimlari va jismoniy tarbiya tizimida ta’lim-tarbiya berish tamoyillari Mavzu rejasi


Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog’liqlik tamoyili



Yüklə 69,74 Kb.
səhifə4/10
tarix07.01.2024
ölçüsü69,74 Kb.
#206288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maruza 3 Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining rivojlanish tizimlari va jismoniy tarbiya tizimida ta

3.Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog’liqlik tamoyili.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi muassasa bolalarini tegishli dastur asosida jismoniy va sport mashqlariga, o’yinlarga o’rgatib, ulardagi bu qiziqish qo’llab-quvvatlab turiladi. Ta’limning maqsadi bolalarda maktabga o’tish va kelajakda jismoniy tarbiyadan meyoriy ko’rsatkichlar majmuasi talablarini muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun jismoniy tayyorgarlik hosil qilishdaniboratdir, shu asosda bolalarda O’zbekistonning mashxur sportchilari, ularning vatanparvarligi, ishchanligi, jasurligi, bardoshliligi, mahorati, do’st-birodarligi va o’zaro yordam kabi xislatlariga hurmat hissi tarbiyalanadi. Sog’lomlashtirishga yo’nalgan tamoyilining mohiyati bolalar sog’ligini mustahkamlash vazifalarini bajarishda namoyon bo’ladi. Shuning uchun jismoniy mashqlarni tanlashda bola organizmini har tomonlama sog’lomlashtirishga intilish,uning jismoniy sifatlarini hissiy-ijobiy holat, hayotdagi xushchaqchaq kayfiyat bilan yaxlitlikda rivojlantirish ham ko’zda tutiladi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini rejalashtirishda salomatlikni mustahkamlash qonuniyatlari hisobga olingan jismoniy yuklama albatta idora qilinadi. Bu ish tarbiyachi, vrach va mudiraning muntazam vrachpedagoglik nazorati ostida amalga oshiriladi.
Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida quyidagi didaktik-ta’limiy tamoyillar qo’llaniladi:
-tizimlilik va izchillik,
-onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik,
-ta’limning ko’rgazmali og’zaki va amaliy usullarini birga qo’shib olib borish;
-tushunarlilik va individuallashtirish tamoyili;
-ta’limning frontal, gruh va yakka tarzdagi shakllarini birligi;
-talablarni tobora oshirib borish tamoyili.

Tizimlilik va izchillik tamoyili.
Jimoniy tarbiya maqsadlarida foydalaniladigan tadbirlarning (kun tartibi, chiniqish, harakat ko’nikmalarining shakllanishi) tizimlilik butun maktabgacha tarbiya davri davomidagi jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi, muntazamligi, rejalashtirilganligidan, yuklama va dam olishning majburiy almashinib turishi asosidagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining aniq izchilligidan, mashg’ulotlarning izchilligi, ketmaketligi, mazmunan o’zaro aloqadorligidan iboratdir. Har kuni muayyan bir vaqtda o’z xarakteriga ko’ra turli jismoniy mashqlarni (ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashgulotlari, sayr paytidagi harakat faoliyati…) tizimli tarzda muntazam bajarish, chiniqtirish tadbirlari bolalarni belgilangan sog’lomlashtirish-tarbiyalash tartibiga o’rgatadi. Jismoniy tarbiya hosil qilinayotgan harakat ko’nikmalarining takrorlanishini talab etadi. Faqat ko’p marta takrorlangandagina harakatlar shakllanadi.

Yüklə 69,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin